Kasbiy psixologiya


Muloqotning perseptiv jihati



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Muloqotning perseptiv jihati.
Muloqotning ushbu jihatida bir kishining 
ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunishi, baholanishi kuzatiladi. 
Muloqotning mazkur jihati quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin: 
1)
Idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o`zining shaxsiy xislatlari bilan 
qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo`yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi
bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o`xshatish, unga 
taqlid qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya‟ni 
identifikatsiya
(aynan o`xshatish) bosqichi bevosita amalga oshadi. Bunda kishi hamkorlikda 
harakat qilish vaziyatida sherigi o`rniga o`zini qo`yib ko`rib, uning ichki holati, 
niyatlari, o`y-fikrlari, xohish-istaklari haqida taxmin qiladi, bunda ular anglanilgan 
yoki anglanilmagan bo`lishi mumkin. 
2)
Idrok qilinayotgan shaxsning o`rniga idrok qiluvchi o`z xohishi bo`yicha 
mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilishi o`z-o`zini anglash negizida namoyon 
bo`ladi, ya‟ni 
refleksiya
bosqichi vujudga kelganligi tug`risida muayyan qarorga 
kelinadi. Refleksiyada kishi idrok etish sub‟ekti sifatida o`ziga nisbatan sherigining 
munosabatiga anglab yetiladi. Lekin kishi har doim ham muloqot jarayonida o`zini 
kim ekanligini to`liq anglab yetolmaydi, bu esa uning o`zi qilgan xatti-harakatlari 
sabablarini boshqalarga to`nkashga majbur qiladi. Kishi o`z xatti-harakatlari 
sabablarini, niyatlarini, o`y-fikrlarini, xulq-atvor motivlarini boshqa kishilarga 
to`nkash orqali tushuntirishi psixologiyada 
kauzal atributsiya
ya‟ni sababiy 
izohlash deb ataladi. 
3)
O`zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg`ulariga nisbatan hamdardlik 
bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati 
tug`iladi, buning natijasida tub ma‟nodagi 
empatiyaga 
asoslangan idrok qilish 
bosqichi yuzaga keladi. 


74 
4)
O`zga kishilarga, ijtimoiy guruh a‟zolariga nisbatan berilgan xislatlarni 
hozirgacha ma‟lum bo`lgan ijtimoiy qoliplarga mos tarzda ommaviy tarzda yoyish, 
tavsif berish va baholash 
stereotipizatsiya (bir xil qolipga solish)
ya‟ni 
stereotiplashtirish
deyiladi. Idrok etish sub‟ekti ijobiy munosabatda bo`lgan 
shaxslarga ijobiy, yoqtirmaydigan shaxslarga salbiy baho berilishi kauzal 
atributsiyaga xos tipik hollardan biridir. Tadqiqotlardan ma‟lum bo`lishicha, shaxs 
muloqot jarayonida o`z ob‟ektiga nisbatan ijobiy taassurotga ega bo`lsa, sub‟ektga 
ma‟lum bo`lmagan fazilatlarini ijobiy baholashga yoki aksincha, ob‟ekt salbiy 
taassurot qoldirgan bo`lsa, sub‟ektga ma‟lum bo`lmagan xislatlarini salbiy 
baholashga harakat qilar ekan. Bu holat psixologiyada 
oreol effekti
nomi bilan 
yuritiladi. 
Muloqot odamlarning jamiyatda o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki 
psixologik mexanizmini tashkil etib, u hozirgi yangi demokratik munosabatlar 
sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki birgalikda 
chiqarish ehtiyoji paydo bo`lganligi hisobga olinganda, odamlarning mehnat 
unumdorligi va samaradorligini ta‟minlovchi muhim omil ekanligini bildiradi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə