Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi


MATNNI EGRI ChIZIQQA NISBATAN O’RNATISh



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə22/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi

MATNNI EGRI ChIZIQQA NISBATAN O’RNATISh
CorelDRAW 10 grafik muharriri matnni berilgan chiziq bo’yicha – to’g’ri yoki egri chiziq, turtburchak, ellips, yulduz, kupburchak va boshqa harf yoki matnli satr bo’yicha o’rnatish imkoniyatini beradi. Egri chiziq bo’yicha faqat bir satrli matnni o’rnatish mumkin. Agar bir necha satrli matnni o’rnatmoqchi bo’lsangiz, barcha ikkinchi satrga ko’chirilgan matnlar o’chiriladi. "Ellipse Tool" uskuna yordamida ellips chizing. Toolbox (Grafika) uskunalar panelida "Text Tool" uskunani tanlang. Sichqoncha ko’rsatgichini ellips kontur chizig’ining boshiga ko’chiring. Bunda sichqoncha ko’rsatgichi o’z ko’rinishini o’zgartiradi. Sichqoncha tugmasini ellips konturi ustida bosganda matnli kursor paydo bo’ladi va shakl atrofiga matnni kiritish mumkin. Property Bar (Xususiyatlar) panelida shriftlar ro’yxatidan kirill haflarini qo’llovchi Verdana, Arial, Helvetica, sans-serif, yoki boshqa shriftini tanlash mumkin. Matn avtomatik ravishda ellips konturi bo’yicha joylashadi. (40-rasm)
40-rasm. Ellips bo’yicha matnni joylashtirish.
Agar mavjud matnni egri chiziq bo’yicha o’rnatish lozim bo’lsa, u holda, boshqa uslubdan foydalanish lozim bo’ladi. Yana birta ellips chiziladi va bo’sh qismda shaklli matn hosil qilinadi. Ellips va shaklli matnni "Pick Tool" uskuna yordamida birgalikda ajrating. Menyudan Text Fill Text to Path (Matn egri chiziq bo’yicha) buyrug’i tanlanashi mumkin. Bunda matn yuqoridagidek egri chiziq bo’yicha joylashadi. Matnni egri chiziq bo’yicha o’rnatish usulidan qat`iy nazar, uni boshqa matn ob`ekti kabi o’zgartirish va formatlashingiz mumkin. Shu bilan birga matnning egri chiziq bo’yi joylashuvini Property Bar (Holatlar paneli) boshqaruv elementlari yordamida o’zgartirishingiz mumkin. Ushbu elementlarga to’liq izoh berib o’tamiz. Property Vag (Holatlar paneli) ning chapdan birinchi ro’yxatida tayyor namunada matnlarni joylashtirishning bir necha parametrlarini ko’rish mumkin. Namunadan foydalanib, matning to’liq ko’rinishini o’zgartirishingiz mumkin. Qolgan satrlar esa matnni bir necha parametr bo’yicha alohida o’zgartirishga imkon beradi. Property Bar (Holatlar paneli) ning ikkinchi ro’yxatida harflarning berilgan chiziq bo’yicha joylashuv variantlari keltirilgan. Ro’yxatdagi rasm variantlarni izohlaydi: "Text Orientation" varianti harfni berilgan chiziq bo’yicha aylantiradi, "Text Orientation" varianti harfni berilgan egri chiziqning siniq qismiga vertikal moslashtirib joylashtiradi. Egrilik burchagiga qarab harf qiyshaligi o’zgaradi. "Text Orientation" varianti harfni berilgan egri chiziqning siniq qismiga gorizontal moslashtirib joylashtiradi. "Text Orientation" varianti simvollar matn satri berilgan chiziq bo’yicha joylashsa, ulari vertikal saqlaydi. Uchinchi ro’yxatda matning egri chiziq bo’yicha joylashuvi aniqlanadi. Berilgan rasmlar variantini izohlashga hojat yo’q: "Vertical Plasiment". Matnni egri chiziqga perpendikulyar o’rnatuvchi variant hisoblanadi. Agar matnni yopiq siniq chiziq bo’yicha o’rnatilsa, Property Bar (Holatlar paneli) da "Text Placiment" elementlar ro’yxati hosil bo’ladi. Ushbu ro’yxat yordamida matn joylashuvi lozim bo’lgan yopiq chiziq o’rnini belgilashingiz mumkin. Matnni berilgan chiziqqa qarama–qarshi tomonda barcha parametrlarni saqlangan holda o’rnatish "Place On Other Side" tugmasidan foydalanish lozim. Matn joylashuvini Property Bar (Holatlar paneli) ning boshqaruv tugmalari yordamida o’zgartirishni ko’rib o’tamiz. (41-rasm).


41-rasm Ellips bo’yicha matnni joylashtirish variantlari
42-rasm Matnni ko’chirish
Matnni interfaol rejimda berilgan siniq chiziqga perpendikulyar o’rnatish quyidagicha bajariladi. "Pick Tool" uskuna yordamida siniq chiziq bo’yicha joylashgan matnli ob`ektni ajrating. Matn chiziq bilan bog’liq bo’lganligi uchun Ctrl tugmasidan foydalaning, so’ngra tugmani bosib turib, matnli ob`ektga matnni ajratish uchun sichqoncha tugmasini bosing. Ob`ekt markazida joylashgan belgini sichqoncha tugmasi bilan ajrating. Ko’rsatgich ko’rinishini o’zgaradi. Sichqonchaning chap tugmasini bosib turib, ko’rsatgichni yuqoriga ko’chiring. Bog’lovchi chiziq hosil bo’lib, bir tomoni chiziqda ikkinchi tomoni matn bilan bog’langan. Ushbu chiziq matn va siniq chiziq o’rtasidagi masofani belgilaydi. Matnni chiziqga nisbatan yuqoriga yoki pastga ko’chirishingiz mumkin. Agar ko’chirishni to’xtatib, sichqoncha tugmasini bosib tursangiz, bog’lovchi chiziq uchida shu matn va chiziq nusxasi hosil bo’ladi. Ushbu chiziq matn o’rnashuv o’rnini oldindan ko’rsatadi (8.3-Rasm). Sichqoncha tugmasi qo’yib yuborilganda matn yangi o’rinni egallaydi. Matn joylashuvini Property Bar (Holatlar paneli) ning o’ng qismida joylashgan satrda qiymatlarni kiritib ham belgilash mumkin. "Pick Tool" uskunani belgilang, Shift tugmani bosing, uni qo’yib yubormasdan ellips chizig’iga qo’yib yuboring. Qaytib yana ikki ob`ektni belgilab, matnni o’rnatish amallarini takrorlashingiz mumkin. Endi matnni ellipsdan ajratamiz. Menyudan Arrange Break Text Apart (Montaj/Matnni ajratish) buyrug’ini tanlang. Tashqi ko’rinish o’zgarmasada, matn ellipsdan ajratilgan holda o’rnatiladi. Faqat matnni ajrating. Bunda ajratishni bekor qilish uchun sichqoncha tugmasini bo’sh o’rinda bosish lozim, so’ngra matn ustida tugmani bosish lozim. Menyudan Text Straighten Text (Matn/Matnni tekislash) buyrug’ini bering va matn o’zining boshlang’ich holatiga erishadi. "Frehand Tool" uskuna yordamida boshlang’ich yopiq bo’lmagan egri chiziq chizing. Chizilgan chiziq va matnni birgalikda ajrating va menyudan Text Fill Text to Path (Egri chiziq bo’yicha matn) buyrug’ini bering. Natijada matn yopiq bo’lmagan egri chiziq bo’yicha joylashadi, so’ngra Property Bar (Holatlar paneli)ning uchinchi ro’yxatidan matnni chiziq bo’yicha joylashish holatini tanlash mumkin. Matnni chiziq boshi, markazi, yoki oxiri bo’yicha tekislashingiz mumkin. Property Bar (Holatlar paneli)ning uchinchi ro’yxatidan turli variantlarni qo’llab ko’ring. Matni tanlangan variant bo’yicha o’z holatini o’zgartiradi. Agar matn joylashgan chiziq shaklini o’zgartirsangiz, matn avtomatik ravishda o’z holatini o’zgartiradi. "Shape Tool" uskunani tanlab chiziq shaklini o’zgartiring. O’zgartirishlar kiritib bo’lgandan so’ng matn yangi holatni qabul qiladi. "Pick Tool" uskuna yordamida matnni va chiziqni ajrating. Menyudan Arranged Break Text Apart (Montaj matnni ajratish) buyrug’ini tanlang. Enda matn va egri chiziq o’zaro bog’lanmagan bo’ladi. Faqat egri chiziqni belgilab, uni o’chiring. Bunda egri chiziq mavjud bo’lmasada, matn ko’rinishi o’zgarmaydi.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə