Kasbiy psixologiya


Muloqotning psixologik vositalari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Muloqotning psixologik vositalari.
Odamlar bir-birlari bilan muomalaga 
kirishar ekan, ularning asosiy ko`zlagan maqsadlaridan biri - o`zaro bir-birlariga 
ta‟sir ko`rsatish, ya‟ni fikr-g`oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, 
ustanovkalarni o`zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Turli vositalar 
yordamida insonlarning fikrlari, xissiyotlari va xatti-harakatlariga ta‟sir ko`rsata 
olish - 
psixologik ta‟sir
deyiladi. 
Psixologiyada 
psixologik ta‟sirning
asosan uch vositasi farqlanadi: 
1.
Verbal ta‟sir
- bu so`z va nutq orqali ko`rsatadigan ta‟sirlardir. Har 
qanday nutq ko`rinishida odam o`zidagi barcha so`zlar zaxirasidan foydalanib, eng 
ta‟sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta‟sir ko`rsatishni xoxlaydi. 
2.
Paralingvistik ta‟sir
- bu nutq atrofidagi nutqni bezovchi, uni 
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillari bo`lib, bunga nutqning baland yoki past 
tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to`xtashlar, duduklanish, 
yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nizolar kiradi. 


75 
3. 
Noverbal ta‟sir
«nutqsiz» ko`rinishga ega bo`lib, bunga 
suxbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o`rinlari, xolatlari (yaqin, 
o`zoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis 
qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. 
Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suxbatdoshlarning bir-
birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. 
Muloqot jarayonida suxbatdoshlar bir-birlariga ta‟sir ko`rsatmoqchi 
bo`lishganda, dastavval nima deyish, qanday so`zlar vositasida ta‟sir etishni o`ylar 
ekan. Aslida esa, usha so`zlar va ular atrofidagi harakatlar muxim rol o`ynaydi. 
Mashxur amerikalik olim Mexrabyan fikricha, birinchi marta ko`rishib turgan 
suxbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo`lishiga gapirgan gaplari 7%, 
paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta‟sir qilarkan. Shu 
o`rinda aytish joizki, muloqot jarayonining samarasi suxbatdoshni 
tinglay olishga
ham bog`liq. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə