Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Ziddiyat -
ijtimoiy-psixologik muammo bo‟lib, konfliktologiyaning asosiy 
tushunchalaridan biri. Ziddiyat- muhokama yuritishda, matnda, nazariyada va 
umuman predmet, hodisalarda biri ikkinchisini inkor etadigan ikki mulohazaning 
mavjudligi va ular o‟rtasidagi munosabatlar. U obyektiv olamning va bilishning 
o‟z-o‟zidan harakati va taraqqiyotida namoyon bo‟ladi. Fan tarixida dastlabki 
ziddiyatlar konsepsiyasi Geraklitga taalluqlidir, ya‟ni «abadiy vujudga kelish» 
faqat ziddiyatlarning birligi sifatidagina mumkin. Bundan ko‟rinadiki, «ziddiyat» 
tushunchasi «nizo» tushunchasiga qaraganda kengroq ma‟noni kasb etib, o‟zida 
hodisa, voqea, jarayon, narsa va predmetlar hamda insonlar fikri o‟rtasidagi o‟zaro 
nomutanosiblikni, ya‟ni qarama-qarshilikni aks ettiradi. 
Nizo esa, o‟zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik orqasida tug‟ilgan 
holat, munosabat, ixtilof. 
Nizo jamiyatdagi guruhlar yoki individlar o‟rtasidagi antoganizm, u ikki xil 
bo‟lishi mumkin. Birinchisi, ikki yoki undan ortiq individ yoki guruhlar o‟rtasida 
manfaatlar to‟qnashuvi yuz berishi, ikkinchisi, o‟zaro kurashga faol jalb etilishi. 
Manfaatlar zidligi har doim ham ochiq kurashga olib kelavermaydi. 
Ziddiyatlarning psixologik xususiyatlarini o‟rganish tashkilot xodimlari 
uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot idoralari xodimlari o‟z xizmat 
faoliyatida maishiy ziddiyatlardan tortib, to jinoyatchilar o‟rtasidagi 
ziddiyatlargacha duch keladilar. Shuning uchun ular ziddiyatli holatlarda 
sharoitdan tez chiqib ketishi, chiqqanda ham to‟g‟ri yo‟l topishi, ziddiyatni 
yechishi shart, chunki ziddiyat yo ijobiy, yo salbiy natija bilan tugaydi. 


78 
Ziddiyat ijtimoiy psixologiyada muomalaning buzilishi yoki psixologik 
jihatdan ichki ruhiy kelishmovchilikdir. Umuman olganda, ziddiyat insonlar 
o‟rtasida ijtimoiy va shaxsiy masalalarni yechishda vujudga keladigan holat, lekin 
har qanday qarshilik ziddiyat bo‟lavermaydi. 
Odamlar bir-birining fikri bilan kelishmasligi, tortishishi mumkin, har biri o‟z 
fikrida qoladi va baribir ko‟p hollarda kelishib ishlashga majbur bo‟ladilar. Qarama 
- qarshilik, ba‟zan yoqtirmaslik, salbiy emotsiya, tushunmaslik, ko‟ra olmaslik va 
boshqa sabablar ziddiyatning kelib chiqishiga sabab bo‟ladi. Ziddiyat nafaqat 
qarama-qarshilik, shuningdek, o‟ziga xos kurashish hamdir. Har ikkala tomon ham 
bunday holatda o‟zlarini haq deb bilishadi va o‟z qarashlari uchun kurashadilar. 
Ziddiyat qarama-qarshiliklar negizida yuzaga keladi, uni albatta hal qilish kerak, 
chunki busiz hayot me‟yorda davom etmaydi. 
Umuman olganda, ziddiyat shaxslarning psixologik tuzilishiga bog‟liq bo‟lsa-
da, ammo hayotning o‟zi ziddiyatsiz bo‟lishi mumkin emas. Ziddiyatlarni baholash 
va tahlil etish ularni turlariga ko‟ra guruhlash va tizimlashtirishni taqozo etadi. 
Ziddiyatlarni ijtimoiy hayotda namoyon bo‟lish shakliga qarab quyidagi 
turlarga ajratish mumkin: 
a) iqtisodiy ziddiyatlar (insonlarning moddiy iqtisodiy faoliyati doirasida 
vujudga keladi); 
b) ijtimoiy ziddiyatlar (sotsial guruhlarning ijtimoiy xususiyatlaridan kelib 
chiqadi); 
c) sinfiy ziddiyatlar (ijtimoiy sinflar o‟rtasidagi tafovut asosiy nizo manbai); 
d) siyosiy ziddiyatlar (ma‟lum guruhlarning manfaatlari doirasidagi kurash); 
e) mafkuraviy ziddiyatlar (dunyoqarashlar o‟rtasidagi tavofutlar asosida 
vujudga keladi); 
f) madaniy ziddiyatlar (turli madaniyat vakillari o‟rtasidagi to‟qnashuvlar 
jarayonida vujudga keladi); 
g) aksiologik ziddiyatlar (qarama-qarshi qadriyatlarga ega har xil guruhlarni 
boshqarish oqibati tarzida); 
h) pozitsiyali ziddiyatlar (tashkiliy munosabatlar tuzilishidagi o‟rniga qarab 


79 
farq qiluvchi manfaatlari bir-biriga zid ijtimoiy guruh yoki shaxslar o‟rtasida 
vujudga keluvchi nizolar). 
Odamlar o‟rtasidagi o‟zaro munosabatning turli vaziyatlariga qarab, nizolarni 
ketirib chiqaruvchi sabablarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: 
a)
mehnat jarayonidagi; 
b)
shaxslararo munosabatlardagi psixologik xususiyatlar, simpatiya va 
antipatiya, madaniy va etnik tafovutlar, rahbarning yomon kommunikatsiyaga 
egaligi va boshqalar; 
c)
jamoa a‟zolarining o‟ziga xosligi, masalan, emotsional holatlarini boshqara 
olish holatiga ega emasligi, agressivligi, kommunikabellik va taktning 
yetishmasligi. 
Ziddiyatning o‟ziga xos xususiyati buzish va buzilish xarakteriga egaligidir. 
Ziddiyatli holat jamoaning buzilishiga, undagi ijtimoiypsixologik sharoitning 
yomonlashuviga olib keladi. Ziddiyatli holatni hal qilish uchun uning tuzilishini 
o‟rganib chiqish kerak. 
Qishloq ho`jaligi hodimlari faoliyatida ham ziddiyatli holatlarni kuzatish 
mumkin. Ushbu holatlar ma‟lum bir nosog‟lom psixologik muhit, masalan 
xodimlarning biri-birlari yoki rahbarlar bilan o‟zaro kelisha olmasligi asosida 
yuzaga kelishi mumkin. Shu ma‟noda ziddiyatli harakatlarning ham o‟z diapazoni 
bor, ba‟zi ziddiyatli holatlarda shaxs raqibini yengish uchun hamma imkoniyatini 
ishga soladi, xizmatdagi shaxslarni aralashtiradi, o‟zlarining strategiyasi va 
taktikasini ishlab chiqadi. Ziddiyatli vaziyat esa, ijtimoiy psixologik muhitni 
yuzaga keltiradi. Ijtimoiy psixologik nuqtai nazaridan qaraganda ziddiyatning 
yuzaga kelishida shaxslarining alohida qarashlari, shaxslararo va ijtimoiy guruhlar 
o‟rtasidagi munosabatlar sabab bo‟lishi mumkin. Ijtimoiy psixologik yo‟nalishda 
(aspektda) ziddiyat har xil sabab bilan bog‟liq bo‟ladi. Masalan, maqsad, 
dunyoqarash to‟g‟ri kelmaydi, natijada antipatiya yuzaga keladi: 
Birinchi bosqich - ziddiyatning yuzaga kelishigacha bo‟lgan holat va 
ziddiyatning yuzaga kelishida ichki qarama-qarshiliklarning paydo bo‟lish davri. 
Bu bosqichda ikkala tomonda ham ichki ruhiy kuch yig‟ilib boradi va ular buni bir-


80 
birlariga bildirmaydilar. 
Ikkinchi bosqich - ziddiyatning qaror topishida tashqi ta‟sir kuchlari 
maydonga chiqadi. Bu davrda ziddiyatni ikkala tomon ham biladi, lekin ular ongli, 
aqlli harakat qilishadi. Har xil ma‟lumotlar yig‟ilgan sari ziddiyat kuchayib boradi 
va bu ularning ish faoliyatiga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. 
Uchinchi bosqichda ikkala tomon ham ochiq kurashga o‟tib oladi, ikkalasidan 
biri xayrixohlik bildirsa, ziddiyat ma‟lum ma‟noda yumshayadi, ammo ma‟lum 
vaqtgacha ichki ruhiy ziddiyat saqlanib qoladi. Agar har ikki tomon ham 
xayrixohlik bildirmasa, u holda psixologik portlash yuzaga keladi va ikkalasidan 
birortasi g‟alaba qozongunga qadar kurash davom etadi. Bu bosqichda ham ikki 
tomon hamma imkoniyatlarini ishga soladi. 
To‟rtinchi bosqichda bir-birlarining harakatlarini tahlil qilib norasmiy 
baholaydi. Agar ulardagi qiziqish bir-biriga to‟g‟ri kelsa, o‟rtadagi ziddiyat 
susayadi va vaziyatdan chiqsa bo‟ladi. 
Beshinchi bosqich - o‟tib ketadigan, turg‟un holat. Bu bosqichda jarayon o‟tib 
ketgandan keyin unga rasmiy va norasmiy baho beriladi. Bo‟lib o‟tgan voqealarini 
eslashda tomonlar o‟zlarida noxush holatni sezishadi. 
Oltinchi bosqich - tamoman yangi psixologik holat bo‟lib, ziddiyat 
rivojining nihoyasida, ya‟ni jazo qo‟llanilganidan keyin hodimlarning jamoadagi 
mavqei o‟zgarishidan so‟ng paydo bo‟ladi. Bu davrda ijobiylik yuzaga keladi, 
faqat haqiqatni yuzaga chiqarish uchun harakat qilinadi. 
Hodimlar faoliyatida uchraydigan ziddiyatlarni quyidagicha tasniflash 
mumkin: 
1)
mazmuniga ko‟ra; 
2)
chuqurlashganligi va o‟tkirligiga qarab; 
3)
davomiyligiga ko‟ra (qancha vaqt davom etadi); 
4)
ijtimoiy holatiga qarab; 
5)
izohlashning shakliga qarab. 
Ziddiyatda kishilarning axloqiy sifatlari, shart-sharoitlar hisobga olinadi. 
Xodim ba‟zi shaxslar yoki rahbarlarning tartib-qoidalarini, haqoratlarini ko‟tara 


81 
olmaydi, natijada ziddiyat kelib chiqadi. 
Ziddiyat xodimning o‟zini o‟zi baholashi, shuningdek, uni boshqalar, ya‟ni 
boshliq yoki jamoatchilik tomonidan baholanishi. Inson hamisha o‟zini o‟zi yuqori 
baholashga harakat qiladi, rahbar tomonidan ba‟zi salbiy tomonlari (kamchiliklari) 
aytilsa, ular o‟rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Agar shaxs o‟z imkoniyatlarini 
ko‟proq baholasa, bunday holatda ham ziddiyat yuzaga keladi. 
Ziddiyatni yuzaga keltiruvchi bir qancha omillar mavjud: 
1)
rahbar tomonidan xodimga berilgan baho bilan xodimning o‟ziga o‟zi 
bergan bahosi o‟rtasidagi tafovut. 
2)
rahbar va jamoatchilik tomonidan baholashning to‟g‟ri kelmasligi; 
3)
shaxsning o‟zini o‟zi baholashi bilan uni jamoatchilik tomonidan 
baholanishining to‟g‟ri kelmasligi; 
4)
shaxsning boshqalar tomonidan baholanishi. 
Ziddiyat oddiy va o‟tkir (chuqur) ziddiyatga bo‟linadi: 
a)
oddiy ziddiyat yomon psixologik vaziyatda yuzaga keladi, inson o‟zini 
tushuntira olmay qoladi, bunday holatda ko‟pincha kayfiyati yo‟q, deb 
tushuntiriladi. 
b)
o‟tkir ziddiyatda shaxs yuqori emotsional, o‟zini boshqara bilmaslik, 
muloqotdagi qo‟polligi bilan ajralib turadi. Eng qizig‟i, bu shaxslar tabiatida 
qo‟rqitish asosiy o‟rinni egallaydi. Bu ziddiyatda, nima bo‟lishidan qat‟iy nazar, 
raqibni mag‟lubiyatga uchratishi muhim hisoblanadi. 
Ziddiyat qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‟ladi: 
a)
qisqa muddatli ziddiyat ma‟lum vaqt - uch kungacha davom etadi, uzoq 
muddatli ziddiyat bir yoki bir necha yilga cho‟zilishi mumkin.
b)
uzoq muddatli ziddiyat maishiy xarakterda bo‟lib, ularning 70 foizi 6 
oygacha davom etadi. 
Ziddiyat ijtimoiy mohiyatiga ko‟ra arzigulik yoki arzimas bo‟ladi: 
Agar ziddiyat ataylab qilinsa va jamoatchilikka qarshi bo‟lsa, bu arzigulik 
ziddiyatdir. Arzimas ziddiyat masalaning mohiyatiga chuqur tushunmaslik 
oqibatida kelib chiqadi. Buni shunday izohlash mumkin: shaxs xarakteridagi 


82 
kamchiliklarni tushunsa va ularni to‟g‟rilashga harakat qilsa, bu arzimaydigan 
ziddiyat deyiladi. Masalan, shaxs bilmasdan ikkinchi bir shaxsning oyog‟ini bosib 
olsa yoki turtib yuborsa, ikkinchi shaxsning bundan jahli chiqsa va oyog‟ini 
bosgan odam undan kechirim so‟rasa, bunday ziddiyat qisqa muddatli bo‟lib 
arzimas hisoblanadi. 
Ziddiyat o‟zi ko‟rinishga ko‟ra, ochiq va yopiq bo‟ladi: 
Ochiq ziddiyatda hamma ushbu holatni bilishadi, ziddiyatlashgan tomonlar 
esa, bir-biridan o‟z niyatlarini yashiradi, lekin kerak vaqtda o‟z qarashlarini oshkor 
qiladilar. 
Ziddiyatni yuzaga keltiruvchi obyektiv va subyektiv sabablar mavjud: 
a)
obyektiv sabablarga ishni tashkil qilishdagi kamchiliklar, normativ 
hujjatlarning mukammal emasligi, xizmatdagi (ishdagi) qiyin sharoitlar, 
qarashlarning to‟g‟ri kelmasligi va hokazolar kiradi. 
b)
subyektiv sabablar shaxsning o‟ziga xosligi, madaniyatning pastligi, 
tarbiyaning yetishmasligi, shaxs xarakteridagi kamchilik, o‟ziga yuqori baho 
berish, psixologik jihatdan tomonlarining bir-biriga to‟g‟ri kelmasligi, jamoaning 
o‟ziga xosligi bilan bog‟liq holatlar, psixologik sharoitlarni noqulayligi, salbiy 
ko‟rinishga ega bo‟lgan kichik guruhlar, salbiy emotsial guruhlar va hokazolarni 
qamrab oladi. 
Ishlab chiqarishdagi kamchiliklarga mehnat jamoasida mehnatni taqsimlash, 
moddiy va ma‟naviy rag‟batlantirishdagi tengsizliklar kiradi. Odamlarni 
mutaxassisligiga qarab joylashtirmaslik ham boshqarishdagi kamchilik bo‟lib, 
psixologik jihatdan jamoadagi muhitni buzadi. Jamoadagi kishilar (guruhlar) 
orasida ham kelishmovchiliklar bo‟lish i mumkin. 
Ziddiyatni tasniflash xususiyatlariga asoslanib ajratiladi. To‟qnashish 
darajasi va shakliga ko‟ra ziddiyatlarni ochiq (munozara-tortishuv, janjal va 
boshqalar) va yopiq turdagi (asl maqsadlarni yashirib, zimdan ta‟sir o‟tkazish); 
tasodifiy paydo bo‟lib qoluvchi (stixiyali) va oldindan rejalashtirilgan nizolarga 
ajratish mumkin. 
Ziddiyatlar kommunikativ jihatdan yo‟nalganligi, bir-biriga bog‟liq yoki 


83 
tobeligiga qarab gorizontal va vertikal nizolarga ajratiladi. Bo‟ysunish va 
bo‟ysunmaslik munosabatiga muvofiq aralash turda ham bo‟lishi mumkin. Asosiy 
ziddiyat vertikal yo‟nalish olib, unda («yuqoridan quyiga yoki quyidan yuqoriga») 
nizolashuvchi tomonlar o‟rtasida ancha tafovutlar va tengsizlik hukmronlik qiladi 
(masalan, rahbar bilan xodim, ish beruvchi bilan ishchi). Bunday holatlarda 
ularning kuchlari (status) bir xilda bo‟lmaydi. 
Masshtabi va davomiyligiga ko‟ra ziddiyatlar o‟zida tashkilotning bir qism 
xodimlari, biror-bir mintaqa yoki alohida olingan tarmoqdagi, shuningdek, 
tashkilotning butun xodimlari, xalq xo‟jaligining ma‟lum tarmoqdagi ishchilari 
nizoga ishtirok etishiga ko‟ra lokal nizoga ajratiladi. 
Odatda bunday nizolar tashkilotdagi yetishmovchiliklar tufayli fikr va 
qarashlar o‟rtasidagi ziddiyatlar, xavfsizlik, mehnat shartnomalarini bajarish va 
boshqa turdagi jamoa shartnomalari, ish haqi va mehnat sharoitlari tufayli vujudga 
kelishi kuzatiladi. 
Ziddiyatlar hal etilish va boshqarilish usuliga ko‟ra yon bermaslik va tan 
olmaslik oqibatida yuz beruvchi antogonistik hamda manfaat, maqsad, qarashlarni 
yaqinlashtirish, fikrlar xilma-xilligini bartaraf etish maqsadida yo‟l qo‟yiladigan 
kompromistik (murosasozlik) turlarga ajratiladi. 
Ziddiyatlarni bunday turlarga ajratish shartli bo‟lib, ularning turlanishi 
o‟rtasida keskin chegara qo‟yish mavjud emas, ammo amaliyotda nizolar tashkiliy, 
vertikal, shaxslararo, gorizontal, ochiq, guruhlararo va boshqalar tarzida vujudga 
keladi. 
Psixologik muhit guruh manfaatlarini qondirish, shaxslararo va guruh 
o‟rtasidagi nizolarni hal etishda amalga oshiriladigan muloqotda vujudga keladi va 
namoyon bo‟ladi. Shu bois ushbu munosabatlar farqli xususiyatga ega bo‟lib, ular 
ba‟zan do‟stona, hamkorlik ko‟rinishda, musobaqa yoki raqobat, hamjihatlik yoki 
uyaltirish, qo‟pollik yoki ongli tartib-intizom tarzida ko‟zga tashlanadi. Psixologik 
adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta‟lim oluvchilarning bir-
biriga o‟zaro ta‟siri ko‟pchilik hollarda to‟rtta asosiy ta‟sir ko‟rsatish usuli orqali 
amalga oshiriladi: e‟tiqod, taqlid, ta‟sir, majburlash. Ta‟kidlab o‟tilgan usullardan 


84 
ham ma‟lumki, pedagogik jamoada o‟qituvchi va ta‟lim oluvchilar o‟rtasidagi 
o‟zaro ta‟sir shakllarida ham ular o‟z aksini topishi tabiiy. Chunki ba‟zi hollarda, 
o‟qituvchi tomonidan topshiriq va vazifalarni ta‟lim oluvchilarning 
dunyoqarashiga mos kelish-kelmasligiga qarab berilishi nizoli holatlarni vujudga 
keltirishi tabiiy. Agar o‟qituvchi pedagogik jamoada yetarli mavqega ega bo‟lsa, 
bunday sharoitda beriladigan vazifa va topshiriqlarning bajarilish tartibi ta‟sir 
ko‟rsatishning e‟tiqod darajasini namoyon qilishi mumkin. Ishonch va nufuzning 
yo‟qolishi, yetkazilayotgan ma‟lumotlarning to‟liq va aniqligi, muloqot jarayonida 
shubhaning paydo bo‟lishi va boshqalar ham jamoada aynan nizoli vaziyatlarning 
kechishiga zamin hozirlaydi. 
Ruhiy zo‟riqish holatining fiziologik belgilaridan quyidagi: uyqusizlik, bosh 
og‟rig‟i, yurakning tez urishi, bel, oshqozon, yurakdagi og‟riqlar, siqilish holatlari 
yuzaga keladi. 
Ruhiy zo‟riqish holatlarining psixologik belgilari: parishonxotirlik, xotira 
buzilishi, xavotirlanish, yig‟loqilik, ortiqcha xavotirlanish, sababsiz qo‟rquv, 
jizzakilikdan iborat. 
Bu o‟ziga ishonchni yo‟qotishga olib keladi. Ta‟lim olishga ham salbiy ta‟sir 
ko‟rsatadi, shu sababdan ham ruhiy zo‟riqish holatini tezroq yo‟qotish kerak. 
Hozirgi kunda jamoada muvaffaqiyatga erishish rahbariyat va xodimlar 
faoliyatini to‟g‟ri tashkil etish asosida ma‟naviy-axloqiy muhit yaratishni taqozo 
etmoqda. 
Tashkilot idoralari jamoalarida har bir xodim ijtimoiy psixologik muhit 
yaxshi bo‟lishiga mas‟ul va majbur sanaladi. Faqat shunday sharoitdagina 
qo‟yilgan muammolar maqsadga muvofiq, topshiriqlar o‟z vaqtida bajarilishi va 
shaxsning shakllanishi me‟yorda kechishi ta‟minlanadi. 
Ammo tashkilot idoralari jamoalarida ham ba‟zi yuqoridagi kabi nizoli 
holatlar ro‟y berib turadi. 
Nizolarning salbiy oqibatlarini bartaraf hal etish ularni atroflicha o‟rganishni 
talab etadi. Bunga esa, jamoani yaratish o‟zaro iliq ijtimoiy psixologik muhitni 
yaratish orqali erishish mumkin. 


85 
Hozirgi kunda nizolarni samarali bartaraf etish jamoadagi psixologik muhitni 
yaxshilashga, hamkorlikda ishlash samaradorligini ta‟minlashga qaratilmoqda. 
Muammo nizoli vaziyat hosil bo‟lgandagina uning boshqa elementlari 
o‟rtasidagi bog‟liqlikni keltirib chiqaradi. Ushbu modelni har qanday faoliyatdagi 
nizolarni izohlashga asos qilib olish mumkin. Tashkilot jamoalaridagi nizolarni 
tahlil qilish va uni hal etish zarurati tug‟ilganda, nizo tarkibidagi har bir 
elementning o‟rnini aniq baholashga to‟g‟ri keladi. Psixologik muhit guruhiy 
manfaatlarni qondirish, shaxslararo va guruhiy nizolarni hal etishda amalga 
oshiriladigan muloqotda vujudga keladi va namoyon bo‟ladi. Shu bois ushbu 
munosabatlar turlicha xarakter kasb etib, ular do‟stona, hamkorlik, musobaqa yoki 
raqobat, hamjihatlik, qo‟pollik yoki ongli tartib-intizom tarzida kechadi. 
Psixologik adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib aytish mumkinki, odamlarning 
o‟zaro munosabatlari ko‟pchilik holatlarda beshta asosiy ta‟sir ko‟rsatish usuli 
orqali amalga oshiriladi: e‟tiqod, ishontirish, taqlid, ta‟sir o‟tkazish, majburlash. 
Ta‟kidlab o‟tilgan usullar tashkilot idoralari jamoalarida boshliq va xodimlar 
o‟rtasidagi o‟zaro munosabatda ham o‟z aksini topishi tabiiy. Chunki ba‟zi 
holatlarda, favqulodda vaziyatlarda boshliq tomonidan berilayotgan topshiriq va 
buyruqlarning berilish tartibi belgilangan tashkilot Nizomiga, muassasaning ichki 
tartib-qoidalariga mos kelish va kelmasligiga qarab nizoli holatlarni vujudga 
kelishi bilan baholanadi. 
Agar boshliq jamoada yetarlicha mavqega ega bo‟lsa, beriladigan buyruq va 
topshiriqlarning bajarilish tartibi ta‟sir ko‟rsatishning e‟tiqod darajasini namoyon 
qilishi mumkin. Aks holda boshliqqa qo‟l ostidagilarning bo‟ysunishi anchagina 
sustlashadi. 
Ishonch va nufuzning yo‟qolishi, muloqot jarayonlarida shubha paydo 
bo‟lishi va boshqalar ham aynan nizoli vaziyatlarning vujudga kelishiga zamin 
hozirlaydi. 
Tashkilot jamoalaridagi nizoli vaziyatlarning kelib chiqishi bilan bog‟liq uch 
guruh sabalarni keltirib o‟tish mumkin: 
1)
ishchi muhitni tashkil etishdagi kamchiliklar; 


86 
2)
boshqaruvchi xodimlar faoliyatidagi nuqsonlar, xodimlarning bilim 
darajasi, individual-psixologik xususiyatlari, salohiyatiga ko‟ra ishni taqsimlay 
bilmaslik; 
3)
jamoa ichidagi shaxslararo munosabatlar bilan bog‟liq kamchiliklar. 
Jamoadagi psixologik muhitning buzilishi va ziddiyatlarga moyillik asosida 
bir qator ko‟rsatkichlar yotadiki, ularni psixologlar quyidagilarga ajratganlar: 
-
rahbariyatning ish faoliyati va jamoa a‟zolari o‟rtasidagi munosabatdan 
qoniqmasligi; 
-
kayfiyatning buzilishi; 
-
rahbar bilan xodimlar o‟rtasida o‟zaro tushunishning yo‟qligi, rahbar 
yoki xodimning obro‟ga ega emasligi; 
-
jamoa a‟zolarida boshqaruv va o‟zini o‟zi boshqarishdagi faollik 
darajasining yetishmasligi; 
-
jamoa a‟zolarining bir maqsad yo‟lida jipslashmaganligi; 
-
ongli tartib-intizomning yo‟qligi; 
-
faoliyat natijalaridan qoniqmaslik. 
Ko‟rinib turibdiki, jamoada nizoli vaziyatlarning kam va psixologik 
muhitning me‟yorda bo‟lishi boshliq shaxsi, xodimlarning bilimi, yuqoridan 
berilgan 
topshiriq 
va 
buyruqlarni 
bajarishdagi 
ijrochilik 
intizomi 
va 
hamjihatliklariga bog‟liq ekan. Agar tashkilot idoralari jamoalaridagi nizo nizoning 
psixologik va ijtimoiy psixologik tabiati, funksiyalari, tipologiyasi va tuzilmasidan 
kelib chiqqan holda baholansa, amaliy jihatdan nizoga xos barcha xususiyatlar 
namoyon bo‟lishi mumkinligini tasdiqlasa bo‟ladi.
Har qanday kasbiy faoliyat kundalik muomala jarayonidan iborat. 
Tashkilot idoralari xodimlari o‟rtasidagi munosabatlar rasmiy-ma‟muriy 
qurilganligi bois nizoli vaziyatlar uchun shart-sharoitning namoyon bo‟lish i 
anchagina qulaydir. Berilgan buyruqni bajarish, boshliq bilan munosabatda nizoli 
holatlarning oldini olishga shay turish, jazolashning murakkab ko‟rinish olishi 
xodimlarda ancha qiyinchiliklar tug‟diradi. Agar tashkilot idoralarida faoliyat 
ko‟rsatuvchi xodimlar o‟rtasidagi munosabat ma‟muriy ko‟rinish bilan 


87 
hamkorlikda ishlash ko‟rinishini olgan sharoitlarda rahbar bilan xodim o‟rtasidagi 
munosabatlarda subordinatsiya saqlangan taqdirda ham o‟zaro hurmat tamoyiliga 
asoslansa maqsadga muvofiq bo‟ladi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə