Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə10/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi

Grafik formatlar.
GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati - tarmoqdagi eng keng tarqalgan grafik format, u tarmoqda birinchi bo’lib paydo bo’lgan. Tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko’p qismi GIF formati fayllaridir (1-rasmga qarang).
GIF tasvirni siqishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256, yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu siqish jarayoni sifatga ta`sir qilmaydi, ya`ni, siqishdan keyin olingan tasvir boshlang’ichi kabi bo’ladi. Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo’lsa, ularning soni chegaralangan qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni aytib o’tish kerakki, ranglar sonini qisqartirish bosqichida tasvir sifatiga zarar etkazilishi mumkin.
GIF da boshlang’ich tasvirni siqishda faylning o’lchamini faqatgina palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha chegaralagan holda kichraytirish mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan sonli ranglardan tarkib topgan grafik fayllarni siqishda qo’llanilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bu grafik format tarmoqda logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini taqdim qilishda juda katta imkoniyatga ega.
GIF formatining ikki varianti mavjud: GIF87a va GIF89a. U ishlab chiqaruvchilar Lempel, Ziv, Welch familiyalarining birinchi harflari bilan nomlangan LWZ siqish usulini qo’llaydi.
GIF89a formati GIF87a formati standartiga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, rangning tiniqligi (transparency), satrlararo yuklanish (interlaced) va animatciya kabi yangi imkoniyatlar bilan to’ldirilgan.
Rangning tiniqligi orqali har qanday fonga qo’yib bo’ladigan ixtiyoriy tasvirlar yaratish mumkin. GIF89a da oddiy animatciyaning qo’llanilishi tasvirlar ketma-ketligini berilgan vaqt oralig’ida tciklik qaytarishi mumkin.
JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati ( qisqar­tiril­gan holda JPG) ko’p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo’l­jal­langan bo’lib, foydalanish darajasi bo’yicha ikkinchi o’rinda turuvchi grafik format hisoblanadi (3-Rasmga qarang).
JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color)tagacha bo’lgan rangni saqlaydigan tasvirlarni siqish imkoniyatini beradi. Bunday siqish tasvirning sifati yo’qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo’ladi.
JPEGda boshlang’ich tasvirni siqishda “siqish darajasi”ni juda keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda “siqish darajasi” tasvir sifatining yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, siqish daraja­si qancha yuqori bo’lsa tasvirning ko’rinishi boshlang’ich tasvirga nisbatan shuncha ko’p yomonlashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda ko’p ranglarni, mayda rangli detallarni saqlovchi fototasvirlarning sifat­li grafik fayllarni siqish uchun mos keladi. Bu format ko’p hollar­da tarmoqda sifatli fototasvir va illyustratciyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Afsuski, JPEG ranglarning tiniqligini qo’llamaydi, bu esa uning qo’llanish sohasini kamaytiradi.
Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o’zining rivojlanishini davom ettirmoqda, ya`ni grafikaning yuklash jarayonini osonlashtirish maqsadida yuklanish tugashiga qadar past ruxsatda boshlang’ich tasvir variantlarini ko’rsatish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab chiqilgan.
JPEG da bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich algoritm o’rnatilgan (progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past sifatli tasvir, keyin esa uning ustiga to’liq asosiy tasvir yuklanadi.
PNG grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish uchun maxsus yaratilgan siqish formati bo’lib Deflate siqish algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzal­lik tomonlarini o’zida mujassamlashtirgan.
TIF grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun ishlab chiqilgan bo’lib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma`nosini angla­ta­di. Bu grafik format etarlicha murakkab bo’lsa ham uning strukturasi ma`lumotlarni yozishning qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Tasvirning raqamli ma`lumotlarni ifodalovchi barcha axborotlar boshqa ko’pgina format fayllari singari uning boshlang’ich qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar mavjud bo’lib ularning qo’llanilishi ko’pgina qo’shimcha funktciyalarni tashkil etish imkoniyatini beradi.
PCX grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush, hamda PhotoFinish dasturlarida qo’llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va ranglar palitra hajmi bo’yicha chegaralangan bo’lishiga qaramasdan yaqin vaqtgacha ommabop sanalib kelingan.
BMP grafik formati Windows operatcion tizimi uchun Microsoft fir­ma­si tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifoda­lay­di va uncha katta bo’lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etili­shi­­­ni izohlash uchun xizmat qiladi. U grafik interfeyslarda keng qo’llani­la­di.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə