Kashfiyotlar •davr nashriyoti


K atta Nyufaundiend sayozligi



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/56
tarix24.12.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#158922
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
8c9ztej0aQQajXtLkdfM

K atta Nyufaundiend sayozligi 
- dunyodagi 
eng boy baliq ovlash joylaridan biri hisoblanadigan Atlantikadagi 
yirik sayozliktopildi.
XVII asrda Angliyaning Labrador va Nyufaund-
lendga yaqin joydan baliq ovlash natijasida ol­
gan darom adi Ispaniyaning XVI asrda hind boy-
liklarini olib kelishdan topgan foydasidan ancha
oshib ketdi. Baliq 4 marta ko'proq foyda keltirdi.


Amerika nega bunday
nomlandi?
XVI asr boshlarida 
Amerigo Vespuch-
chining Yangi Dunyoga uyushtirilgan ekspe- 
ditsiyalar, janubiy mamlakatlarning tabiati, 
hindularning hayoti va urf-odatlari haqida 
hikoya qilib, do'stlariga yozgan xatlari keng 
tarqalib ketdi. Bu xatlar Vespuchchining ro- 
ziligisiz nashr qilingan edi. O'sha paytlarda 
geograf 
Martin Valdzemyuller 
kitob nashr 
qildi, uning haritasidaga G'arbiy yarim shar- 
A m erigo Vespuchchi
da bo'yin orqali bir-biri bilan bog'langan ikki 
qismdan - «Noma’lum Yer» va «Amerika»dan iborat Yer tasvirlangan edi. 
Valdzemyuller Kolumb Sharqiy Osiyoni tadqiq qilgan, Vespuchchi esa 
ekvatorning ikkala tomoniga ham yoyilib ketgan yangi materikni ochgan 
degan fikrdan kelib chiqqan holda Yangi materikka Amerigo Vespuchchi­
ning nomini 
berdi. Keyinchalik esa 
Gerard Merkatorning 
(1512-1594) 
haritalarida ilk marotaba «Shimoliy Amerika» va «Janubiy Amerika» de­
gan so'zlar paydo bo'ldi. Shu tarzda Yangi Dunyoga nom berildi.
Amerigo Vespuchchi aslida kirn edi? U 1454-yilda Florensiyada 
tug'ilgan, xizmat taqozosi tufayli Sevilyaga ko'chib o'tgan, 1499-yilda 
uning hayoti birdaniga o'zgarib ketdi: u 
Alonso de Oxedo 
rahbarligida 
Kolumb tomonidan ochilgan yerlarga uyushtirilayotgan ekspeditsiya
Vespuchchini Amerikaning birinchi bo'lib och­
gan odam ning shon-shuhratini o'rinsiz o'z-
lashtirib olganlikda ayblashdi. Nohaq ayblov!
Bu shon-shuhratga Am erigo Vespuchchi hech
qachon d a ’vo ham qilmagandi, mashhurlikning
o'zi uni topdi.


tarkibiga kiritildi. Vespuchchining hikoya qilishicha, ular 1497- yil mayda 
Kadisdan yo'lga chiqishdi va oradan bir oy o'tib, Gonduras qo'ltig'idagi 
Markaziy Amerika qirg'oqlariga yetib borishdi. So'ngra ular ilonizi ket­
gan qirg'oq chizig'i bo'ylab suzishda davom etdilar. Dengizchilar tez-tez 
qirg'oqqa chiqib, mayda-chuydalarini hindularning oltiniga ayir-boshlab 
olishardi. 1498-yilda ekspeditsiya Ispaniyaga qaytib keldi.
Keying! yil ikkinchi ekspeditsiya kemalari Janubiy Amerika qirg'oqlari 
bo'ylab yo'lga chiqdi. Yo'lda ular ikkita daryo - Amazonka va Paraga 
duch kelishdi. Vespuchchi bir necha hamrohi bilan birgalikda qayiqlarda 
bu daryolarning biri bo'ylab 100 km gacha ichkariga suzib bordi. U o'z 
xatlarida daryo qirg'oqlari bo'ylab cho'zilib ketgan o'tib bo'lmas tropik 
o'rmonni, yo'lda uchragan qushlar va hayvonlarni juda chiroyli ta’riflab 
bergan. Shundan keyin okean qirg'oqlari va Trinidad orollari ko'zdan 
kechirildi. 1500-yil iyunda sayohatchilar Ispaniyaga qaytib kelishdi.
1501-1502-yillarda Vespuchchi Yangi Dunyo qirg'oqlariga qarab yo'l 
olgan uchta kemadan iborat Portugaliya ekspeditsiyasida qatnashdi. 
Bu 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə