Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə9/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi

Grafik formatlarda siqish.

  • Grafik formatlar.

  • Grafik formatlarni taqqoslash va ularga qo’yiladigan talablar.

    Grafik formatlarda siqish.
    V eb-sahifalar yaratishda turli xildagi illyustratciyalar ishlatib turiladi. Ularga quyidagilar kiradi: logotip, tugma, banner, harakatlanuvchi tasvir, fototasvir, diagramma va grafiklar.
    Odatda grafik fayllar katta o’lchamga ega bo’ladi. Masalan, BMP, TIFF yoki PCX formatlaridagi grafik fayllar samarasiz kodlanadi va tasvirni to’g’ri etkazishga kerakli o’lchamdan ham katta o’lchamga ega bo’lishi mumkin.
    Foydalanuvchilarning katta qismi tarmoqqa modemlar orqali ulanadi. Foydalanuvchi modemlarining provayderlar bilan ulanish tezligi 56 KBit/sek dan oshmasligini hisobga olgan holda, bunday grafik fayllardan foydalanish maqsadga muvoffiq emas, chunki sahifalar yuklanish vaqti cho’zilib ketadi.
    Bunday holatda sahifalarni tarmoqda nashr qilishga tayyorlashda asosiy maqsad - illyustratciyalar hajmini maksimal darajada kamaytirishdir, chunki grafik fayllar hajmi sahifaning umumiy hajmini belgilaydi, bu esa o’z navbatida uning yuklanish tezligiga ta`sir qiladi.
    Tarmoqdagi grafikaning yuklanish vaqtini qisqartirish uchun grafik fayllarni siquvchi juda ko’p sonli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Grafik ma`lumotlarni siquvchi texnologiyalar ikki xilga bo’linadi: tasvir sifatining yo’qolishiga olib keladigan va tasvir sifatini saqlab qoluvchi. Siqish texnologiyasining birinchi tipi bu jarayon vaqtida grafik fayllar­ning ba`zi ma`lumotlarini yo’qotadi, bu bilan u tasvir sifatiga zarar etkazadi; ikkinchi xilda esa tasvir sifatiga ta`sir ko’rsatmagan holda grafik fayllarni siqadi. Format va grafik fayllarni siqish texnologiya­sini to’g’ri tanlab, boshlang’ich tasvir sifatini buzmagan holda 10-50 marta­gacha kichraytirish mumkin, ya`ni, siqilgan va siqilmagan tasvirlar orasidagi farqni inson ko’zi bilan aniqlab bo’lmaydi.
    Hozirgi kunda tarmoqlarda ikki asosiy grafik format qo’llanadi: GIF va JPEG (yoki JPG). Bu grafik formatlarda illyustratciyalangan sahifalarni barcha keng tarqalgan brauzerlar tushunadi va to’g’ri tasvirlaydi. Bu formatlarning har biri o’z ustunliklari va kamchiliklariga ega, bu ularning qo’llanish sohasini aniqlaydi, ular orasidagi farqni tushunish o’z navbatida sayt sahifalarini grafik bezash ishlarini osonlashtiradi.

    Yüklə 2,64 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə