Kashfiyotlar •davr nashriyoti


Oykumena kengayishining



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/56
tarix24.12.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#158922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
8c9ztej0aQQajXtLkdfM

4
Oykumena kengayishining
boshlanishi
Qadimgi yunonlar sayyoramizning ularga ma’lum bo'lgan qismini 
«oykumena» deb atashgan. Yunon tilida bu so‘z odamlar yashaydigan, 
aholisi bor joy degan ma’noni anglatadi. 
Bizning davrimizga kelib,
bizni o‘rab turgan dunyoning o‘zlashtirilgan va odamlar istiqomat
qiladigan qismi oykumena deb ataladi.
Qadim zamonlardayoq odamlar yonma-yon joylashgan yerlar haqi- 
da ko'proq narsalarni bilishga, mahsulotlar va buyumlarni ayirboshlash 
uchun savdo yo'llari ochishga intilishgan. Qadimgi misrliklar bundan 5 
ming yil ilgari Afrika bo'ylab sayohat qilganlar. Miloddan avvalgi III ming 
yillik o'rtalarida ular 0 ‘rtaYer dengiziga chiqib, u orqali boshqa mamla- 
katlardan mahsulotlarni olib kelishni boshlaganlar.
Miloddan avvalgi II ming yillikda 0 ‘rta Yer dengizining sharqiy 
qirg'oqlarida yashagan 
finikiyaliklar 
dengiz kengliklarini o'zlashtirishga 
kirishganlar: ular Kiprda bir nechta koloniyaga asos solishgan, Kichik 
Osiyoni janub tomondan aylanib o'tganlar, Bolqon, Apennin va Pireney 
yarim orollariga suzib borganlar, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa orollar- 
ni kashf qilganlar. Ularning kemalari Misrga yog'och-taxta, vino, zay-
Q adim gi rasmda
sayyoh Yer qirrasiga
nazar solishga
urinm oqda


tun moyi, qullar va boshqa yuklarni yetkazib 
berib turgan. Miloddan avvalgi VII asrda ular 
Afrikani aylanib o'tganlar. Afrika qirg'oqlari 
bo'ylab suzgan finikiyaliklar qulay hamda 
keng ko'rfazni topishgan va u yerda Karfa- 
genga asos solishgan, keyinchalik bu yer an- 
tik O'rta Yer dengizi mamlakatlari o'rtasidagi 
eng yirik port-shaharlardan biriga aylangan.
Ehtimol, aynan finikiyaliklar ilk bor Ispaniya va 
Afrika orasidagi ikkala tomonidan ham Gibral­
tar va Seutning o'tkir cho'qqilardan iborat qo- 
yalari bo'y chozgan tor bo'g'oz orqali Atlantika 
okeaniga chiqishib muhim kashfiyotni amalga 
oshirgandirlar. Boshqa taxminlarga ko'ra esa 
bu yo'lni birinchi bo'lib Krit oroli aholisi ochgan.
Mesopotamiyalik 
shumerlar 
miloddan avvalgi III ming yillikda Arabiston 
atrofida dengiz ekspeditsiyalarini amalga oshirishgan. Shumerlarning 
qo'shnisi, 
elamitlar 
esa ularni o'rab turgan tog'larni oshib o'tib, ulardan 
uzoqda joylashgan Kaspiy dengizi qirg'oqlariga chiqdilar.
Odatda 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə