Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə21/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi

Topshiriq.
Qo’shimcha Render Bounding Box / Selected (Vizualizirovat Gabaritnыy Konteyner Vыdeleniya) muloqot oyna oching va unda 8.8 - Rasmda ko’rsatilgan kabi oyna proportciyasini ko’rsating.

8.8-Rasm. Chikarish oynasi proportciyasini sozlash

  • Region Selected (Ajratish Fragmenti) va Crop Selected (Ajratish kirkimi) – vizuallashtirish rejimlarining birgalikda qo’llaniladigan usuli. Sahna ko’rinishi hosil qilishda va ba`zan nostanlart xolatlarda qo’llaniladi.

  • Active Shade (Aktiv Tekislash) – sahna ko’rinish hosil qilishning interaktiv rejimi. Asosiy va bosh vazifasi –qoplamlarni sozlash va yoritish amallarini yanada (ammo cheklangan holda) tezlashtirish. Uch o’lchovli sahna ko’rinishni sozlash davomida, uni kayta-kayta ko’rib tekshirishni talab etadi. Bunga, yorug’lik manbai xossalarini o’zgartirishda (yorug’lik, rang, tushayotgan soya parametrlari), qoplamlarning bazali va kengaytirilgan xossalarini sozlashda, teksturali haritalar parametrlarini tug’rilashda (loyixalash, kirkimlilik, filtratciya) va boshqa amallar misol bo’lla oladi. Aktiv Tekislash amalini qo’llashda ko’pchilik o’zgarishlar tug’ridan tug’ri, shunga o’xshash qo’shimcha oynada ko’rsatiladi (biroq,bu rejim ma`lum apparat vositalarni talab etadi) (8.8a-Rasm)

Interaktiv oyna rejimlari va funktciyalarini boshqarish amallari sichqonchaning ung tugmasi orqali yuklanadigan yordamchi menyu orqali amalga oshiriladi (8.8b-Rasm)
Tools (Vositalar) quyi menyu punktlari shunga mos ravishda ajratilgan joriy ob`ektni yoki to’liq sahna ko’rinishni Select (Ajratish), Initialize (Initciallashtirish) yoki Update (Yangilash) amallarini bajaradi. Draw Region (Fragmentni Ko’rsatish) buyrugi o’zgartirishlarni ko’rsatish soxasini belgilaydi.
Sahna ko’rinishini ko’rish to’liq jarayoni Rendering (Vizuallashtirish) muloqot oynasini yuklash amali bilan boshlanadi. Unda vizuallashtirilayotgan sahna ko’rinish, joriy jarayon va yakuniy tasvir hosil qilish umumiy xolati xakida to’liq ma`lumot chiqariladi (8.10-Rasm). Ikkita Pause (Tuxtatish) va Cancel (Uzish) tugmalar vizuallashtirish jarayonida tanaffus va bekor qilish rejimlarini o’rnatadi.

8.8a -Rasm

8.8b-Rasm
Ikkita indikator ustunlar, bular Total Animation (To’liq Animatciya) va Current Task (Joriy Amal) mos ravishda ko’rsatilayotgan kadrlar va Skanerlovchi Vizulizator bajarayotgan joriy protceduraning grafik foizini ko’rsatadi.
Common Parameters (Umumiy Parametrlar) va Max Default Scanline A-Buffer (Max Skanerlovchi Vizualizator) parametrlarning ikkita bo’limi sahna ko’rinishi, yorugligi va kameralar xakida, sunggi kadr ko’rinishi, to’liq animatciya tug’risida va bir kancha boshqa to’liq ma`lumotlarni chiqaradi.
Raytrace (Trassiruemыx) tipdagi tekstura haritasini qo’llashda qo’shimcha ma`lumot oynasi hosil bo’lib, ko’rinish hosil qilish amalini Nurlarni Yoyish usulida bajarish va boshqa qo’shimcha ma`lumotlar chiqariladi (8.9-Rasm).

8.10-Rasm. Sahna ko’rinish jarayoni xakida to’liq ma`lumot

8.9-Rasm. Nurlarni Yoyish ko’rinishi xakida ma`lumot
Framebuffer (Virtual Kadrli Bufer)
Dastur tomonidan ko’rinish hosil qilish natijasida tasvir kadri yuklanadi. Boshqaruv tugmalari panelidan iborat xizmatchi oyna hamma vakt sunggi vizuallashtirilgan kadrni saqlaydi va Framebuffer (Virtual Kadrli Bufer) deb nomlanadi.
Vizuallashtirish protcedurasini yuklaganda Ushbu oyna avtomatik ravishda yuklanadi va unda ko’rinish hosil bo’lishi jarayoni ko’rsatiladi. Yopigan holda esa uning tarkibini Rendering (Vizuallashtirish) menyudagi Show Last Rendering (Sunggi Vizuallashtirishni Ko’rsatish) punkti orqali ko’rish mumkin. Framebuffer (Virtual Kadrli Bufer) sarlavxasi hosil qilingan ko’rinish oyna nomi, kadr tartib raqami, hamda ko’rsatilgan tasvir o’lchami ko’rsatiladi.
Ushbu oynani Boshqarish Paneli (ris. 8.11) quyidagi uskunalardan iborat:

8.11-Rasm. Framebuffer (Virtual Kadrli Bufer) Boshqaruv Paneli

  • Save Bitmap (Tasvirni saqlash) – bufer tarkibini faylga saqlash amalini bajaruvchi tugma bo’lib, standart Browse Images for Output (Chikarish uchun Faylni tanlang) muloqot oynani yuklaydi. Unda grafik format, saqlanadigan fayl va diskdagi katalog nomi ko’rsatiladi.

  • Clone Virtual Frame Buffer (Virtual Kadrli Buferdan usxa olish) – joriy bufer kadrini uning tarkibi bilan birgalikda nusxasini yaratadi. Ushbu amal yoritish, qoplamlarni va kamera nuktasini sozlashda boshlangich natijalarni kaytib qo’llashda bajariladi.

  • Enable Red / Green / Blue Channel (Kizil/ Yashil/ Kuk Kanallarni Ko’rsatish) –tarkibiy qism aloxida ranglar rejimini o’rnatuvchi uchta tugma.

  • Display Alpha Channel (Siluet Kanalni Ko’rsatish ) – kadrlar buferida siluet kanalini ko’rsatish rejimini o’rnatish.

  • Monochrome (Oq-kora) – tasvirni kul rang soxada (oq-kora surat kabi) ko’rsatish.

  • Clear (Tozalash) – Joriy kadr buferini kora rangli Tagrang bilan tuldirib tozalaydi. Ko’pincha Ushbu tugmadan Selected (Ajratilgan Ob`ektlar) va Region (Fragment) rejimlarida ko’rinish hosil qilishda qo’llaniladi.

  • Channel Display List (Kanallar Ro’yxati) – faqat ko’rishga muljallangan kanallar ro’yxati

  • Color Swatch (Rang Namunasi) – vizuallashtirilgan piksel rangini saqlash va uni keyinchalik ko’rinishda tugmasi (masalan, qoplamalarni yaratishda).

Sichqoncha tugmasi bosilganda va ung tugma yuklangan holda joriy piksel parametrlari to’plamidan iborat ma`lumotlar paneli hosil bo’ladi (6.1-Rasm). Ushbu rejim yordamchi ma`lumotlarni olishda va masalalarni echishda lozim bo’ladi.Kadrlar buferida tasvir o’lchamini o’zgartirish uchun va sichqonchani qo’llash lozim, bunda kattalashtirishda chap tugma, kichraytirishda esa – ung tugma qo’llaniladi. O’lchamning joriy qiymati oyna sarlavxasida kavsda ko’rsatilgan bo’ladi.
MA`RUZA № 8
CORELDRAW 10 MUHARRIRINING IShChI OYNASI ELEMENTLARI.
Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to’g’ri chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matema­tik formula kabi geometrik abstraktciyalar ko’rinishda saqlanadi. Masalan, aylana shaklini kodlashtirish uchun, u alohida piksellar ko’rinishida bo’lishi shart emas. Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi etarli bo’ladi. To’rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o’rni va rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli xildagi shakllarni izohlash mumkin. Murakkab shakllarni chizishda bir nechta oddiy shakllardan foydalaniladi. Masalan, burchaklari yoysimon bo’lgan to’rtburchak shaklni qora rangda bo’yaymiz, unga uchta oqdagi to’rtburchak va birta qora rangdagi to’rtburchak shaklni qo’shib uch dyuymli disketa rasmini hosil qilish mumkin (1-rasm).

1-rasm. Bir necha qismdan iborat vektor tasvir.
Vektor formatdagi barcha ko’rinishlar bir necha qismlardan iborat bo’lib, ularni bir-biriga bog’liqsiz holda o’zgartirish mumkin. Ushbu qismlar ob`ekt deb nomlanib, bir necha ob`ektlar yordamida yangi ob`ekt yaratiladi. Buning natijasida ob`ektlar yanada murakkab ko’rinishga ega bo’lish holati kuzatiladi. Har bir ob`ektda ularning kattaligi, egriligi va joylashuv o’rnining qiymatla­ri orqali beriladi. Shu sababli, tasvir ko’rinishlarini oddiy matema­tik amallar yordamida o’zgartirish imkoniyati yaratiladi. Vektorli grafikani qo’llaganda, ob`ekt hajmining juda ham kichik yoki aksincha, juda ham katta kenglikda bo’lishi inobatga olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan ishlash bir xil kechadi. Xohlagan paytda tasvir sifatini o’zgartirmay turib, uni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoniyati mavjud. Vektorli usulda kodlashtirishning muhim ahamiyati grafik faylning hajmi rastrli grafiklar fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada kichikligidir. Biroq, vektorli grafikaning kam­chi­lik tomonlari ham mavjud. Birinchidan, hosil qilinayotgan tasvirning shartliligi, ya`ni tasvirlar formulalar yordamida qurilgann egri chiziqlardan iborat bo’lganligi sababli, haqiqiy tasvirni hosil qilish juda mushkuldir. Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni kodlashtirishda qo’llab bo’lmaydi. Agar tasvirni izohlash lozim bo’lsa, olingan fayl hajmi rastrli grafika fayli hajmiga nisbatan ancha katta bo’ladi. Vektorli grafika fayllarini qurishga bag’ishlangan dasturiy vosita sifatida juda keng tarqalgan CorelDRAW dasturini keltiramiz.
CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga o’xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning boshlang’ich muloqot oynasi hosil bo’ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko’rsatish) satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko’rib o’tamiz. Agar ishchi oyna to’liq ekranni egallamagan bo’lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to’liq ekranda hosil bo’lib CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yanada qulaylashadi.
Yaratilayotgan tasvir aniq ko’rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda joylanishi uchun ekranning ruxsat etilgan kattaligini 1024x768 nuqtalarda, eng yaxshisi 1280x1024 ni qo’llanilishi tavsiya etiladi.
CorelDRAW 10 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy elementlari bilan tanishib chiqamiz (2-rasm). Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan. CorelDRAW 10 dasturida o’z interfeysini o’zgartirish imkoni­yat­lari kengaytirilgan.



2- rasm. Dasturning ishchi oynasi

Dastur oynasining markazida varaq rasmi joylashgan, u ishchi soha deb yuritiladi. Ishchi sohada va undan tashqarida tasvir chizish imkoniyati mavjud, biroq chop qilinayotganda faqat ishchi sohada chizilgan tasvir chiqariladi. Ranglarni boshqarish uchun oynaning o’ng qismida joylashgan ranglar majmua­sidan foydalaniladi. Holat satrida esa muharrir bilan ishlashni engillashti­ruv­chi turli xildagi ma`lumotlar hosil bo’ladi. Tasvir chizishda qo’llaniladigan asosiy vositalar uskunalar panelida joylashgan. Unda joylashgan tugmalar muharrirda bajariluvchi amallarni tez bajarilishini ta`minlaydi. Xususan, Property Bar (Xususiyatlar paneli) alohida ajralib turadi. Undagi tugmalar bajarayotgan amallaringizga bog’liq holda paydo bo’ladi yoki ko’rinmaydi. Xohlagan paytda joriy holatga mos bo’lgan tugmaning xususiyatlarini uskunalar pane­li­da topishingiz va ishchi oynaning xohlagan tomonida joylashtirish mumkin. Shu bilan birga menyu satrining ham o’rnini o’zgartirish imkoniyati mavjud. Uskunalar panelining bo’sh qismida sichqoncha­ning o’ng tugmasini bosing, natijada yordamchi menyu (kontekst) paydo bo’ladi (3-rasm.). Yordamchi oynadagi o’rnatilgan bayroqcha orqali uskunalar panel­i­da qaysi bo’limlar joylashtirilganligini ko’rsatadi.



3–rasm. Yordamchi menyu
Foydalanuvchi panelida joylashgan turli xildagi uskunalardan foydala­nishi mumkin. Panelidagi uskunalarni birma-bir sichqoncha orqali tanlab, uning Property Bar (Xususiyat paneli)ga e`tibor bering, ularning ko’rinishi har bir uskunaga mos ravishda o’zgaradi. Shu bilan birga holat satridagi ma`lumotlar ko’rinishi ham o’zgaradi. Muharrir sozlangandan so’ng tasvir bilan ishlashingiz va turli xildagi vektor ob`ektlar yaratishingiz mumkin.
MA`RUZA № 9
Matnni formatlash va muharrirlash.

Grafik hujjatda matnni muharrirlash qulay bo’lsada, ba`zan bu amalni bajarish murakkab kechadi. Agar matnga ba`zi ko’rinishlarni qo’llanilgan bo’lsa, u xolda matni maxsus oynada muharrirlash mumkin. Matnli ob`ektni ajratib, so’ng Property Bar (Xususiyat) paneli "Edit Text" tugmasi bosilsa, matnni o’zgartirish muloqot oynasi hosil bo’ladi (33-rasm). Bu oynada ishlash oddiy matn muharriri oynasi kabi amalga oshiriladi.

33-rasm. Matnni muharrirlash muloqot oynasi.
Matnni kiriting va muharrirlang, qism matnlarni ajrating va ularning formatini oyna yuqorisida joylashgan tugmalar yordamida o’zgartiring. Matnga boshqa matn muharririda tuzilgan hujjatda matn o’rnating. Insert (O’rnatish) tugmasini bosing va ekranda faylni ochish oynasi hosil bo’ladi. Bu oynada boshqa matn muharririda tuzilgan faylni ochish mumkin. Natijada tanlangan fayl muharrirlashtirilayotgan matnli ob`ektga o’rnatiladi. Natijada grafik hujjat bilan ishlashning asosiy rejimiga o’tiladi. Yuqorida aytib o’tilgan­dek, matnni formatlashning qulay usuli Property Bar (Xususiyatlar) panelidan foy­da­lanishdir. Chunki unda barcha matnni formatlash tugmalari mavjud. Matnni formatlash bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlarni maxsus oynada (34-rasm) qo’llash mumkin. Ushbu oyna Property Bar (Xususiyatlar) panelidan "Format Text" tugmasi orqali yuklanadi. Oyna bir nechta qismlardan iborat bo’lib, simvollar va abzatclarni formatlash, matn ustunlari kattaligini o’rnatish, hamda boshqa ko’rinishlarni belgilaydi.

34-rasm. Simvollarni formatlash
Agar qulf tugmasi oyna quyi qismida joylashtirilgan va u yopiq bo’lsa, u holda formatlashdagi o’zgarishlar qiymati kiritilgandan so’ng ishga tushadi. Qulf tugmasi ochiq bo’lganda, rasmni o’z o’rnida o’zgartirish mumkin. Endi qulf ochiq bo’lgan holda formatlash o’zgartirilgandan so’ng, Apply (Qo’llash) tugmasi bosilganda o’zgartirishlar ishga tushadi. Bir nechta ob`ektlarni ajratib turib turli xilda formatlashni bajarish mumkin. Bunda muloqot oynasi ochiq holda qolaveradi. Oynaning birinchi qismida simvollarni formatlash o’rnatiladi (35-rasm). Ushbu qismda shrift, uning kattaligi va chizilganligi, hamda til alifbosini o’rnatish mumkin. Oynaning o’ng qismidagi satrlar boshqa usuldagi formatlashni qullaydi. Underline (Tagidan chizilgan), Sinkethru (Ustidan chizilgan) va Over-line (Yuqoridan chizilgan) ro’yxatida matn tagidagi chiziqlar tipi va o’rni tanlanadi, matn tagidan, matn bo’yicha yoki matn yuqorisidan. Chiziqlar qalin va mayin, birlik va ikkilik ko’rinishga ega. Matnni to’liq, ya`ni bo’shliqlari bilan birgalikda, yoki so’zlarni alohida chizish imkoni mavjud. Bir necha xil chiziqni bir vaqtning o’zida qo’llash imkoniyati mavjud, masalan, mayin ikkilik chiziqni matn tagida va birlik qalin chiziqni – matn yuqorisida o’rnatish mumkin. Ro’yxatning o’ng qismida joylashgan tugmani bosib, chiziq qalinligi va o’rnini ko’rsatishingiz mumkin. Uppercase (Registr) ro’yxatida esa kichik harflar yoki barchasini katta harflarda yozishni o’rnatiladi. Position (Pozitciya-o’rni) ro’yxatida yuqori va quyi indeks tanlanadi. Oynaning quyi qismida matn muharririda bo’lmagan formatlash amallari ko’rsatilgan. Ularni qo’llash uchun matndan bir yoki bir nechta simvollarni ajratish lozim. So’ngra matning vertikal yoki gorizontal yo’nalishini, hamda aylanish burchagini belgilash mumkin. Alohida simvollar yo’nalishi va aylanishi o’rnatilganda, hamda tagiga va ustiga chiziq o’rnatish birgalikda qo’llanilganda matnning g’ayrioddiy formatlanishini hosil qilishingiz mumkin. Bu imkoniyat esa faqat CorelDRAW 10 dasturida mavjud (35-rasm).

35-rasm. Alohida simvollarni formatlash.
Oynaning ikkinchi qismida abzatcni formatlash amali o’rnatiladi (36-rasm). Ba`zi satrlar oddiy matnlarni formatlashda qo’llaniladi. Masalan, shaklli matnlar uchun chetlanish o’rnatib bo’lmaydi.

36-rasm. Abzatcni formatlash
Alignment (Tekislash) ro’yxatida tekislashning bir usuli tanlanadi. Tekislashning ba`zi variantlari qo’shimcha parametrlarni o’rnatishni talab etiladi. O’rnatish muloqot oynasi Settings (O’rnatishlar) tugmasi orqali yuklanadi. Hyphenation Settings (Ajratishni o’rnatish) tugmasi bosilganda so’zlarni bo’g’inlarga avtomatik ajratilishini o’rnatish mumkin. Spacing (Intervallar) satrlar ro’yxatida simvollar, so’zlar va satrlar o’rtasidagi inter­val, hamda abzatcgacha va undan keyingi intervallar o’rnatiladi. Indents (Chet­la­nishlar) satrlar guruhida chap va o’ng tomon chetlanishlari ko’rsatiladi. Birinchi satr chetlanishi ko’rsatilib, qizil satrni o’rnatish mumkin. Ushbu barcha chetlanish va intervallarni o’rnatish amallari boshqa matn muharriri kabi matnni formatlashga imkoniyat yaratiladi. Oynaning keyingi qismida matn tabulyatciyasi o’rnini belgilash amali bajariladi (37-rasm). Tabulyatorni qo’shish yoki olib tashlash mumkin. Shu bilan birga tabulyator o’rnini o’zgartirish mum­kin. Qulay o’rnatilgan tabulyatciyalar yordamida katta hajmdagi ro’yxatlarni yaratish mumkin.

37-rasm. Tabulyatciyani urnatish
CorelDRAW 10 muharririda oddiy matnni bir nechta ustunlarga o’rnatish mumkin. Matnni bir nechta ustun ko’urinishda chop qilish odatda gazeta va

38-rasm. Matn ustunlarini urnatish
jurnal­larda bajariladi. Agar CorelDRAW 10 yordamida tasvirga boy sahifani yaratish lozim bo’lsa, u holda muharrirning imkoniyatlaridan foydalanish kerak. Ustunlar kengligi va sonini formatlash muloqot oynaning quyi qismida ko’rsatilishi lozim (38-rasm).
Number of columns (Ustunlar soni) satrida matndagi ustunlar soni ko’rsa­ti­ladi. Agar Equal column width (Bir xil kenglikdagi ustunlar) satrida bayroq­chani o’rnatiladi, natijada bir xil kengaytmali ustunlar yaratiladi, aks holda turli kenglikdagi ustunlar o’rnatish mumkin. Oyna markazida joylashgan satrda ustunlar kengligi belgilanadi. Oynaning o’ng qismida ustunli matn ko’rinish­dagi namuna joylashtirilgan. Vertical justification (Vertikal tekislash) ro’yxati­da matnning ramkaga nisbatan vertikal tekislanishi ko’rsatilib, u ustunlar soni­ga bog’liqsiz holda belgilanadi. Tekislash belgilanayotganda matn ramkani to’liq egallashini alohida ko’rsatish lozim. Bunga satrlar o’rtasidagi interval­larni oshirish bilan erishiladi. Agar matn hajmi kichik bo’lib, bo’sh o’rinlar ko’p bo’lsa, u holda bu usulda to’ldirish tavsiya etilmaydi. Matnni formatlash mu­lo­qot oynasining so’nggi qismida harfli va belgili ro’yxat o’rnatiladi (39-rasm). Kerakli ko’rinishni oynaning yuqori qismidagi ro’yxatdan tanlash mumkin.

39-rasm. Harfli o’rnatma va belgili ro’yxat
Harfli o’rnatma amali bajarilayotganda, harf oldidagi abzatcdan oxirigacha joylashadigan satrlar sonini ko’rsatish mumkin. Bundan tashqari, katta harf va qolgan matn orasidagi masofani ham ko’rsatish mumkin. Yoki oynaning o’ng tomon quyisida ko’rsatilgan rasm kabi ko’rinishni tanlash lozim bo’ladi. Agar belgili ro’yxat o’rnatmokchi bo’lsangiz, Font (Shrift) satrida shriftni tanlash, Symbol (Simvol) satrida esa – belgi sifatida qo’llaniladigan aniq simvol ko’rinishni tanlash lozim. Boshqa satrlarda esa simvol kattaligi, joylashish o’rni iva asosiy matn o’rtasidagi masofa belgilanadi. Bundan tash­qari, oynaning o’ng tomon quyisida joylashgan ikki xil ko’rinishdagi belgili ro’yxatdan birin tanlash kerak. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə