Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

liddin
Mirtojiyev kabi marhum san’at ustalari buyuk 
hissa qo‘shdilar. Atoqli rassom va haykaltaroshlarimiz 
Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Vladimir Bur- 
makin, Ilhom Jabborov, Akmal Ikromjonov, mashhur 
xalq ustasi Ortiq Fayzullayevlaming ijodi haqida har 
qancha faxrlanib gapirsak, arziydi.
Toshkent o‘zbek sportining eng yorqin namo- 
yandalari uchun tajriba va mahorat maktabi, parvoz 
maydoni b o iib kelayotganini hamisha minnatdorlik 
bilan e’tirof etamiz.
Katta sport olamiga ilk qadamini aynan shu zamin- 
dan boshlagan Birodar Abduraimov, Toiagan Is’hoqov, 
Mirjalol Qosimov, Rustam Qosimjonov, Ravshan 
Ermatov, Armen Bagdasarov, Oksana Chusovitina, 
Iroda Toiaganova kabi yurtdoshlarimizning nomlarini 
barcha sport muxlislari yaxshi biladilar.
Bugungi kunda yirik xalqaro musobaqalarda 0 ‘z- 
bekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan 
Yekaterina Xilko, Anton Fokin, Svetlana Radzivil, 
Aleksey Mochalov, Samira Amirova, Nigora Tursun- 
qulova kabi sportchilarimizning nomlarini alohida 
hurmat bilan tilga olamiz.
Shu yil Braziliyada o‘tkazilgan Olimpiada va 
15-Paralimpiya o‘yinlarida Rustam Toiaganov, Alek- 
sandr Svechnikov, Doniyor Soliyev, Dmitriy Xorlin 
medallami q oiga kiritib, haqiqiy jasorat va matonat 
ko‘rsatdilar.
Imkoniyatdan foydalanib, bugungi uchrashuvimiz- 
ning barcha qatnashchilariga va poytaxtimiz aholisiga 
fidokorona mehnatingiz, poytaxtimiz qiyofasini o‘z- 
gartirishga qo‘shayotgan ulkan hissangiz uchun sa- 
mimiy minnatdorlik bildiraman. Barchangizga mus-
448


tahkam sog‘liq, farovonlik va oilaviy baxt-saodat 
tilayman!
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Toshkent xalqi o‘zining bag‘rikengligi va mehmon- 
do‘stligi bilan butun dunyoda nom qozongan. 0 ‘z dav- 
rida bu haqda «Toshkent - non shahri» degan kitob 
va film yaratilgani ham buning tasdig‘idir. Ayniqsa, 
Ikkinchi jahon urushida front mintaqalaridan ko‘chirib 
keltirilgan turli millatga mansub ming-minglab yetim 
bolalar, ayollar va keksalami o‘z bag‘riga olib, bir bur- 
da nonini ham ular bilan baham ko‘rgan toshkentliklar 
insoniylikning yuksak namunasini butun olamga 
namoyon etdilar.
Bugungi kunda poytaxtimizda 130 dan ortiq mil- 
lat va elat vakillari tinch-totuv hayot kechirmoqda. 
Toshkent millati, tili va dinidan qat’i nazar, ulaming 
barchasi uchun haqiqiy Vatanga aylanganini alohida 
ta’kidlash o‘rinlidir.
El-yurtimiz o‘zining samarali mehnati bilan hurmat 
topgan Respublika Baynalmilal markazi direktorining 
o‘rinbosari Sergey Mironov, Senat a’zosi Agrepina 
Shin, Qozoq milliy madaniyat markazi raisi o‘rinbosari 
Hamza Xolmuratov, Toshkent davlat jismoniy tarbiya 
institutining prorektori Rishod Nabiullin, Ozarbayjon 
milliy madaniyat markazi raisi Mobil Yakub o‘g‘li 
Mamedov, Arman milliy madaniyat markazi raisi 
Martin Setyan, Toshkent davlat sharqshunoslik insti- 
tuti kafedra mudiri Jumali Shabanov, Toshkent shahar 
polyak madaniy markazining raisi Yelena Kondratenko 
kabi ajoyib insonlaming ijtimoiy faoliyatini yuksak 
baholaydi.
2 9 - S h . M irziyoyev
449


Aziz vatandoshlar!
Mana, qirq yildirki, mening hayotim va faoliyatim 
jonajon Toshkent shahri bilan bogiiq holda kech- 
moqda.
Ayni shu azim shaharda oliy taiim oldim, tuz-nasiba 
topib, oilali boidim , farzandlar, nabiralar ko‘rdim, 
ming-minglab do‘st-u birodarlar, maslakdoshlar orttir- 
dim.
Qancha-qancha ulug‘ insonlar bilan muloqotda 
boiish, birgalikda ishlash baxti nasib etdi. Qayerda, 
qaysi vazifada ishlamayin, poytaxt ahlining samimiy 
munosabati, 
mehr-oqibatini, 
qoilab-quvvatlashini 
doimo his qilib kelaman va buning uchun yana bir bor 
barchangizga minnatdorchilik bildiraman.
Go‘zal poytaxtimizda mustaqillik yillarida amalga 
oshirilgan ulkan ishlarda mening ham kamtarin his- 
sam borligidan hamisha faxrlanib yuraman.
Qadrli do‘stlar!
Toshkent 
shahrining 
mamlakatimiz 
ijtimoiy- 
iqtisodiy hayotidagi beqiyos o‘mi va ahamiyati- 
ni hammamiz yaxshi bilamiz. Poytaxtimiz barcha 
sohalarda boigani kabi zamonaviy korxonalar tashkil 
qilish, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalami, 
ilg‘or usullami joriy etish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ham o‘mak va 
namuna bo iib kelmoqda.
Yuqorida aytib o‘tganimdek, bugungi kunda mam- 
lakatimiz yalpi ichki mahsulotining 16 foizdan ortig‘i, 
investitsiyalaming 18 foizdan, sanoat mahsulotlarining 
20 foizdan ziyodi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
Oxirgi besh yilda bu yerda yalpi hududiy mahsulot 
1,7 barobar, jumladan, sanoat mahsulotlari 2 mar-
450


ta, qurilish ishlari hajmi 2 karradan ziyod o‘sgani 
poytaxtimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanib 
borayotganini ko‘rsatadi.
Bugun biz erishilgan ana shunday yutuqlami e’tirof 
yetgan holda, eng aw alo, Toshkent shahri iqtisodiyoti 
va aholisi oldida turgan muammolar va ulaming 
yechimlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tsak, maqsadga 
muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayman.
Toshkent shahrini kelgusi besh yilda rivojlantirish 
bo‘yicha ishlab chiqilgan iqtisodiy dasturda, birin- 
chi galda, rivojlangan megapolislarga xos bo‘lgan, 
yuqori texnologiyaga asoslangan, dunyo bozorida 
raqobatdosh sanoat mahsulotlarining yangi turlari- 
ni ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni 
tashkil etish va axborot infratuzilmasini rivojlantirish 
hisobidan iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saq- 
lab qolish nazarda tutilgan.
Bu borada 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə