Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi


MOTIVASIYA. MOTIVASIYA VA MOTIVLARNING NAZARIY MUAMMOLARI



Yüklə 181,5 Kb.
səhifə2/3
tarix07.10.2023
ölçüsü181,5 Kb.
#126198
1   2   3
MOTIVASIYA

MOTIVASIYA. MOTIVASIYA VA MOTIVLARNING NAZARIY MUAMMOLARI.
«Motivasiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo’lida?» degan savollarga javob qidirish – motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi:
a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar);
b) tashqi sabablar —faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi. Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’li bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashqil etsa motivlar bu mohiyatning namoyon bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo’lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o’sha narsa nimaligini tasavvur ila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sababdir. Xatti-harakatlarning muhim motivi e’tiqoddir. E’tiqod – shaxsning o’z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatti-harakat motivlari bo’lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o’z ifodasini topadi. Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli-tuman nuqtayi nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o‘ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi g‘oyalar va yo‘nalishlar mujassamlashadi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Motivatsiya - ehtiyoj yoki istak, stimullashtirilgan va yo‘naltirilgan xulq-atvordir. Biz motivatsiyaning uch turini yoritib beramiz: ochlik, jinsiy mayl va maqsadga erishish motivlari. Shu bilan birga boshqa motivlar ham mavjud (chanqoqni uyg‘otuvchi, qiziquvchanlik va ma’qullanish ehtiyoji). Millatchi Devid Mendel (1983) bir voqeada ochlik “ota va o‘g‘il bir burda non uchun itdek urishishga tayyor edilar” deb eslaydi. 20 yoshli o‘g‘il otani uxlab yotganida uning yostig‘i ostidan nonni o‘g‘irlab yegan, bunday holatni qanday yuz berganini ota qayta-qayta o‘ylayverib tushkunlikka tushib qoladi. Oxir-oqibat ota vafot etadi. “Ochlik insonni juda qiyin holatga olib keladi”. Ochlik jinsiy mayl va maqsadga erishish motivlaridan oldinda turadi. Psixologlarning motivlar haqidagi qarashlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, biz buni 3 yo‘nalishga ajratishimiz mumkin: instinktiv nazariya (hozirgi kunda evolutsion nazariya), xohish-istaklarni jilovlash nazariyasi (ichki va tashqi ta’siming bog‘liqligi), qo‘zg‘atuvchanlik nazariyasi (intilishlarning yuqori darajada qo‘zg‘alishi). Ochlik va boshqa his-tuyg‘ular fiziologik jihatdan tajribalarda namoyon bo‘ladi. Qondagi shakaming tarkibi miyaning gipotalamus qismi bilan ochlik va tana vaznini nazoratga oladi. Lekin inson ochligining boshqarilishi butunlay gipotalamusga bogiiq emas, chunki ba’zi insonlar tashqi ozuqa signallariga, ba’zilari esa, oshqozonning yaxshi hazm qilmasligiga ta’sirchan bo‘ladilar. Fiziologik ehtiyojlarning birinchi yorqin ko‘rinishlari konsentratsion va ikkinchi jahon urushi paytidagi bosib olingan hududlarda namoyon bo‘lgan. Yarim ochlikning natijalarini o‘rganish maqsadida Ansel Kio o‘zining hamkasblari bilan ko‘ngillilarda tajriba o‘tkazgan. Tajriba jarayonida 100 dan ortiq urushga qarshi ko‘ngillilar tajribada ishtirok etish xohishini bildirdi. Shular orasidan 36 ta erkak tanlab olindi. Boshida ularni o‘z vaznlarini saqlab qolishlari uchun yaxshilab boqilgan. So‘ngra esa 6 oy davomida ularning ozuqasi yarmiga kamaytirildi. Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o‘rtasida hech qanday tafovutdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivlari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotib, motivatsiyaning manbayi instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb ta’kidlaydi. Mazkur holatni muallif individning energetik potensiya sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbayi sifatida «i» tushunchasiga qanday ma’no yuklaydi. Uningcha, «i» tushunchasining mazmuni tug‘ma va o‘zgarmasdir.Shu boisdan mantiq qonunlari va aql darajalari, ko‘rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.Psixolog adaptastion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo’ladi. Ko’pincha o’qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni o’rgatuvchi inson sifatida ko’rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O’z- o’ziga ishonchi sust bo’lgan o’qituvchilar psixologni go’yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning maktab sharoitiga tez ko’nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi.
Buning oldini olish uchun psixolog o’qituvchilar bilan o’zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o’zini bilag’on qilib ko’rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, o’qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmas-ligini,mo’jizalar ko’rsatish uning qo’lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.
O’qituvchi bilan bo’lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo bo’lmagani uchun u bo’yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan qo’rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota-onalar bilan aloqa o’rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi lozim.
Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:
1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi.
2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi.
3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi.
Kurs ishining predmeti: Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi.
Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo’lib, ular o’ziga xos omillar bilan belgilanadi.
Kurs ishining metodologik asosi: Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg’onishi bilan bog’liqliklari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni xohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi.
Ikkinchi guruh omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning orttirilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir.
Uchinchi guruhga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi bo’lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bog’liq ravishda shakllantiriladi.
Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yukorida aytib o’tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivasion jarayondir. Axir shaxsning to’g’ri kasb tanlashi ko’pincha insonning hayotdan qoniqishga ham sabab bo’ladi.

KASBIY FAOLIYAT MOTIVLARI TUZILISHINING TAVSIFNOMASI


Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko’proq tashqi omillar haqidagi karorning kabul kilinishi jarayoni haqida tuxtalishi muhimdir. Bu asosan tashki xolat baxolariga, o’zining imkoniyat va kobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bog’liqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta’sir ko’rsatadigan omillar, o’zida ishlab topiladigan pul mikdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yakin bo’lishi, transpot alokalarining kulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chikarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iklim, maktov va tartibga chakirish kabilarni kamrab oladi.
O’z imkoniyatlarini baxolash soglomligi, ishga yarokliligi, kasbi bo’yicha muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovkinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni uz ichiga oladi.
Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat to’siqlari, ishni boshqarish, kasbiy o’sish, tashabbusning paydo bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ba’zan qiziqish bo’yicha ish joyini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikasiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi:
1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi),
2) Vaziyat bilan bog’liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart-sharoitlarni ruyobga chiqarish).
3) Komformist.
4) Kasbiy motivasiyalar (o’ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, do’st va tanishlarining maslaxatlari bilan).
L.I.Bamburova musiqa ijrochilik kasbini tanlashga sabab bo’luvchi omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatadi:
Ijod va musiqa ijro etishga bo’lgan qiziqish.
Musiqadan zavqlanishga bo’lgan ehtiyoj.
Musiqa asarlarini ijro etishda o’zi tashabbus ko’rsatishga intilish.
Tinglovchilarning qadriyatini ko’tarish, ularga rohat baxsh etish xohishi.
Albatta yuqoridagilar musiqa ijrochilik faoliyatining to’liq motivlari emas. Ular faqatgina musikachilik faoliyatini boshlashga olib keladi.
A.P.Vasilyev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy motivlarini keltirib o’tadi:
1) Insonlarni davolash istagi.
2) Og’ir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni og’riqlardan xalos etish istagi.
3) O’z yaqinlarining sog’lig’i haqida qayg’urish imkoniyati.
4) Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish.
5) O’z sog’lig’i haqida kaygurish.
6) Moddiy qiziqishlar.
Motivlarning mustaxkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning ko’pgina omillarini qondirilishiga bog’liq bo’ladi. G’arb psixologlaridan V.Vrum va E.Disi mehnat faoliyati motivasiyasini tarkibiy qismlarini ajratadilar. Unga ko’ra insonlar qanchalik uz ishidan qoniqsa, shunchalik ular o’z ishlarini bajarishga kuchliroq xarakat qiladilar. Ularni faoliyat jarayonida ragbatlantirib borilsa, shunchalik qattiqroq ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan ragbatlantirish ishchilar faoliyatining mahsuldorligiga bog’liq. Bunda ular faoliyat ko’rsatadigan firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar. Bu turli qo’shimcha imtiyozlar nafaqat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkillashtiriladi.
So’rovnoma natijalariga muvofiq ishdan bo’shashning turi - obyektiv, obyektiv - subyektiv va subyektiv ko’rinishlarga ajratiladi. Obyektiv sabablarga sog’liqning yomonligi va jismoniy holati, turar joyini o’zgarishi, ta’lim olishni davom ettirish, tug’ish va bolani parvarishlash kabilar kiradi. Obyektiv - subyektiv sabablarga mehnat shartnomasining shartlari, kasbiy o’sish, yuksalish imkonining yo’kligi va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Subyektiv sabablarga jamoadagi psixologik iqlim, shaxslararo munosabatlar va boshqalar kiradi.
Ishsizlarning ish qidirish motivasiyalari haligacha ham o’rganilmayotgan muammo bo’lib qolmoqda. Shu bilan birga ishsizlarning axloqi, yangi ish joyini topish bo’yicha faoliyati ko’p jihatdan uning motivasion jabhalariga, ularning tuzilishiga kam hollarda hayot mazmunining shart-sharoitlariga bog’liq. M.V.Dmitriy ta’kidlaganidek, ishsizlarning motivasion jabhalarini o’ziga xos xususiyatlari ish izlashdagi faoliyatlari motivasion tuzilishlarining xamma ko’rsatkichlariga bog’liq holda namoyon bo’ladi. Ular ijtimoiy o’zgarishlardan mustakil bo’lish uchun kayta xarakat kilishda uz imkoniyatlaridan foydalanishga turtki beradi. Passiv ishsizlarning motivasion imkoniyatlarini tuzilish xususiyati aloxida motivlarning xam xarakatlanuvchanligi bilan tavsiflanadi.
Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi uchun B.N.Dadanov taklif qilgan usullarni qo’llash mumkin. U istalgan faoliyatning sabablari sifatida quyidagi omillarni o’zida aks ettiradi, deb ko’rsatadi:
1 .Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish.
2.Faoliyatning to’g’ri natijalari (yaratiladigan maxsulot o’zlashtirilayotgan bilim va xokazo).
3.Faoliyatni rag’batlatirish (maosh, mansabni oshirish, so’z vositasida va xokazo).
4.Bosh tortish xollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan jazodan o’zini olib kochishga intilish.
Bu sabablar salbiy “valentlikka” xam ega bo’lishi mumkin. Masalan, faoliyatdan uzoqlashib, qiziqishlarini so’ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni maxsus belgi bilan izoxlab, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yoqimsiz bo’lishi;
R-erishishi kerak bo’lgan natijaga intilishdan uzoqlashish;
V-ishdan bosh tortish uchun rag’batlantirish-taklif etish;
G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi.
Pedagogik oliy o’quv yurtlariga kirish va pedagog kasbini tanlash motivlari (o’qituvchi, bogcha tarbiyachisi va b.) turli xil bo’lib, bunda ulardan bir qanchasi pedagogik faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Bu jihat anchadan beri pedagogik, jamoatchilik va oliy o’quv yurtlarini o’ylantirib keladi. O’tkazilgan ko’pgina so’rovlar bo’yicha olingan natijalarda (pedagogik oliy o’quv yurtiga kirganlarning) o’qituvchi kasbiga ijobiy munosabat bildirgan. Taxminan 40 % u yoki bu narsa yoki predmetlarga qiziqqani tufayli o’qituvchilik faoliyatiga qiziqmagan xolda 13 % dan 22 % talabalar esa na o’qituvchilik faoliyatiga va na kasbiy fanga ijobiy munosabat bildiradi. Ularni oliy o’quv yurtiga kirishidan maksad ayni vaktda xarbiy xizmatdan qochish yoki oliy ta’lim nufuziga ega bo’lish hisoblanadi. Ko’pgina, talabalarning pedagogika o’quv yurtiga kirish sabablari shu dargoxning ularning turar joyiga yaqinligi bo’ladi. Bu ko’rsatkich, bunday moyillik ko’p yillar davomida saqlanib kelmoqda.

OLIY O’QUV YURTLARIGA KIRISH VA PEDAGOG KASBINI TANLASH MOTIVLARI


Ongli ravishda kasb tanlash insonning ijtimoiy mavqyei bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Agar inson uchun asosiysi ijtimoiy nufuz xisoblansa, unda kasb xozirda mavjud bo’lgan qoidalar, shuningdek, jamiyatdagi nufuzli kasblardan kelib chiqib tanlanadi. Ko’pchilik kasb tanlayotganda bu kasb ularga qanchalik moddiy ragbat keltirishiga tayanadi.
Insonlar orasida qiziqishlari tufayli kasb tanlovchilar xam bo’ladi va bu qiziqish kamdan-kam xollarda romantik xarakter kasb etadi.
Kasb mansabga intilish asosida, xaqiqiy tashqi taassurotlar zamirida, ota-ona, do’stlarining maslaxatlari orqali yoki omadga bog’liq xolda tanlashi mumkin. Lekin kasbdagi romantika odatda tezda yo’qoladi va uning o’rnida inson xali na hissiy, na jismoniy va na psixik jihatdan tayyor bo’lmagan “og’ir ish kunlari” qoladi. Tanlagan kasbi o’zi uchun qiyin bo’lib, ko’p hollarda turli tusiqlarni yuzaga keltiradi va ayrim xollarda uz kasbini o’zgartirishiga to’g’ri keladi.
Bunday hollarda kasb tanlash ko’pgina sharoitlarga bog’liq bo’lib qoladi. Lekin xammasidan oldin kasb tanlashga e’tiborni tortish kerak. Ko’pgina, tanlangan faoliyatlar insonning kobiliyat va moyiligiga muvofik bo’ladi.
A.K.Baymetov pedagogik faoliyat motivlarini o’rganib, ulardan 3 ta asosiylarini birlashtiradi:
a) muqarrarlik motivi (burchli);
b) o’qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish;
v) bolalar bilan muloqotga kirishish.
Bu motivlarning ustunlik qilish xarakteriga ko’ra mualliflar 4 guruhga mansub o’qituvchilarni ajratadilar:
Burch xissining ustunligi bilan (43 %);
o’qitilayotgan fanlarga qiziqishning ustunligi (39 %);
bolalar bilan muloqotga kirishish ehtiyojining ustunligi (11 %);
o’zi xohishlarini ruyobga chiqarish motivi.
O’rganilgan manbalarga ko’ra motivasiya tiplari o’qituvchilarning o’quvchilarga bo’lgan pedagogik talablarining yo’nalishi va xarakteriga ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchining turli tomonli motivasiyasi o’quvchilarning axloqiga va ularning o’quv materialini o’zlashtirishga talabning uyg’unligi bilan tavsiflanadi. O’qituvchilardagi majburiyat motivlarining ustunligi o’quvchilarga fakatgina katta talablar kuyib kolmasdan, balki, katiy intizomni xam talab qiladi. O’quv faniga bo’lgan qiziqish motivlari ustun turuvchi o’qituvchilarda o’quv materialini uzlashtirishga bo’lgan talab kuzga tashlanadi, chunki bunda eng ko’p talab o’quvchi shaxsiga qaratilgan bo’ladi.
A.K.Baymetov ta’kidlab o’tganidek, avtoritarlikka moyillik motivining ustunligi avtoritar o’qituvchilarda muloqot motivining ustunligi liberal o’qituvchilar u yoki bu motivlardan xech birining ustun bo’lmasligi demokratik uslubli xos o’qituvchilarga xos jihat hisoblanadi.
Pedagog kasbini o’zlashtirishda kasbiy bilimlarga bo’lgan ehtiyoj oshadi. V.N.Nikitenko va B.Fidlerlarning ma’lumotiga ko’ra 25-30 yoshli o’qituvchilarda oliy o’quv yurtida o’qiyotgan chog’ida unchalik ahamiyat bermagan pedagogik va psixologik bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyoj uyg’onar ekan N.V.Jurinim o’qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi turli xil omillarga munosabatini o’rgangan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilarning uz kasbi va ish joyidan qoniqishi ba’zilarda birinchi navbatda maktabning moddiy bazasiga bog’liq bo’ladi, boshqalarida esa pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishishga, uchinchi xilida ma’muriyat bilan uzaro aloqa o’rnatishga, turtinchi kishida oylik olish bilan bog’liq bo’ladi.
O’quv faoliyati motivasiyasining xususiyatlarini o’rganishda 2 jihatni farqlab olish lozim:
Birinchi jihat - o’quv faoliyatini tanlash motivasiyasi. Ikkinchisi nima uchun olim aynan shu mavzuni o’rganib chikishga qo’l urgani sababini aniqlash. Fan bilan shug’ullanish bir necha sabablarga bog’liqligi bilan belgilanadi. Ularga yangilikka intilish va ularni yaratish, aniq fanlarga qiziqish va qandaydir aniq masalalarga qiziqish, o’z kashfiyotlari bilan insoniyatga foyda keltirish, istagan yoki qandaydir xalq xo’jaligiga doir masalalarni hal etish yoki shunchaki o’z ishi bilan o’zidan tarixda nom-nishon qoldirish; aniq bir ijtimoiy statusga intilish (ilmiy darajalariga ega bo’lish) mashxurlikka intilish kabilar bilan belgilanadi.
Pedagogik faoliyatning muhim qismlari bo’lib, uning motivasiyasida ko’rinadi. Pedagogik faoliyat o’quv faoliyatidagi kabi motivasion oriyentasiyalarga ajratiladi.
Ular tashqi motivlar bo’lib, bunga o’z faoliyati natijasi va jarayonini oriyentasiya qilishni misol qilish mumkin. Aniq ta’lim muassasasidagi ish nufuzining tashqi motivlari, mehnatga haq to’lashdagi adekvatlik motivlari, ko’pincha kasbiy va shaxsning o’sish motivlari bilan mos o’zaro bog’liq.
G.A.Myurrey hokimiyatga intilishning asosiy motivlarini ularning faoliyati bilan bog’lagan holda ajratadi. Ehtiyojning belgi yoki samaralari quyidagi istaklarda namoyon bo’ladi;
1. O’z ijtimoiy olamini boshqarish;
2. Boshqalar xulqiga ta’sir o’tkazish va o’z maslaxatlari bilan yo’lga solish, buyurish, o’z so’ziga ishontirish;
3. O’z e’tikodiga yo’naltirish.
Motivasiyaning barcha omillarini moddiy va nomoddiy stimullarga ajratish mumkin. “Xayot fakat yeb ichishdan iborat emas”. Boshqa so’z bilan aytganda pul bilan xodimlarni jalb etishning o’zi yetarli emas. Korxonada moddiy rag’batlantirishdan tashqari xodimlar jalb qilinadiganlar motivasiyasining qo’shimcha, nomoddiy tizimi ishlab chiqilgan bo’lishi mumkin.
Bu ularni psixologik tashqi iqtisodiy jihatlardan muhim ehtiyojlarni kondirishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Tamoyilni amalga oshishi, yuqori natijalarga erishgan ishchilarning rag’batlantirilishiga qaratilgan ijobiy motivasiyalarning ishlab chiqilishi bilan belgilanadi. Past ega bo’lgan ishchilarga beriladigan jazolar tizimidan joy olgan “Salbiy motivasiyalarni” aks ettiradi.
Motivlarning qaysi biri ustunlik kilishi ijobiymi yoki salbiymi? degan savolga javobni aniq bir korxonada ishlash va xodimlar bilan munosabatga kirishish jarayoniga bog’liq xolda xal qilish mumkin.
Shunday ekan, motivasiya adekvat bo’lishi, korxona xodimining ish natijalariga mos bo’lishi kerak. Agar olinda xatolarga, xayot, ish natijalariga va tartibbuzarliklarga jazo ko’zda tutiladigan bo’lsa, motivasiya tizimi samarali bo’lmaydi.
Bundan tashqari, motivasiyaning tashqi omillari xodimlarni o’z natijalarini baholashga o’rgatuvchi va korxona xodimlarining ishdagi muvaffaqiyati darajalari bilan bog’liq ichki motivasiya omillarini xam ajratish mumkin.
Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning o’z natijalarini baholashni shakllantirsa, bu yaxshi ko’rsatkich hisoblanadi. Bunda raxbarning tashqaridan beradigan bahosi va xodimlarning o’z-o’ziga beradigan baxosi muvofiq keladi.
V.A.Kruteskiy o’spirinlarda uchrash mumkin bo’lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tadi:
- biror o’quv faniga nisbatan o’spirinning qiziqishi;
- Vatanga foyda keltirish istagi;
- shaxsiy kobiliyatini ro’kach qilib ko’rsatish;
- oilaviy an’analariga rioya qilishi;
- do’stlari va o’rtoqlaridan o’rnak olganligi;
- ish joyining va o’quv yurtining uyga yaqinligi;
- moddiy ta’minlanganlik;
- o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari motivlardir.
Yukoridagi fikrlardan ko’rinadiki, ilk o’spirinlik davrida kasbiy motivlarning shakllanishi bir qator tashqi va ichki omillarga bog’liq. Shuningdek, kasb tanlashga bo’lgan intilish ishtiyoqlar negizida kasbiy motiv va motivasiya shakllanadi. Aynan xorij psixologlari kasbiy motivlar tarkibini ishlab chiqishda kasb tanlashgacha bo’lgan va kasb tanlab bo’lgandan keyingi jihatlarini ko’rsatib o’tadilar.
Motiv (sabab - frantsuzcha motif - undash ma’nosini bildiradi) - shaxsni, ijtimoiy guruhni, muayyan ehtiyojlarni qondirish istagi bilan bog‘langan kishilarning birligini faollikka va mehnat qilishiga undashdir. Motivatsiya (sababni asoslash) - real mehnat xulq-atvorini tushuntirish, asoslab berish uchun sabablar (mulohazalar) tanlashga qaratilgan og‘zaki xatti-harakatdir.
Mehnat motiivatsiyasining ichki undovchi kuchlarini shakllantirish - mehnat faoliyati sababini asoslash jarayonining mohiyatidir. Sabab omillari sifatida sababning asosi yoki shart-sharoitlarini aytish mumkin. Ular sababning mazmunli tomonini, uning asosiy belgilari va ustivor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Sabab omillari sifatida ijtimoiy va iqtisodiy muhit omillari (rag‘batlar) yoxud barqaror ehtiyojlar va qiziqishlar maydonga chiqadi.
Ehtiyojlar - shaxsning yashashi va o‘zini o‘zi saqlashiga doir zarur vositalar va shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik qilishi, yashash muhiti bilan barqaror muvozanatni saqlashga intilishdir. Inson ehtiyojlarining ko‘pgina tasniflari mavjud bo‘lib, ular uchun asos sifatida inson ehtiyojlarining o‘ziga xos ob’ekti, ularning funktsional vazifasi, amalga oshiriladigan faoliyat turi va hokazolar namoyon bo‘ladi.
Bizningcha, ehtiyojlar ierarxiyasini (pog‘onasini) amerikalik psiholog A. Maslou ancha to‘liq va muvaffaqiyatli tarzda ishlab chiqqan, u xulq-atvor sabablarining beshta darajasini yoki guruhini u yoki bu paytda ustunlik qiluvchi ehtiyojlarga qarab ajratgan.
1. Odamlarning takror ko‘payishiga, oziq-ovqatga, nafas olishga, jismoniy harakatlarga, kiyim-bosh, uy-joy, dam olish va hokazolarga bo‘lgan fiziologik va jinsiy ehtiyojlari.
2. Ekzistentsial ehtiyojlar - o‘z yashashining xavf-xatarsiz bo‘lishiga ehtiyoj, ertangi kunga ishonch, hayot faoliyatining barqaror shart-sharoitlari, insonni qurshab turgan muhitning muayyan darajada doimiy va muntazam bo‘lishiga ehtiyoj, mehnat sohasida esa, kafolatlangan bandlikka, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanishga va shu kabilarga bo‘lgan ehtiyojdir.
3. Jamoaga bog‘liqlikka, unga mansublikka, muomalada bo‘lishga, boshqalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga, o‘ziga e’tibor berilishiga, birgalikdagi mehnat faoliyatida ishtirok etishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlar.
4. O‘z-o‘zining hurmat qilinishiga, obro‘-e’tiborga ega qadr-qimmatning oshishiga, xizmat sohasida o‘sishiga, maqomi, nufuzi ortishiga, tan olinish va yuqori baho olishga bo‘lgan ehtiyojdir.
5. Shaxsiy, ma’naviy ehtiyojlar o‘zining ijod orqali faollashuvi, o‘zini namoyon qila olishida ifodalanadi.
A. Maslou ehtiyojlarning dastlabki ikki tipini boshlang‘ich (tug‘ma) ehtiyojlar deb, qolgan uchtasini ikkilamchi (hosil qilingan) ehtiyojlar deb atagan. Shu bilan birga ehtiyojlarning ortish jarayoni birlamchi (quyi) ehtiyojlarni ikkilamchi (yuqori) ehtiyojlar bilan almashtirish sifatida namoyon bo‘ladi. Ierarxiya printsipiga asosan har bir yangi darajadagi ehtiyoj avvalgi ehtiyojlar qondirilgandan keyingina shaxs uchun dolzarb ehtiyojga aylanadi.
Ko‘pgina ijtimoiy va axloqiy ehtiyojlar mavjudki, ular sotsiologiyada turli nuqtai nazarlardan o‘rganilmoqda va hisobga olinmoqda. Ularning muayyan qismi mehnat sabablari muammosiga kiradi va konkret mehnat sabab ahamiyatiga ega bo‘ladi. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: o‘z-o‘zini hurmat qilishga ehtiyoj (o‘zi haqidagi ijobiy fikr tufayli nazorat va mehnat haqi olishdan qat’iy nazar halol mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish); o‘z-o‘zini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj (ma’qo‘llanish va obro‘-e’tibor, o‘ziga nisbatan boshqalarning ijobiy munosabatda bo‘lishi tufayli mehnatda yuqori miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishish); e’tirof etilishiga ehtiyoj (mehnat xulq-atvorining o‘zi kasbga yaroqli va qobiliyatli ekanligini isbotlashga qaratilishi); o‘z o‘zini namoyon qilishga bo‘lgan ehtiyoj (ishga ijodiy munosabatda bo‘lish asosida ishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishish; ish qandaydir g‘oyalar va bilimlarga ega bo‘lish vositasi sifatida, o‘ziga xoslikni namoyon qilish vositasi sifatida); faollikka ehtiyoj (faollik orqali sog‘liq va kayfiyatni yaxshi saqlashga intilish); naslni davom ettirishga va o‘z-o‘zidan ko‘payishga bo‘lgan ehtiyoj (ishda oilasi va qarindosh-urug‘larining, yaqinlarining yaxshi kun kechirishi, ularning jamiyatda martabasi ortishiga ahamiyat berish; mehnat natijalari orqali yaratishga va nimanidir meros qilib berishga intilishni amalga oshirish); dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan ehtiyoj (kamroq ishlab, ko‘proq bo‘sh vaqt bo‘lishini afzal ko‘rish, ishni yashashning asosiy maqsadi emas, balki qadriyat deb bilish); o‘zini o‘zi saqlashga ehtiyoj (kamroq va yaxshiroq sharoitda ishlashga ehtiyoj, o‘z sog‘lig‘ini saqlash maqsadida kamroq haq olishga ham rozi bo‘lish); barqarorlikka ehtiyoj (ishni mavjud turmush tarzini, erishilgan to‘kinlik darajasini saqlab qolish usuli sifatida idrok etish, tavakallchilikni yoqtirmaslik); muomalada bo‘lishga ehtiyoj (mehnat faoliyatini odamlar bilan aloqada bo‘lish sharti va sababi deb bilish); ijtimoiy mavqega ega bo‘lishga ehtiyoj (mehnat faoliyatini mansabga erishish maqsadlariga bo‘ysundirish, mansab boshqalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishda xulq-atvorning asosiy hal qiluvchi omili); ijtimoiy birdamlikka ehtiyoj (hamma bilan birdek bo‘lishga istak, halollik ish joyidagi sheriklar, hamkasblar oldida javobgarlik sifatida).
Ehtiyojlar mehnat motivatsiyasining sabablari umumiy jarayonida muhim o‘rinlardan birini egallaydi. Ular xodimlar tomonidan anglab etilsa, xulq-atvorni rag‘batlantiradi. Bu jihatdan ular muayyan shaklga - u yoki bu faoliyat turlariga, ob’ektlar va buyumlarga qiziqish shakli sifatida idrok qilinadi. Qiziqish – bu, anglab etilgan ehtiyojlarning aniq ifodasidir. Ehtiyojlardan farqli o‘laroq qiziqish shunday ijtimoiy munosabatlarga qaratilganki, xodim ehtiyojlarining qondirilishi shu munosabatlarga bog‘liqdir. Agar ehtiyojlar insonning normal hayot kechirishi uchun nimalar kerakligini ko‘rsatsa, qiziqish esa mazkur ehtiyojni qondirish uchun qanday harakat qilish kerak, degan savolga javob beradi. Shunday qilib, qiziqish o‘ziga xos bo‘lgan belgi sub’ektining yashashi uchun shart-sharoitlardan foydalanishga faol munosabatda bo‘lishni bildiradi, holbuki ehtiyoj bu shart-sharoitlarni egallashning zarurlik holatini ifodalaydi. Qiziqishlarning mazmuni sifatida predmetlar va ob’ektlar maydonga chiqadi, ularni egallash sub’ektlarning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
Turli-tuman birliklar, umuman, jamiyat, sinflar, ijtimoiy guruhlar, mintaqalar, mehnat tashkilotlari, shuningdek, ayrim xodimlar ehtiyojlar va qiziqishlarning egalari bo‘lib maydonga chiqadi. Ehtiyojlar va qiziqishlar sub’ektlari qatoriga barcha xo‘jalik yuritish sub’ektlari kiradi, ular ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida muayyan funktsiyalar va maqsadlarga ega bo‘ladi. Har bir sub’ektga turli qiziqish majmui xosdir.
Qiziqishlar moddiy (iqtisodiy) bo‘ladi. Bular ehtiyojlarni qondirishning pul va moddiy buyum vositalariga qiziqishdir. Bundan xodimlarning mehnat haqining tegishi darajasiga, mukofotlash miqdorlariga, noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozlar va konpensatsiyalarga, mehnat rejimiga va shu kabilarga bo‘lgan qiziqishi kelib chiqadi. Bundan tashqari, qiziqishlar nomoddiy ham bo‘lishi mumkin: bular bilimlarga, ilmga, san’atga, muomalada bo‘lishga, madaniyatga, ijtimoiy-siyosiy faoliyatga va shu kabilarga bo‘lgan qiziqishlardir.
Har qanday ehtiyoj xilma-xil qiziqishlarni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, bilimlarga bo‘lgan qiziqish xodimlarda o‘zining kasb mahoratini oshirishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishi mumkin; ijodiy, xilma-xil va mazmunli ishga bo‘lgan qiziqish o‘zining kasbiy bilimlarini doimiy ravishda kengaytirib borishni talab qiladi; maxsus adabiyotlarni, ilg‘or tajribani umumlashtiruvchi va yorituvchi adabiyotlarga qiziqishni oshiradi va hokazo. Shunday qilib, ehtiyojlar va qiziqishlar mehnat xulq-atvorining ichki tomondan bog‘liqligini nazarda tutadi. Xodimlarning turli ijtimoiy demografik, kasb-malaka va boshqa ijtimoiy guruhlaridagi turli faoliyat sharoitlarida ehtiyojlar va qiziqishlar turli-tuman tuzilishga ega bo‘ladi.
Ehtiyojlar asosida qadriyatlar va qadriyatli yo‘nalishlar shakllanadi. Ular mehnatning sabab jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

MEHNAT MOTIVATSIYASI JARAYONING ENG MUHIM ELEMENTLARI


Mehnat motivatsiyasi jarayoning eng muhim elementlari qadriyatlar va xulq-atvor normalaridir. Qadriyatlar – bu, sub’ekt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va ishning asosiy va muhim maqsadlari to‘g‘risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvurlaridir. Qadriyatlarga jamiyat, jamoa, shaxs ko‘z o‘ngida ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha predmetlar va hodisalar kiritiladi. Qadriyatlar olami jamiyatning ehtiyojlari va qiziqishlari xilma-xil va bitmas-tuganmasdir.
Qadriyatlar moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy bo‘ladi va hokazo. Ular ehtiyojlar va qiziqishlar asosida tarkib topadi. Lekin ehtiyojlar va qiziqishlar asosida shakllanadigan qadriyatlar ulardan nusxa ko‘chirmaydi. Qadriyatlar ehtiyojlar, qiziqishlar mazmuniga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Ehtiyojlar, qiziqishlar va qadriyatning ehtimol tutilgan mos kelishi, birligi yoki qarama-qarshiligi shu narsa bilan bog‘liqki, ong nisbatan mustaqilikka egadir. Ongning o‘ziga xos faolligi, uning mustaqiligi shunga olib keladiki, qadriyatlar – bu, ehtiyojlar va qiziqishlarning nusxasi emas, balki hamisha ham ularga mos kelavermaydigan ideal tasavvurlardir.
Mehnat sharoitlari va mazmuni bilan kasbi, malakasi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farq qiladigan xodimlarning turli ijtimoiy guruhlari uchun ayni bir xil ob’ektlar va hodisalar turlicha ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, birovlar uchun mehnat sohasidagi xulq-atvorning bosh yo‘nalishi moddiy farovonlik bo‘lsa, boshqalar uchun mehnat mazmuni, uning ijodiy boyligi muhimroqdir, yana boshqalar uchun esa muloqotda bo‘lish imkoniyati muhimdir va hokazo.
Qadriyatlar orasida qadriyatli maqsadlar (doimiy) va qadriyatli vositalar (jihoz vositalari) bo‘lishi mumkin. Doimiy qadriyatlar inson mavjudligining strategik maqsadlarini: sog‘lig‘i, qiziqarli ishi, muxabbati, moddiy farovondligi va jixozlarni aks ettiradi. Jihoz vositalari maqsadga erishish vositalaridan iboratdir. Bular turli shaxsiy sifatlardan iborat bo‘lib, maqsadga, shaxsning e’tiqodlariga erishishga yordam beradi.
Jamiyatdagi qadriyatlar mazmuni shaxsning madaniyatiga, ma’naviy va axloqiy hayotining, ijtimoiy ongining rivojiga bog‘liq. Qadriyatlarning o‘ziga xos shakli ijtimoiy ideallar, ya’ni jamiyatda ijtimoiy munosabatlar, xodim qanday bo‘lishi lozimligi haqidagi tasavvurlardir.
Xodim mehnat faoliyatida ishtirok etar ekan, ayni paytda bir qator ehtiyojlar, manfaat va qadriyat yo‘nalishlariga ega bo‘ladi. Ular muhim va nomuhim, turli darajada ahamiyatli va qardli bo‘lishi mumkin. Bu hamma omillar ichida eng asosiylarini tanlash ehtiyojlar, qiziqishlar, qadriyatlarni mehnat vaziyati bilan taqqoslash jarayonida sabablar (yo‘l-yo‘riqlar) vositasida amalga oshadi.
O‘z-o‘zidan sabab va vaziyatlar etarli darajada harakatchandir, chunki ular inson his-tuyg‘ulari, uning shijoatkorona ta’siri ostida vujudga keladi. vaziyatlar va ob’ektlarga yanada barqarorroq munosabatda bo‘lish “yo‘l-yo‘riq” tushunchasi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, “sabab” va “yo‘l-yo‘riq” bir-biriga to‘la o‘xshash bo‘lmasa ham, ma’no jihatdan yaqindir.
Mehnat sohasidagi sabablar xilma-xil funktsiyalarni bajaradi va ular xodim hulq-atvorida ro‘yobga chiqadi. Bular quyidagi funktsiyalar:
yo‘naltiruvchi funktsiya bunda sabab xodimning xulq-atvorini vaziyatdan xulq-atvor variantlarini tanlashga yo‘naltiradi;
ma’no hosil qiluvchi funktsiya, bunda sabab xodimning mazkur xulq-atvoridagi sub’etiv ahamiyatini belgilab beradi, uning shaxsiy ma’nosini aniqlaydi;
vositali funktsiya, bunda sabab ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilar tutashgan joyda vujudga keladi, ularni xulq-atvorga bo‘lgan ta’sirini vositalaydi;
safarbar qiluvchi funktsiya, benda sabab xodim organizmi kuchlarni o‘zi uchyaun ahamiyatli faoliyat turlarini amalga oshirishga safarbar etadi;
oqlovchi funktsiya, bunday holatda shaxsning tashqaridan nomallashtiradigan xulq-atvor namunasiga, etaloniga, ijtimoiy va axloqiy normaga munosabati ifodalangan bo‘ladi.
Haqiqiy real sabablar bilan e’lon qilinadigan, oshkora e’tirof etiladigan sabablarni farqiga etish lozim. Haqiqiy sabablar bular undovchi sabablardir. Ikkinchi sabablar bular mulohaza sabablar bo‘lib, ularning vazifasi o‘zining xulq-atvorini o‘ziga va boshqalarga tushuntirishdir. Oshkora e’lon qilinadigan sabablarni undovchi sabablardan farqli o‘laroq ko‘pincha dalillar deb atashadi.
Insonning faoliyati ayni vaqtda bir necha sabablar bilan aniqlanadi, chunki ular narsa-buyumlar olami, jamiyat, atrofdagi kishilar va o‘z-o‘zi bilan xilma-zil munosabatlar tizimiga qo‘shiladi. Xodimlarning xulq-atvorini belgilab beradigan etakchi sabablar guruhini sabablar o‘zagi deb atashadi, u o‘z tuzilishiga egadir. Sabablar o‘zagining tuzilishi muayyan mehnat vaziyatlariga qarab farqlanadi:
mutaxassislikni yoki ish joyini tanlashga;
korxonada mazkur kasb bo‘yicha kundalik ishga;
muayyan nizoli vaziyatga;
ish joyini almashtirishga yoki kasbni o‘zgartirishga;
mehnat muhitining tavsiflari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion vaziyat va hokazolarga.
Ko‘rib turibmizki, mehnat xulq-atvoriga uni tashkil etuvchi turli tarkiyuiy qismlar ta’sir ko‘rsatadi (chizma).
Keyingi o‘n yilliklarda mehnat sotsiologiyasi ijtimoiy xulq-atvor mexanizmini bilishni bir muncha chuqurlashtirish imkonini beradigan g‘oyalarni ishlab chiqmoqda. Bu jihatdan V.V.Yadovning yondashuvi qiziqarlibo‘lib, u shaxs ijtimoiy xulq-atvorini depozitsion kontseptsiyasini ifodalab bergan edi. Bu erda gap insonnig murakkab dispozitsiyalar tizimini (shaxsiy moyillik) egallashi haqida boradi, ular inson xulq-atvorini tartibga soladi. Ular murakkab tuzilishga ega bo‘lgan qiziqishlar va vaziyatlar tutashgan joyda hosil bo‘ladi. Ehtiyojlar, vaziyatlar va ularga mos keladigan dispoziyalarni to‘rtta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
Eng oddiy vaziyatlarda, maishiy sharoitlarda biologik ehtiyojlarga bog‘liq yo‘l-yo‘riqlar;
Odatdagi kundalik sharoitlarda muomalaga bo‘lgan ehtiyojlar asosida shakllantiriladigan ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar;
Shaxsning muayyan mehnat sohasi yoki dam olish sohasidagi qiziqishlarning umumiy yo‘nalishini ta’riflab beradi (bular bazaviy ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlardir);
Shaxsning qadriyatli mo‘ljallar tizimi.

chizma. Mehnat xulq-atvorini tartibga solish sabab mexanizmini tasniflash




Sabablar tuzilishi juda moslashuvchan va doimiy ravishda o‘zgaruvchandir (to‘g‘rilanib boradi). Mehnat faoliyati jarayonidagi bunday to‘g‘rilanib borish uch un asos sifatida ishlab chiqarish vaziyatining turli tomonlaridan qoniqish hosil qilish namoyon bo‘ladi. Xodim vaziyatning barcha elementlarini qanchalik qulaylik bilan qabul qilsa, mehnat xulq-atvori sabablari shunchalik to‘g‘rilangan bo‘ladi. Sabablarni o‘rganishning sotsiologik va psixologik darajalarini farqlash kerak bo‘ladi. Psixologik darajada harakatdan odingai maqsdani bilib olish va qaror jarayoni tekshiriladi. Butun sabablarni asoslash jarayoni maqsad qo‘yish bilan tugaydi.
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazaridan yondoshish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o`ziga xos psixologik maktab vujudga kelgan bo`lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va kontseptsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi g`oyalar va yo`nalishlar mujassamlashdi.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, A.A.Uxtomskiy, S.V.Rubinshteyn, V.S.Merlin, V.I.Selivanov va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Bundan tashqari Evropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 dan ortiq ilmiy kontseptsiyalar mavjuddir.
Insonni xatti-harkati va ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o`rganish shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo`ladi.
Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko`ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo`llab-quvvatlash mumkin. Ba’zilar mehnatgao`uz ehtiyojlariga ko`ra sidqidildan munosabatda bo`lsalar, ba’zilar o`z burchlarini anlaganliklaridan, yana ba’zilar o`zlarining qobih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun’iy munosabatda bo`ladilar. Motivatsiya- odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo`lib, xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yo`nalganlik, tashkilotchilik, qo`llab-quvvatlash kiradi. Motirovka deganda inson xulq atvorini tushuntirish bo`lib, unda «Nima uchun?», «£anday maqsad bilan?», «£anday ma’noda?» kabi savollarning mativatsiyaga bog`liqligidir.
Motivatsiya inson xulq atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo`nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo`nalishini tashkil etadi. v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi. Ustanovkalar - yo`nalish, yo`naltirish ma’nosini anglatib, kishining tevarak atrofdagi odamlarga yoki ob’ektga nisbatan qanday munosabatda bo`lishlarini, ularni idrok qilinishi, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holatdir. Yo`naltirilgan faoliyat sub’ektning ma’lum vaziyatda faol yo`l topib keta oladigan harakatlari majmuidir. Yo`nalish – tug`ilgan yo`l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy nazar ma’lum yo`lga yo`naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir. Ular asosiy, etakchi va bosh ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e’tiqod, dunyoqarashlar, yuksak g`oyalar bilan xarakterlanadi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Inson ehtiyojlari, maqsadi, istagi, qiziqishlari shaxsiy holatlardir.
Ehtiyoj - jonli mavjudodning hayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir. Amerikalik psixologik A.Maslou «Inson ehtiyojlarini ierarxiya» tizimlarini quyidagicha tavsiya etadi:
Motivatsiyaning bir necha psixologik nazariyalari mavjud:
1. Qaror qabul qilish nazariyasida ta’kidlanishicha inson ongi tafakkurga, iroda va xatti harakatni tanlash imkoniyatiga ega. Demak, inson xulqi motivining asosi aql, ong va inson irodasidir.
2. Instinktlar nazariyasida (Z.Freyd, U.Magdugall) – biologizator nuqtai nazari mavjud bo`lib, unga asosan insonga, hayvonlarga xos instinktlar biriktirilgan. XX asrning 20-yillarida instinktlar nazariyasi o`rniga inson xulq atvorini biologik ehtiyojlar bilan bog`lovchi kontseptsiya yuzaga keladi.
3. Xulq atvor motivatsiyasi nazariyasi va oliy nerv faoliyati nazariyasi. XX asr boshida paydo bo`lib, xulq atvor «Stimul – reaktsiya» sxemada ko`rib chiqiladi. I.P.Pavlov va uning izdoshlari N.A.Bernshteyn va P.K.Anoxin xulq atvor dinamikasi funktsional sistemasi modelini ishlab chiqqanlar.
4. Motivatsiyaga kognitiv yondoshuv nazariyasi – inson xulq atvorini tushuntirishda uning ongi va bilimi bilan bog`liq fenomenlarga alohida e’tibor beriladi. qqq5. Faoliyat nazariyasi (A.N.Leont’ev) ga asosan motivlarni yuzaga keltiruvchi kuchlar ehtiyojlardir. Bundan shunday qonuniyat yuzaga keladiki, motivlar rivojlanishi faoliyat kengligining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u predmet faoliyatini tashkil etuvchisidir. qqq Insonning emotsional hayoti, uning his-tuyg`ulari, quvonch tashvishi, xunsandchiligi azal-azaldan insonlar e’tiborini o`ziga tortib kelgan. His-tuyg`u nima? Bu - borliqni o`ziga xos aks etishi bo`lib unda insonning olamga sub’ektiv munosabati aks etadi. His tuyg`u psixik jarayon bo`lib bunda insonni borliqqa o`zining shaxsiy ichki sub’ektiv munosabatini aks etadi. Emotsiyalar - lotincha so`zdan olingan (emovere) to`lqinlashtirish ma’nosiga ega. Ichki yoki tashqi qo`zgatuvchilar ta’siriga sub’ektiv holatda ifodalovchi javob reaktsiyasidir. Ya’ni hissiyot – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo`lgan munosobatlarimizning va munosobatlarimizdan hosil bo`ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirishdir. Hissiyot o`ziga xos aks ettirish jarayoni bo`lib, bunda narsa va hodisalarning bevosita emas, balki shu narsalarning aks ettirish jarayonidan hosil bo`ladigan ichki kechinmalari va munosobatlari aks ettiriladi. His tuyg`u psixik jarayongina bo`lib qolmay psixik holat hamdir. U xususiyat bilan xarakterlanadi. His- tuyg`uni yuzaga keltiruvchi sabab stimullardir. Faoliga ko`ra hislar stenik (kuchlik) va astenik (kuchsiz) turlarga bo`linadi. Hislar tashqi jihatdan nomoyon bo`lib ular xatti – harakatlarida, yuzda namoyon buladi. Uning tashki ifodalanishi ekspressiya deb ataladi. Ekspressiya bu – hislarning spesifik namoyon bulishi bulib, u ovozda, mimika, pontomimika, yurishda, yogi va kulguda namoyon bo`ladi.



Yüklə 181,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə