Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi


Zamonaviy ShK asosida elektron grafiklar



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə2/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi

Zamonaviy ShK asosida elektron grafiklar qurishning asosiy elment­­lari va usullari.

  • Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari.Elektron grafik tasvirlar qurishning zamonaviy usullari.

  • Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil ko’rinishlari.

  • Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatcion asoslari hamda uning turkumlari.

  • Kompyuter grafikasidan foydalanishning asosiy qoidalari va qo’llash sohalari.

Kompyuter grafikasi” ning informatcion jamiyatdagi ahamiyati, roli va o’rni.
Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni informatcion jamiyatga ay­lan­tirdi. Bu jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchilarning aksariyat qismi axborot­lar­ni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band­dir­lar. Bunday ishlarni zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma`lumotlarni qayta ishlash mashina grafikasi yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta qulayliklar tug’diradi.
Mashina grafikasi deganda ob`ektlarning hajm modellarini yaratish, saq­lash, ishlov berish va EHM lar yordamida ularni namoyish etish tushuniladi. Kompyuter grafikasi yangi informatcion texnologiyalar ora­sida to’xtovsiz rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida ham (grafika stantciyalari), dasturiy vo­si­talar sohasida ham ko’zga tashlanmoqda. Ular videofilm kadrlari bi­lan sifat bo’yicha taqqoslashga loyiq xaqiqiy, hajmli harakatlanuvchi tas­vir­larni yaratishga imkon beradi. Bu dasturiy mahsulotlar reklamalar ish­lab chiqaruvchi vositalar xisoblanib, san`at va multimediya texnolo­giyasi so­ha­larida qo’llaniladi. Bundan tashqari namoyish grafikasiga, geo­metrik mo­dellashtirishga, grafik interfeyslarni loyihalashga, animatciya (hara­kat­la­nuvchi tasvirlar)ga va ko’zga ko’rinuvchi (vizual) harakatni qurish­ga katta e`tibor berilmokda.
Kompyuter grafikasi ilm va fanning barcha sohalarida, ayniqsa iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilishda muvoffaqiyatli qo’llanilishi mumkin.
Kompyuter grafikasi dunyo fanida yangi fundamental fan hisoblanib, o’t­gan asrning 90–chi yillarida paydo bo’ldi va ishlab chiqarish­ni­ng barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir.
Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya`ni tasvir yasash, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm chizish programmalari yoki grafik muharrirlar hisoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi
texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu kursning ha­mi­sha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o’zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya`ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o’zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish stantciyalari; dasturiy vositalar sohasida esa xaqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə