Kasbiy psixologiya


SHaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

SHaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar.
Shaxs xislatlarining bir 
butunligi va o‟zaro bog‟liqligi uning psixologik tuzilishini, dinamik strukturasini 
hosil qiladi. Shaxsni, uning tuzilishini o‟rganishdan maqsad nima? Shaxsni, uning 


68 
tuzilishini o‟rganishdan maqsad uni boshqa odamlardan ajratib turuvchi individual 
xususiyatlarni aniqlashidir. Bu boradagi psixologik tadqiqotlar va nazariy ishlar 
asosida turli "shaxs tiplari"ning ajratishga, ularni o‟rganishga olib keladi. 
Shaxslarning tipologiyasini yaratish turli odamlardagi individual psixologik 
xususiyatlarni topish va ulardagi umumiy belgilar, xususiyatlar asosida ularni 
ma‟lum toifalarga birlashtirishga to‟g‟ri keladi.
Nazariyalar orasida shaxsda ikkita asosiy qism, ikkita omilni ajratuvchi 
yo‟nalishlar ko‟rinarli o‟rin egallagan. Ular shaxs tuzilishida ikkita omil, biologik 
va ijtimoiy omillarni ajratib ko‟rsatadilar.
Ma‟lumki, shaxs ijtimoiy mavjudot bo‟lishi bilan birga, o‟zida tabiiy, 
biologik tuzilish belgilarini saqlab qoladi. Ammo, bu ikki omilni bir-biriga 
qarama-qarshi qo‟yib bo‟lmaydi, ular birlikni tashkil qiladi, birgalikda yuzaga 
chiqadi.
Shaxs tashqi turmush sharoitlari ta‟sirida shakllanadi. Ammo, bir sharoitda 
tarbiyalangan ikki bola ikki xil bo‟ladi. Chunki ularning tabiiy qobiliyatlari turlicha 
bo‟ladi. Demak shaxsning shakllanishiga sotsial omillardan tashqari biologik 
faktorlar ham ta‟sir qiladi. Bu ikki narsa bir - biri bilan chambarchas bog‟liq.
Psixologiya 
tarixida 
shaxs 
rivojlanishi 
va 
takomillashuvini 
harakatlantiradigan kuchlar va manbai masalasini hal etishning ikkita yo‟nalishi 
mavjud bo‟lgan. Bu yo‟nalishlar rivojlanishning 
biogenetik 
va 
sotsiogenetik
kontseptsiyalari nomini olgandir.
Biogenetik kontseptsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik, asosan 
tabiiy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning 
rivojlanishi ichki sabab natijasida (o‟z - o‟zidan) sodir bo‟lish xususiyatiga egadir. 
Shu nuqtai nazarga binoan kishi tabiatan hissiy ta‟sirotlarning ro‟y berishidagi 
ba‟zi bir xususiyatlarga, harakat sur‟atining xususiyatlarigagina emas, balki 
sababiyatlarning muayyan kompleksiga ham moyil (birovlarda jinoyat qilishga 
boshqalarda ma‟muriyatlik faoliyatida yutuqlar qozonishga moyillik va hokazo) 
bo‟ladi. Kishida go‟yo uning psixik faoliyati shakllarigina emas, balki uning 


69 
mazmuni ham tabiat tomonidan programmalashtirilgan, psixik rivojlanish 
bosqichlari va ularning ro‟y berish tartibi oldindan belgilab qo‟yilgan emish.
Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsni tevarak - atrofdagi ijtimoiy mohiyatning 
bevosita ta‟siri natijasi deb, muhitdan olingan nusxa deb hisoblaydi. Bunda ham 
xuddi biogenetik kontsentsiyadagi kabi rivojlanib borayotgan kishining xususiy 
faolligini inobatga olinmaydi, uning tevarak atrofdagi vaziyatga moslashayotgan 
mavjudotga xos sust rol o‟ynashigina mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik 
kontseptsiyaga amal qilinadigan bo‟lsa, nima uchun ba‟zi vaqtlarga bir xildagi 
ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar yetishib chiqishini tushuntirib bo‟lmaydi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə