Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


“S T O L U S T I D A R U CH K A” U S U L I



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə206/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209
Микро амалий китоб

“S T O L U S T I D A R U CH K A” U S U L I


Tahsil olayotgan guruh talabalari 2 ta kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir kichik guruxga 1tadan savol yozilgan qog‘oz beriladi va talabalar qog‘ozga ism shariflarini yozib, javob variantlarini yozadilar. O‘qituvchi mashg‘ulotni diqqat bilan kuzatadi, agar talaba qog‘ozdagi savolga javobni bilmasa, qo‘lidagi ruchkani stol o‘rtasiga
qo‘yadi. Boshqa talaba javob berishga kirishadi va hokazo. Talaba javob bera olmay o‘z ruchkasini stol o‘rtsiga 3 marta qo‘ysa, amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi, mashg‘ulotning nazariy qismidan ball olib bilmaydi. Bu usulda bitta guruxga 5-6 ta savol yozilgan qog‘oz beriladi va barcha qog‘ozlarga talabalar ism shariflarini va javobni yozadilar.
Masalan: “Mikroorganizmlar fiziologiyasi. Oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi, oziq muhitlar klassifikatsiyasi, tarkibi, tayyorlash usullari” mavzusi bo‘yicha savollar:
1 Mikroorganizmlar oziqlanishi qanday? 2.Mikroorganizmlarning ko‘payish usullari va davrlari qanday? 3.Oziq muhitlar nima? Klassifikatsiyalari.

  1. Oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida tayyorlash usullari.

  2. Differensial-diagnostik oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida ishlatishdan maqsad nima?

“D U M A L O Q S T O L” U S U L I


Stol ustiga vaziyatli masala (mavzuga oid savol) yozilgan qog‘oz tashlanadi. Har bir talaba o‘zining javob variantini yozib boshqa talabaga qog‘ozni uzatadi. Hamma o‘z javobini yozib bo‘lgandan keyin tahlil qilinadi: noto‘g‘ri javoblar o‘chirilib, to‘g‘ri javoblar muhokama qilinadi, talabalar bilim darajasi baholanadi. Bu usul nafaqat yozma, balki og‘zaki holda ham olib borilishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan savol to‘liq va aniq berilishi lozim.
Masalan: “Mikroorganizmlar ekologiyasi. Tuproq, suv va havo mikroflorasi, ularni o‘rganish usullari” mavzusi bo‘yicha savollar quyidagicha:

  1. Havoni sanitar-bakteriologik tekshirish usullari.

  2. Qaysi mikroorganizm suv uchun sanitar bakteriologik ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi? Nima uchun?

3 Suvning koli titr va koli indeksi nima?
4.Qaysi mikroorganizmlar tuproqning yangi va eski ifloslanganlik darajasini ko‘rsatuvchilar hisoblanadi? Nima uchun?

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə