Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

yangi ish o‘rinlarini 
yaratish eng 
ustuvor vazifamiz b o iib qoladi. Hisob-kitoblarga 
ko‘ra, Toshkent shahrida kollejlar, akademik litseylar, 
oliy taiim muassasalari bitimvchilari va ishga muhtoj 
aholi uchun munosib ish haqi toianadigan qariyb 
80 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etishimiz lozim. 
Ushbu vazifani bajarish uchun quyidagi muhim chora- 
tadbirlami amalga oshirishimiz zarur.
Birinchidan, 
biz elektrotexnika, mashinasozlik, 
qurilish-pudrat tashkilotlari, meditsina xizmatlarini 
ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan 
kichik
biznes korxonalari uchun yangi rag‘batlantiruvchi
asoslar yaratamiz.
Shu borada bunday korxonalarda mavjud imtiyoz- 
lardan foydalanish uchun xodimlaming yillik sonini
451


120 tadan 240 kishigacha oshirishga imkon beradigan 
Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Buning nati- 
jasida ushbu tarmoqlarda jami 15 mingga yaqin yangi 
ish o‘rinlari tashkil qilinadi, yillik 1 trillion 600 milli- 
ard so‘mdan ortiq qo‘shimcha mahsulotlar ishlab chi- 
qariladi va xizmatlar ko‘rsatiladi.
Ikkinchidan, 
ma’lumki, Toshkent shahrida bank 
va moliya institutlarining markaziy idoralari faoliyat 
yuritadi. Binobarin, bu yerda 
bank xizmatlarining
turlari va sifati bo‘yicha hali ishga solinmagan kat-
ta imkoniyatlar mavjud.
Shu sababdan 
tijorat banklari tomonidan tad-
birkorlarga arzon foizli kreditlar berish 
orqali ular- 
ning loyihalarini moliyalashtirish hajmini ko‘paytirish 
hisobidan qancha-qancha yangi ish o‘rinlari yara- 
tish mumkin. Misol uchun, Toshkent shahrida 22 ta 
tijorat banki va ulaming 123 ta filiallari faoliyat 
yuritmoqda. Ularda 38 mingdan ortiq mijozlarga 
xizmat ko‘rsatilmoqda.
Agar tijorat banklarining har bir mijozi tomonidan 
qo‘shimcha ravishda kamida 3 tadan ish joyi yara- 
tilsa, Toshkent shahri bo‘yicha qo‘shimcha tarzda 
114 mingta ish o‘rinlari yaratiladi.
Shu bois tijorat banklari tomonidan 2017-yilda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun qariyb
1 trillion 208 milliard so‘mlik, yillik 9-10 foizli im- 
tiyozli stavkada mikrokreditlar berish dasturi ishlab 
chiqiladi.
Uchinchidan, 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
yana- 
da erkinlashtirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar
o‘ylaymanki, barchangizga yaxshi ma’lum.
452


Mamlakatimiz tadbirkorlari rejadan tashqari va 
muqobil tekshirishlaming bekor qilinishini, biznes 
yuritish uchun dadil, qo‘rqmasdan shaxsiy mablag‘lari- 
ni ishlatish yoki mulkini garovga qo‘yish, ish o‘rinlari 
tashkil etish, o‘z oilalari va ishchilarini daromad bi- 
lan ta’minlash imkonini beradigan yangi qonuniy 
normalami katta xursandchilik bilan qabul qilishdi.
Biroq, qabul qilingan bu normalaming amaliyotga 
to‘liq tatbiq etilishi bizning asosiy vazifamiz boiishi 
zamr. Davlat va nazorat qiluvchi organlaming har 
bir rahbari o‘z idorasi hamda xodimlari tomonidan 
tadbirkorlaming qonuniy huquqlari buzilishi uchun 
shaxsan javobgar boiishi lozim. Tadbirkorlaming 
ishonchini suiiste’mol qilishga bizning hech qanday 
haqqimiz yo‘q.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə