Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə6/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi

Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o’zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo’llaniladi.
Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • tijoratga oid

  • namoyishlarga oid

  • muhandislikka oid

  • ilmiy

  • ko’rgazmaviy

  • animatcion

Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar ShEHM monitor ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xoxlagan boshqa ko’rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma`lum joylarda shartli belgili izohlar bilan ta`minlanadi.
Tijorat grafikasiga tegishli bo’lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijorat-chining asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o’z navbatida barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ko’rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to’plamini tahlil qilish imkonini beradi.
Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikalarning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to’plami va ko’rinishini tezda o’zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi. Injener-lik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyixalashni ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi.
Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko’zga ko’rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo’nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiyada va okeanologiyada - xulas qamrovi katta bo’lgan, tez kechadigan jarayonlarni o’rganishda juda keng qo’llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashdaishlatilishi mumkin.
Ko’rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarini yig’indisi integratciyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarini slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so’ngra uni ma`lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko’rgazma shaklida namoyish etadi. Har bir slaydning ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qo’shib olib borilishi mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyat ham mavjud.
Animatcion grafika - rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi uch o’chovli ob`ektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan reklama e`lonlari va teleko’rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo’shib uyg’unlashtirilgan.
Mashina grafikasi - bu kompyuter yordamida ob`ekt shakllari, uning modelini yaratish va saqlash uchun xizmat qiluvchi kompyuter grafiksining bir bo’limi. Kompyuterda turli grafik tasvirlarni hosil qilish mumkin, biroq ular bir – biridan farqlanadi, chunki hozirgi zamon kompyuterlari o’tgan asrning 90-yillardagi tizimlarga nisbatan shakllarni aniq tasvirlash imkoniyatiga ega bo’lgan va maxsus dastur bilan kengaytirilagan tizimlar yaratildi. Interfaol grafika – bu mashina grafakasi sanaladi.
Interfaol garafika - kompyuter grafikasining eng asosiy bo’limlari-dan biri bo’lib, unda foydalanuvchi tasvirni dinamik boshqarish imkoniga ega bo’ladi, ya`ni tasvirning shakli, o’lchamlari va monitor yuzasidagi ranglarni o’zaro ta`sir qiluvchi moslama (klaviatura yoki sichqon) yordamida boshqaradi.
Kompyuter grafikasida aniq va mavhum ob`ektlar tasvirini yaratish mumkin va bu tasvirlarni ikki ko’rinishda kuzutish mumkin:

  • Kuzatuvchi qo’zg’almas bo’lib oldidagi ob`ektni xohlaganicha aylantirib kuzatishi mumkin - bu panorama effekti;

  • Ob`ekt qo’zg’almas bo’lib kuzatuvchi uning atrofida aylanib tomosha qilishi mumkin - bu kamera effekti.

Interaktiv grafika yaratilgandan keyin, televidenie va fotografiyada tasvirni yaratish va tayyorlashdagi eng asosiy texnik moslamalardan biri bo’lib qoldi. Uning yutuqlaridan biri sintezlangan abstrakt ob`ektlarini, tasvirlarni EHM yordamida hosil qilishdir. Inson mashina grafikasidan foydalanish vaqtida juda ko’p zerikarli va har xil mayda ishlardan (juda ko’p mikdorda tekstli varaqalar va sonli materiallarini ko’rib chiqishdan) qutildi.
Statik tasvirlar infomatciyalarni etkazib berishda yaxshi bo’lishiga qaramay ko’p holatlarda dinamik o’zgaruvchi tasvirlar ulardan ustun turadi. Hayotda asosan jarayon vaqtida o’zgarib turuvchi tasvirlar - dinamik o’zgaruvchan tasvirlar (tovushdan tezlikdan tez uchar samolyot qanotining egilishi yoki inson yuzini uning hayoti mobaynida o’zgarib turishi). Dinamik harakatlar qo’zg’almay turgan tomoshabinga ob`ektlarning sirpanishi va harakatlanishini ko’rishga yordam beradi. Bunda ob`ekt qismlarni boshqa ob`ektga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish va ob`ekt detallarini kattalashtirib yoki kichraytirib ko’rish mumkin.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə