Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va moder-



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va moder-
nizatsiya qilish 
bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi. 
Bu borada yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, 
ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, irri- 
gatsiya-melioratsiya 
tizimini 
yaxshilash 
masala- 
lariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Navoiy 
viloyatining o‘ziga xos sharoitidan kelib chiqib, 
vohada chorvachilik, xususan, qo‘y-echki boqishni 
rivojlantirish, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, 
muqobil yoqilgi asosida issiqxonalar tashkil etish 
bo‘yicha aniq chora-tadbirlami amalga oshirish 
diqqatimiz markazida boiadi.
Yil - o‘n ikki oy jazirama issiqda, qorli-yomg‘irli 
kunlarda dasht-u qirlarda chorva ortidan yuradigan, 
el-yurtimizni go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’min- 
laydigan cho‘pon-cho‘liqlaming mashaqqatli meh- 
natini qadrlash, sohaga tegishli imtiyoz va prefe- 
rensiyalar berish bo‘yicha ham aniq rejalarimiz bor.
125


Biz Navoiy viloyatining cho‘1 va dasht minta- 
qalaridagi lalmi yerlami o‘zlashtirib, bu yerda dehqon- 
chilik va bog‘dorchilikni rivojlantirishga alohida 
ahamiyat qaratamiz.
Shu bilan birga, sug‘oriladigan yerlaming melio- 
rativ holatini yaxshilash, kollektor tarmoqlarini 
rekonstruksiya qilish, serhosil va ertapishar, mahalliy 
sharoitga mos ekin navlarini yaratish ishlari izchil 
davom ettiriladi.
Shu tariqa Navoiy viloyatida kelgusi besh yilda 
go‘sht, sut va tuxum yetishtirishni kamida 1,2 barobar, 
kartoshkani - 1,3 karra, meva-sabzavot va uzum 
yetishtirishni 1,3 marta ko‘paytirishimiz, ulami qayta 
ishlashni kengaytirishimiz zamr.
Yana bir muhim vazifa - ayrim tumanlar
budjetini subvensiyadan chiqarishdan iborat.
Bugungi kunda Xatirchi
Nurota, 
Navbahor 
tumanlarida budjet xarajatlarining 
50-67 
foizi, 
Qiziltepa tumanida 11 foizi Davlat budjetidan 
beriladigan subvensiya hisobidan qoplanmoqda.
Bunday holatdan qutulish uchun nima qilish kerak? 
Avvalo, xususiy mulk rivoji, tadbirkorlik va fermerlik 
uchun barcha qulay sharoitlami yaratib berishimiz 
zamr. Yangi zamonaviy korxonalar tashkil etish 
hisobidan ish o‘rinlarini ko‘paytirishimiz kerak.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə