Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə39/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi

Tovushli fayllarni ifodalash

  • Videofayllarni ko’rish

  • Hujjatlarga multimedia qismlarini joylashtirish

    Informatcion ta`minotda multimedia.
    Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash mul`timedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter - multimedia – kompyu­ter deb ataladi.
    «Mul`timedia» atamasining lug’atiy ma`nosi multimuhitni anglatadi. Ammo «multimedia» tushunchasining aniq ta`rifi mavjud emas. Odatda, mul`timedia deganda turli shakldagi ma`lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu, avvalo, tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga, multiplikatciya (animatciya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma`lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan holi emas.
    Multimedia printciplarida qurilgan elektron ma`lumotnoma (spravochnik)lar, entciklopediyalar, tarjimonlar va lug’atlar kishini hayratga soladi. Tarix, geografiya, tibbiyot, sport va boshqa sohalar bo’yicha turli elektron entciklopediyalar mavjud.
    Ma`lumki, ma`ruzani talabalarning 25% iga yaqini o’zlashtiradi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir vaqtning o’zida ham ma`ruzani eshitish, ham materialni kompyuter ekranida ko’rish va uni ekranga chiqarishni aktiv boshqarish o’zlashtarish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o’quv dasturlaridan Math SAD RLUS 6.0 kabi kuchli dastur mahsulotlari tarkibida foydalaniladi. Multimedia texnologiyalaridan foydalanadigan etarlicha jiddiy dasturlar hozircha yo’q. Asosiy muammo — professor-o’qituvchilarning multimedia imkoniyatlarini yaxshi biladigan dasturchilar bilan birgalikda ishlashining tashkil etilmaganligidir. Bunday o’quv dasturlarini ishlab chiqish va o’quv yurtlarida keng tarqatish lozim.
    Dasturlash texnologiyasida multimedia.
    Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdagi yangi texnologiyadir. Bu professional bo’lmagan foydalanuvchini muloqot menyulari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafikaning turli effektlari kabi dastur ob`ektlarini dasturlashtirishdek murakkab ishdan ozod qiladi.
    Multimediaga mansub texnik vasitalar mos ma`lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga, saqlangan va qayta ishlangan mos ma`lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan, tovush va videoelementlar yaratadi.
    Multimedia — kompyuterlarning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga tovush chiqarish vositasi, akustik tazimlar yoki yakka tinglagichlar, hamda audio ma`lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi. Tovush platasiga, shuningdek, magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin.
    Video bilan to’laqonli ishlash uchun videoma`lumotni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama — videokarta zarur. Unga videokamera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Ammo, videoshakllarni kompyuterda qayta ishlash bilan, odatda, tor doiradagi mutaxassislar shug’ullanadi, xolos. Aksariyat foydalanuvchilar uchun videoelementlarni monitorda ifodalay olish etarli bo’ladi. Bunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyuterda mavjud bo’lgan videoadapter va monitor etarlidir.
    Tovushli (audio) va, ayniqsa, videoma`lumotni kompyuterda saqlash uchun taqqoslaganda nihoyatda kichik sig’imlar kerak bo’ladi. Shu bois multimedia sifatiga ega bo’lgan dasturiy mahsulotlar (o’quv qo’llanmalari, spravochnik, entciklopediya, hordiq chiqarishga mo’ljallangan turli dasturlar), odatda, kompaktdisklarda tarkatiladi. Bunday mahsulotlardan foydalana olishimiz uchun CD ROM deb ataladigan jamlovchi zarur bo’ladi. U bo’lmasa kompyuterni muhokama etilayotgan ma`nodagi imkoniyatlari, kompyuter o’yinlari bilan chegaralanadi.
    CD ROM deb atalmish jamlovchi nafaqat multimediyali ilovalardan foydalanish uchun zarur, balki kompakt disklarda katta hajmdagi boshqa dasturiy mahsulotlar tarqatish uchun ham ishlatiladi. Ular o’nlab yuqori zichlikdagi oddiy disketlarning o’rnini egallashi mumkin. Ya`ni jamlovchilar faqat multimediaga taalluqli bo’lib qolmay, balki keng ma`nodagi tatbiklarga ham ega moslamalardir.
    Tovush va video bilan ishlashni isgagan foydalanuvchilar multimedia mahsulotlari kompyuter ma`lumotlari uchun mo’ljallangan doimiy xotiraga hamda kompyuterning mikroprotcessori, operativ xotirasi va videotizimga yuqori talablarni qo’yishini bilishlari lozim. Bunday yuqori sifatlar, ayniqsa, videoma`lumotlar bilan ishlashda zarurdir. Tabiiyki, kelajakda bu yo’nalishdaga talablar yanada ortadi.
    Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari keng ekranli videoma`lumotlarni to’laqonli tasvirlash uchun etarli bo’lmagani uchun, bu ma`lumotlarni zichlashtirishga majbur bo’ladilar. Bu amal oddiy ma`lumotlarni zichlashtirishdan farqli o’laroq, mos ma`lumotning to’laqonligini yo’qotadi. Videoma`lumotlarni zichlashtirish uchun texnik hamda dasturiy vositalar mavjud, audioma`lumotlarni ham zichlashtirish mumkin, mos hajmlar katta bo’lmagani uchun bu amal uncha dolzarb emas.
    Aksariyat foydalanuvchilarni qanoatlantiruvchi minimal ilovalar, tovush va video bilan ishlashga mo’ljallangan bir qator dasturiy vositalar majmuasi bevosita Windowsda mavjud. Biz bu ilovalardan foydalanish tarkibi bilan tanishib chiqamiz. Ular tovush va musiqali kompakt disklar, ya`ni CD disklar, tovushli fayllarni tinglashni, yozishni va taxrir qilishni, videokliplarni ko’rishni, turli manba-lardagi signallarni tutashtirishni, ularning balandligi majmuasi va tembrini belgilash imkonini beradi.

    Yüklə 2,64 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə