Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Tashqi siyosat 
sohasida 0 ‘zbekiston Respubli- 
kasining Birinchi Prezidenti tomonidan ishlab chi- 
qilgan prinsip va yondashuvlarga to iiq amal qilish 
saylovoldi dasturimizning muhim tarkibiy qismini 
tashkil etadi.
Bu siyosatning asosiy ma’no-mazmuni - tinchlik- 
parvarlik, boshqa davlatlaming ichki ishlariga aralash- 
maslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshi- 
liklami faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etish, barcha 
xorijiy davlatlar va jahon hamjamiyati bilan amaliy 
hamkorlik qilishdan iborat.
Mamlakatimiz hech qanday harbiy-siyosiy bloklar- 
ga qo‘shilmaydi, boshqa davlatlaming harbiy baza va 
obyektlari 0 ‘zbekiston hududida joylashtirilishiga, 
shuningdek, harbiy xizmatchilarimizning mamlakati- 
miz hududidan tashqarida boiishiga y o i qo‘yilmaydi.
436


Tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, 
birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona 
munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada 
mustahkamlashni o‘zimizning birinchi darajali vazifa- 
miz deb bilamiz.
Bu borada avval ham aytgan fikrimni takrorlash 
o‘rinli deb bilaman. Biz qo‘shnilarimiz bilan raqobat 
qilish emas, aksincha, hamkorlik qilish yoiini izchil 
davom ettiramiz. Qo‘shnimizning yutugi - bu biz- 
ning ham yutugimiz. Ulaming tinch va farovon ha- 
yoti - butun mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni 
saqlashning garovi deb bilamiz.
Mana shu y o id a yangi qadamlar qo‘ymoqdamiz. 
Jumladan, Toshkent viloyatiga yaqin qo‘shni boigan 
Qozogiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
hurmatli 
Nursulton Nazarboyev bilan, Tojikiston Respublikasi 
Prezidenti muhtaram Imomali Rahmon bilan olib 
borayotgan muzokaralarimiz buning amaliy tasdigidir 
va bu ishlami izchil davom ettiramiz.
Aziz va qadrli vatandoshlar!
Hozirgi kunda mamlakatimiz oldida turgan o‘ta 
mas’uliyatli maqsad va vazifalar barchamizdan yanada 
ko‘proq faollik va safarbarlikni talab etayotganini siz, 
katta mehnat va hayot tajribasiga ega boigan Toshkent 
viloyati ahli, albatta, yaxshi tushunasiz. Va bu borada 
sizlar Vatanimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, 
mamlakatimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash 
yoiida barcha o‘zgarish va islohotlarimizning oldingi 
safida boiasiz deb ishonaman.
Shu y o id a sizlarga, butun el-yurtimizga kamarbas- 
ta boiishni, bor bilim va tajribam, butun borlig‘imni
437


ayamasdan xizmat qilishni men o‘zim uchun ulkan 
baxt, yuksak sharaf deb bilaman.
So‘zimning yakunida sizlarga, sizlar orqali bu- 
tun Toshkent viloyati ahliga sihat-salomatlik, baxt-u 
saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə