Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Zamonaviy o‘zbek ilm-fani tarixi va taraq-



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Zamonaviy o‘zbek ilm-fani tarixi va taraq-
qiyotini albatta Toshkent shahrisiz tasawur
etib boimaydi. 
Bu haqda gapirganda, 0 ‘zbekiston 
ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Obid 
Sodiqov, G‘ani Mavlonov, Sobir Yunusov, Obid 
Akromxo‘jayev, Sodiq Azimov, Shokir Alimov, Yah- 
yo G‘ulomov, Malik Nabiyev, Ergash Fozilov, Tursun 
Azlarov, Ulug‘ G‘ulomov, To‘rabek Dolimov, 0 ‘tkir
444


Islomov, To‘xtapo‘lat Risqiyev kabi ko‘plab marhum 
akademiklarimizning nomlarini - barchasining oxirati 
obod boisin - chuqur hurmat bilan esga olamiz.
Bugungi kunda Toshkent yirik ilmiy va mada-
niy markaz, tom ma’noda ma’rifat va ma’naviyat,
yoshlar va talabalar shahri hisoblanadi. 
Bu yerda 
0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi va 47 ta ilmiy- 
tadqiqot instituti, ilmiy markazlar, 39 ta oliy o‘quv 
yurti mavjud.
Shu bilan birga, xorijiy davlatlardagi yuqori nu- 
fuzga ega boigan universitet va institutlaming 7 ta 
filiali borligini alohida ta’kidlash lozim. V.Uspenskiy, 
R.Glier nomidagi mashhur musiqa maktablari, 0 ‘zbe- 
kiston davlat konservatoriyasi, Alisher Navoiy nomi- 
dagi milliy kutubxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Toshkent shahrining necha yuzlab fan doktorlari, 
professorlari ilm-fan va ta iim dargohlarida faoliyat 
ko‘rsatayotganini alohida ta’kidlash lozim.
Ana shunday ilm-fan fidoyilari - 0 ‘zbekiston 
Fanlar akademiyasining prezidenti Shavkat Solihov, 
akademiklar Oqil Salimov, Nusrat Parpiyev, Aziz 
Qayumov, Turg‘unpo‘lat Daminov, Shavkat Kari- 
mov, Sayyora Rashidova, Ra’no Ubaydullayeva, 
Abdumavlon Abdullayev, Mashhura Mavloniy, Shav- 
kat Ayupov, Shomansur Sa’dullayev, Shavkat Alimov 
hamda taniqli professorlar Shuhrat Egamberdiyev, 
G‘afurjon Muhamedov, Naim Karimov, Abbosxon 
To‘rayev kabi o‘nlab, yuzlab olimlarimiz o‘zlarining 
ilmiy izlanishlari, davlat va jamoat ishlaridagi fido- 
yiliklari bilan katta obro‘-e’tibor qozonganlar.
Aynan mana shunday atoqli olimlarimiz va 
ulaming yuzlab izdoshlari yaratgan muhit tufay-
445


li poytaxtimizning ilmiy salohiyati tobora yuksalib 
bormoqda.
0 ‘zim ham shu sohaga daxldor inson sifatida olim 
zotining noni qanchalik qattiq, ulaming mehnati igna 
bilan quduq qazishdek mashaqqatli ekanini yaxshi bi- 
laman. Shuning uchun ilm yoiida zahmat chekayotgan 
barcha insonlami men o‘zimga yaqin olaman, ular- 
ni jamiyatni olg‘a yetaklaydigan fidoyi insonlar deb 
hisoblayman.
Shu sababli mening dasturimda intellektual soha 
ahlining mehnatini qadrlash, ulaming izlanishlarini 
ro‘yobga chiqarish uchun zamr sharoit yaratib berish 
masalasi yetakchi o‘rin egallaydi.
Toshkent shahrida o‘zining halol mehnati, betakror 
iste’dod va mahorati bilan el-yurtimiz o‘rtasida yuk- 
sak hurmat topgan yurtdoshlarimiz haqida gapirganda, 
awalo, 0 ‘zbekiston Qahramonlari, mohir shifokorlar 
Malika Abdullaxo‘jayeva, Xolidjon Komilov, Zaynid- 
din Nizomxo‘jayev, Ravshanbek Qurbonov, zahmat- 
kash pedagoglar Turg‘un Azlarov, Mavluda Ismatova, 
mashhur navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva, ma- 
halla jonkuyari Xolxo‘ja Umarov, chilangar usta Er- 
kin Alimuhamedov, qumvchi Toir Dadaxonovning 
nomlarini ehtirom bilan tilga olamiz.
Go‘zal shahrimizning obod va ko‘rkam boiishida, 
uning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalari rivoj topishida 
o‘zining katta hissasini qo‘shgan aziz va mo‘tabar 
otaxon-u onaxonlarimiz hamisha bizlarga ishonchli ta- 
yanch, kuch-quwat, madadkor va maslahatgo‘y b o iib
kelmoqdalar.
Bu haqda gapirganda, Shuhrat Usmonov, Muha- 
madjon Zufarov, Madamin Hasanov, Shuhrat Jali-
446


lov, Ismoil Jo‘rabekov, Aziz To‘rayev, Abduka- 
rim Usmonxo‘jayev, Botir Toshxo‘jayev, Xatima 
Shayxova, Galina Melnikova, Xosiyat Yoqubjonova, 
Muborak Yunusxo‘jayeva, Dilbar G‘ulomova kabi 
insonlaming nomlarini tilga olib, ularga, barcha 
nuroniylarimizga cheksiz rahmatlar aytamiz.
Toshkent milliy madaniyatimiz va san’atimizning 
qadimiy va zamonaviy beshiklaridan biri sifatida ham 
barchamiz uchun aziz va qadrlidir. Buyuk san’atkor- 
lar - Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, Yunus Rajabiy, 
Mannon Uyg‘ur, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov, 
Karim Zokirov, Qudrat Xo‘jayev, G‘ani A ’zamov, Zi- 
kir Muhammadjonov, Botir Zokirov, Ergash Karimov 
kabi o‘nlab, yuzlab iste’dod sohiblari madaniyatimiz 
tarixida yorqin iz qoldirganini barchamiz yaxshi bila- 
miz.
Hozirgi kunda 0 ‘zbekiston xalq artistlari -
P o iat Saidqosimov, Rixsixon Ibrohimova, Yayra 
Abdullayeva, Elyor Nosirov, Afzal Rafiqov, Gulchehra 
Jamilova, Fanux Zokirov, G ‘ulomjon Yoqubov, Malika 
Ibrohimova, Xayralla va Yodgor Sa’diyevlar, Lutfiilla 
Sa’dullayev, Ismoil Jalilov, Dilbar Ikromova, Gavhar 
Zokirova, 0 ‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy, ta- 
niqli kinorejissor Zulfiqor Musoqov, 0 ‘zbekistonda 
xizmat ko‘rsatgan artistlar - Mahmud Ismoilov, 
Hojiakbar Komilov, Gulchehra Sa’dullayeva, Fatxulla 
Ma’sudov, 
Abduraim 
Abduvahobov, 
Abdulla 
Shomag‘rapov, Rashid Xoliqov, Tohir Sodiqov kabi 
iste’dod sohiblari faol ijod qilib kelmoqda.
0 ‘zbek zamonaviy tasviriy san’ati rivojiga 0 ‘zbe- 
kiston xalq rassomlari Chingiz Ahmarov, Malik 
Nabiyev, 0 ‘rol Tansiqboyev, Rahim Ahmedov, Jalo-
447



Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə