Kashfiyotlar •davr nashriyoti



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/56
tarix24.12.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#158922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
8c9ztej0aQQajXtLkdfM

aholining urf-odatlarini 
o'rgangan, shu sababli u birinchi etnograf- 
lardan hisoblanadi.
Keyin u Britaniya atrofini aylanib suzib o'tgan va uni uchburchak orol 
sifatida ta’riflagan. Pifey Britaniyadan shimolda 
sirli Tule oroli 
joylash­
gan deb hikoya qilgan. Bu orolning joylashgan o'mi haqidagi bahslar 
ko'p asrlar davom etdi, uning nomi adabiyot olamiga dunyoning eng 
chekka nuqtasi sifatida kirdi, shundan buyon Ultima Tule so'zi «dunyo­
ning narigi chekkasi» ma’nosini anglatadi. Biroq Pifey tomonidan ta’rif 
berilgan orolning o'zi topilmadi.
Kornuolla qirg'oqlari. M iloddan avvalgi Vasrda bu yerdan Pifey suzib o'tgan


10
Geografik kashfiyotlar
Buyuk Aleksandr - dunyoni zabt etgan
sarkarda
Aleksandr (Iskandar Maqduniy) 
(e.a. 356-323-y.) - mag'lubiyat 
nimaligini bilmagan buyuk sarkarda bar doim oddiy jangchi singari 
birinchi qatorda turib jang qilardi. O'z davlati chegaralarini kengayti- 
ra borib u yevropaliklarga notanish yerlarni ochgan. O'n yilga yaqin 
vaqt mobaynida Aleksandr yer yuzining o'sha vaqtda ma’lum bo'lgan 
qismining yarmini bosib olgan va o'tmishdagi eng katta davlatga 
asos solgan. Uning harbiy yurishlari tufayli 
yunon madaniyati 
uzoq- 
uzoqlarga tarqaldi.
Buyuk faylasuf 
Aristotel 
bo'lg'usi sarkardaga dunyo ilmidan sa- 
boq bergan bo'lsa, harbiy tayyorgarlikni u o'z otasi Filipp II rahbarli- 
gida o'tagan. Aleksandr o'z tengqurlaridan ancha ilgari otda yurishni 
o'rgangan, qilichbozlikda unga teng keladigani bo'lmagan. Milod­
dan avvalgi 338-yilda Xeroneyda bo'lib o'tgan jangda u ilk marta 
o'zining jasorati va harbiy salohiyatini namoyish etdi. Bu jangda Ma- 
kedoniya Yunonistonni batamom zabt etdi.
Forslar va hindlar
M aqduniy armiyasiga
qarshi kurashda harbiy
fillarni ishga soldilar


Aleksandr otasining o'limidan so‘ng 20 
yoshida taxtga o'tirdi. Uni ancha ilgaridan 
tayyorgarlik ko'rilayotgan greklarning fors- 
larga qarshi harbiy yurishiga sarkarda etib 
tayinlashdi. Fors qo'shinlari son jihatidan 
Aleksandr qo'shinidan ikki barobarga ko‘p 
bo'lsada, biroq har bir jangda uning qo‘li 
baland kelardi. Orqa tom onidan xavfsizlik- 
ni ta ’minlash uchun u Finikiyaning asosiy 
bandargohlari - Sidon, Bibl va Tirni bosib 
oldi. So'ngra u Misrni zabt etdi va u yerda 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə