Kasbiy psixologiya


Muloqot jarayonida yuzaga keluvchi ziddiyatlar



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Muloqot jarayonida yuzaga keluvchi ziddiyatlar.
Ziddiyatlar
qarama- 
qarshi fikr, qarashlarning to`qnashuvi bo`lib, muloqot jarayonida kelib chiqadi. 
Ziddiyatlar motiv, qiziqish, qarashlarning mos kelmasligiga ko`ra shaxsning ichki 
holati ijtimoiy muhit bilan bo`ladigan munosabatlarida ushbu ko`rinishlarga ega: 
oilada ota-ona va farzand orasidagi qarashlar mos kelmasligida; shaxslarda, 
jamoalarda, hamkasblar orasidagi o`z qarashlarini amalga oshirishda; shaxsning 
o`zga odamlar bilan ishlash jarayonida ulardan ustunlik qilishida yuzaga keladi. 
XX asr boshlarida bir kator nemis, avstriyalik va amerikalik sotsiologlar 
G.Zimmel, L.Gumplovich, D. Smolli, U.Samnerlarning tadqiqotlari ziddiyatlar 
nazariyasiga asos soldi. Ulardan eng mashhuri G.Zimmel bo`lib, u ziddiyatlarni 
jamiyat hayotidagi muqarrar hodisa deb qaragan, ziddiyatlar inson hayotining 
xususiyatidan kelib chiqadi va shaxsga xos bo`lgan hujumkorlik instinktdan paydo 
bo`ladi, deb disoblaydi. 
K.Tomas va R.Kilmenn ziddiyatli vaziyatda xulq-atvorning 
moslashish, 
bosh tortish, sarshi ko`rashish, uamkorlik, murosaga kelish
kabi beshta asosiy 
uslubini ajratib ko`rsatganlar. 


76 
Ziddiyatlar ko`p hollarda ortiqcha asab tarangliklariga olib keladi, stressli 
vaziyatlarga, stresslarni boshqarish zarurligiga sabab bo`ladi. Stress - bu shunday 
bir bosimki, u hissiy diskomfort (komfortning tanqisligi) holatiga olib keladi. 
Stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan 
stresslar muqarrar va zararsiz bo`lib, haddan tashqari ortib ketgan stress esa, shaxs 
uchun ham, korxona va tashkilotlar uchun ham qiyinchiliklar, qo`yilgan 
maqsadlarni qo`lga kiritishda muammolar keltirib chiqaradi. 
Yuqorida ta‟kidlanganidek, muloqot jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatli 
holatlarda o`zini tug`ri tutish malakalari psixologik treninglar yorhamida hosil 
qilinadi.
Har qanday nizoning asosida qaysidir ma‟noda maqsad va manfaatlar 
o‟rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar yotadi.
Odamlar bir-birining fikri bilan kelishmasligi va o‟zaro bahslashishi mumkin, 
har biri o‟z fikrida qoladi, lekin baribir ko‟p hollarda kelishib ishlashga majbur 
bo‟ladi, qarama-qarshilik ba‟zan yoqtirmaslik, hissiyot, tushunmaslik, ko‟ra 
olmaslik va boshqalarda aks etib, nizoning kelib chiqishiga sabab bo‟ladi. Nizo 
nafaqat qarama - qarshilik, shuningdek o‟ziga xos kurashish hamdir. Har ikki 
tomon ham bunday holatda o‟zini xaq deb biladi va o‟zaro kurashadi. Nizo bu 
qarama-qarshi dunyoqarashlar negizida yuzaga keladi. Nizoni albatta, o‟z vaqtida 
bartaraf etish kerak, chunki buning oqibatida hayot me‟yorida davom etmaydi. 
Yuqorida aytib o„tganimizni tahlil qilib psixologik nuqtai nazardan biz shunday 
ta‟rif beramiz: "Nizo - shaxslarning qarashlari, qiziqishlari o‟rtasidagi qarama-
qarshilik natijasida vujudga kelgan psixologik holat bo‟lib, bu ularning faqat bir-
biri bilan hamkorligi jarayonida paydo bo‟ladi. 
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida odamlar orasida o‟zaro 
kelishmovchiliklar, ziddiyat va nizolar mavjud bo‟lib kelgan. Chunki, har qanday 
taraqqiyotning asosida qarama-qarshilik va ziddiyat yotadi. Shaxs jamiyat 
taraqqiyotini amalga oshiruvchi asosiy kuch va vosita hisoblanib, jamiyat va 
tabiatni o‟ziga moslashtirish barobarida, undagi ba‟zi holatlarni ta`qiqlash bilan 
ham shug‟ullanadi. Shuning uchun ham nizo va ziddiyat jamiyat taraqqiyotining 


77 
asosiy omillari hisoblanadi. 
Ziddiyat insoniyat paydo bo‟lgan davrdanoq mavjud bo‟lib, uni ilmiy tadqiqot 
predmeti sifatida o‟rganish borasidagi ilk qarashlar ham o‟z tarixiga ega. Hayot 
tarzi, mehnat faoliyati, shaxslararo munosabat muhitining o‟zgarayotganligi 
ziddiyatlarning ham o‟ziga xos tomonlari mavjudligini ko‟rsatmoqda. 
Ziddiyat, nizo haqidagi dastlabki konsepsiyalar XIX-XX asrlarda vujudga 
kelib, uning yechimlarini topish yo‟llari bo‟yicha qo‟yilgan qadamlar o‟tgan 
asrning oxirlarida bir qadar salmoqli bo‟ldi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə