Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


«Toshkent timsolida O‘zbekistonni



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

«Toshkent timsolida O‘zbekistonni,
O‘zbekiston timsolida Toshkentni ko‘ramiz», 
degan 
so‘zlari hammamizning qalbimizga singib ketgan. 
Yurtboshimiz rahbarligida amalga oshirilgan ishlami 
sanaydigan bo‘lsak, ro‘yxatning oxiri boimaydi. Bitta 
emas, o‘nta «Toshkentnoma» yozishga to‘g‘ri keladi.
«Toshkent - Sharq darvozasi», «Toshkent - tinch- 
lik va do‘stlik shahri», degan ta’riflar yoniga keyingi 
yillarda «Toshkent - Islom madaniyati poytaxti», 
«Toshkent - yashash uchun eng qulay shahar» degan 
e’tiroflar qo‘shildi. Buni nainki xalqimiz, ayni vaqtda, 
dunyo ahli ham tan olmoqda.
Birinchi Prezidentimizning Vatanimiz va xalqi- 
miz oldidagi ana shunday tarixiy xizmatlarini doimo 
yodimizda saqlash 
bizning barchamiz uchun ham
qarz, ham farz. 
Bu ulug‘ zotning xotirasini abadiy- 
lashtirish, jumladan, poytaxtimiz Toshkent shahri 
markazida ulkan maydon barpo etib, muhtaram Islom 
Abdug‘aniyevichning ulug‘vor haykalini o‘matish ha- 
qida bugungi kunda minglab vatandoshlarimiz, keng 
jamoatchilik tomonidan ko‘plab murojaat va takliflar 
kelib tushmoqda. Ishonchim komil, bu takliflami siz- 
lar ham, albatta, qoilab-quvvatlaysizlar.
Aziz do‘stlar!
Dunyoda taraqqiyotning «o‘zbek modeli» deb tan 
olingan strategik taraqqiyot y o iini og‘ishmasdan, 
qafiyat bilan davom ettirish va yangi, yanada yuksak 
bosqichga ko‘tarish mening saylovoldi dasturimning 
asosiy mazmunini tashkil etadi.
442


Mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarida 
saylovchilar vakillari bilan boiayotgan uchrashuvlar- 
da men bir haqiqatga yana va yana bir bor ishonch 
hosil qilyapman.
0 ‘zbekistonda olib borilayotgan, hayot sinovidan 
o‘tgan siyosatni, bizni mana shunday erkin va farovon 
kunlarga olib kelgan y o in i el-yurtimiz milliy man- 
faatlarimizga to ia javob beradigan, har tomonlama 
ma’qul y o i deb topmoqda.
Oldimizda turgan bo‘lg‘usi saylovlarda xalqimiz 
erkin ovoz berish, o‘z xohish-irodasini erkin bildi- 
rish orqali o‘zining ertangi kuni, mamlakatimizning 
kelgusi rivojlanish yoiini yana bir bor aniqlab, tas- 
diqlab oladi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, saylovni Kon- 
stitutsiyamiz va milliy qonun normalariga, xalqaro 
andozalarga to iiq rioya qilgan holda o‘tkazishimiz 
qanday katta ahamiyatga ega ekani haqida ortiqcha 
gapirishning hojati boim asa kerak.
0 ‘ta muhim bu siyosiy jarayonda ko‘pmillatli 
poytaxt ahli xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy 
madaniyati, grajdanlik pozitsiyasi tobora yuksalib 
borayotganini dunyo hamjamiyatiga namoyon etishda 
boshqalarga o‘mak va namuna boiadi, deb ishonaman.
Qadrli vatandoshlar!
Toshkent shahri 2200 yildan ziyod ko‘hna tarixga 
ega boigan ulug‘ va azim shahardir. Bu muqaddas 
zamin Shayx Xovandi Tohur, Shayx Zayniddin bobo, 
Qaffol Shoshiy, Ibrohim ota, Qo‘yliq ota kabi ko‘plab 
aziz-avliyolarga beshik boigan. Badriddin Chochiy, 
Zayniddin Vosifiy, Sharofiddin ibn Yusuf Iloqiy, Isoq 
Shoshiy, Muhammad Haydar kabi alloma va shoirlar 
shu yurtda tavallud topganlar.
443


0 ‘tgan asr boshlarida butun Turkiston oikasini qam- 
rab olgan jadidchilik harakatining markazi ham aynan 
Toshkent shahri edi. Bu harakatning ko‘zga ko‘ringan 
namoyandalari Munawar Qori, Abdulla Avloniy, 
Tavallo, Ubaydulla Xo‘jayev, G‘ozi Yunus, G‘ulom Za - 
fariy, Xurshid kabi ziyolilar o‘zlarining ezgu g‘oyalari, 
ma’rifiy asarlari bilan tariximizda o‘chmas iz qoldirdi- 
lar. Ayniqsa, buyuk adibimiz, o‘zbek romanchilik mak- 
tabining asoschisi Abdulla Qodiriy badiiy dahosi bilan 
yaratilgan yetuk asarlar milliy o‘zligimizni anglashda 
bugun ham beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Barchamizning ma’naviy kamol topishimizda 
Oybek, G‘afur G ‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Zulfiya, 
Said Ahmad, Mirkarim Osim, Shuhrat, Hamid G‘ulom, 
Ozod Sharafiddinov, O im as Umarbekov, Erkin 
Vohidov, 0 ‘tkir Hoshimov kabi o‘nlab shoir va 
adiblarimizning - Olloh ulami rahmat qilsin - ulug‘ 
xizmatlari borligini doimo minnatdorlik bilan eslay- 
miz. Bugungi kunda Shukrullo, Ibrohim G‘afurov, 
Tohir Malik, Xurshid Do‘stmuhammad, Umida 
Abduazimova, Erkin Usmonov, Shuhrat Rizayev kabi 
ustoz ijodkorlar safiga yangi-yangi iste’dod egalari 
kelib qo‘shilmoqda.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə