Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə1/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI




BUXORO OZIQ-OVQAT VA ENGIL SANOAT TEXNOLOGIYaSI INSTITUTI
Kasbiy ta`lim” fakulteti
«Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi


KOMPYuTER GRAFIKASI” FANLARIDAN
MA`RUZALAR MATNI
BUXORO – 2006
Tuzuvchi: katta o’qituvchi Kazimova G.X.
Taqrizchilar:
«Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi k.o’. Yunusova M.D.

Buxoro Davlat Universiteti


«Amaliy matematika va axborot
texnologiyalari» kafedrasi: dotc. Jumaev J.


Ma`ruza matn «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasida muhokama qilingan.


Majlis bayoni № __1_____ 2006 y____28.08.________________


Ma`ruza matn Bux OO va ESTI uslubiy kengashi yig’inida tasdiqlangan va chop etishga tavsiya qilingan.


Majlis bayoni № ___7____ 2006 y______6.09.______________
MUNDARIJA:

MUNDARIJA: 3
KIRISh 4
MA`RUZA №1 KIRISh. “Kompyuter grafikasi” XAQIDA ASOSIY TUShUNChALAR. GRAFIK MUHARRIR TUG’RISIDA UMUMIY MA`LUMOTLAR. TURBO PASKAL MUHITI. 5
MA`RUZA №2 TURBO PASKAL MUHITI. TURBO PASKAL STANDART MODULLARI. MODULLI DASTURLASh. 13
MA`RUZA №3 KOMPЬYuTERDA TASVIR, FORMAT, KO’RINISh 20
MA`RUZA № 4 UCh O’LChOVLI GRAFIKA 23
MA`RUZA № 5 BoshlanG’ich ma`lumotlar. OB`EKTLARNI YaRATISh. (OYNA, PANEL, KO’RINISh) 30
MA`RUZA №6 KAMERA BILAN IShLASh 35
MA`RUZA № 7 VIZUALLAShTIRISh (KO’RSATISh) VA RENDERING USKUNALAR PANELI. 39
MA`RUZA № 9 Matnni formatlash va muharrirlash. 52
MA`RUZA № 10 ADOBE PHOTOSHOP TAHRIR QILUVChISI. PHOTOSHOP DASTURNING ASOSIY ISh OYNASI VA TUShUNChALARI. 57
ADOBE PHOTOSHOP TAXRIR KILUVChISI MENYuLARINING VAZIFALARI 57
MA`RUZA № 11 MATNLAR BILAN IShLASh. 70
MA`RUZA № 13 MULЬTIMEDIA VOSITALARI, ULAR BILAN IShLOVChI DASTURLAR. 73

KIRISh


Respublikamiz maktablari, o’quv yurtlari va muassasalarini kompyuterlashtirish keng yo’lga qo’yilmoqda. Bu Davlat tilida yozilgan va informatika asoslariga doir adabiyotlar etarli emas. Kam nusxadagi ayrim qo’llanmalarni hisobga olmaganda, bu sohaga oid kitoblar deyarli yo’q. Bu muammo tabiiy, mavjud kompyuterlardan samarali foydalanishda, informatikaga va kompyuter grafikasiga oid bilimlarni keng omma orasida yoyishda qiyinchiliklar tug’diradi. Ayni paytda shuni tan olish lozimki, programmalashtirishga oid universal - maktab o’quvchisidan aspirantgacha, muhandisdan hisobchigacha ma`qul bo’ladigan kitob yaratish mushkul. Shuni nazarda tutib, kompyuter grafikasi bilan ish boshlovchilar uchun etarli ma`lumotlarni o’z ichiga olgan ushbu o’quv qo’llanma yuqorida aytilgan extiyojni ma`lum darajada qondiradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, kompyuter grafikasi bilan ishlashni o’rganishni boshlagan foydalanuvchilar ShEHM qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o’z bilimlarini mustaqil chuqurlashtira olmaydilar.
Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarining matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to’g’risidagi fan sifatida aniqlash mumkin.
Kompyuter tasvirlariga bo’lgan qiziqish, ularda juda katta hajmdagi ma`lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo’lib, ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.
Kompyuter grafikasi mustaqil yo’nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo’ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O’sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko’rinmas chiziqlarni o’chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo’nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga ya`ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo’naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va ob`ektlarni o’rganishga qaratildi. Bu yo’nalish uch o’lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o’lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o’lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog’lik masalalarning paydo bulishi uch o’lchovli grafikaga bo’lgan ehtiyojni yanada oshirdi.
90-yillarda kompyuter grafikasining qo’llanish sohalari ancha kengaydi, ya`ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo buldi. Natijada kompyuter grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo’lmagan mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo’nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag’ishlangan. Bu tamoyillarga ko’ra tasvirlarin bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro’yxatga olish imkoniyati mavjud bo’lishi kerak. Shunday tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo’ldi. EHMlar funktcional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatciyasini ta`minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlarni quyidagi uchta guruhni ajratish mumkin:

  • kimyo, tibbiyot, astronomiya va boshqa sohalardagi jarayonlarni ko’rgazmali namoyish etish;

  • harakatdagi holatlar tasavvurini (imitatciya) paydo etuvchi tizimlar (kompyuter o’yinlari va boshqalar);

  • kino va televideniya uchun tasvirlar tayyorlovchi tizimlar.

Aynan shu yo’nalishlarda kompyuter grafikasini rivojlantirishda asosiy qiyinchiliklarga duch kelindi. Ular uchun modellarning yuqori aniqligidan tashqari EHM imkoniyatlariga ham yuqori talablar qo’yiladi.
Kitobxonlar e`tiboriga taklif etilayotgan ushbu o’quv qo’llanmada kompyuter grafikasining

  • Nuqtali (rastrli);

  • Ob`ektli (Vektorli);

  • Fraktal

turlari haqida boshlang’ich tushunchalar keltirilgan.
MA`RUZA №1
KIRISh. “Kompyuter grafikasi” XAQIDA ASOSIY TUShUNChALAR. GRAFIK MUHARRIR TUG’RISIDA UMUMIY MA`LUMOTLAR. TURBO PASKAL MUHITI.


  • Kompyuter grafikasi”ning informatcion jamiyatdagi ahamiyati, roli va o’rni.

  • Kompyuter grafikasi” kursining predmeti, mazmuni va vazifalari.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə