tahkam sog‘liq, farovonlik va oilaviy baxt-saodat
tilayman!
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Toshkent xalqi o‘zining bag‘rikengligi va mehmon-
do‘stligi bilan butun dunyoda nom qozongan. 0 ‘z dav-
rida bu haqda «Toshkent - non shahri» degan kitob
va film yaratilgani ham buning tasdig‘idir. Ayniqsa,
Ikkinchi jahon urushida front mintaqalaridan ko‘chirib
keltirilgan turli millatga mansub ming-minglab yetim
bolalar, ayollar va keksalami o‘z bag‘riga olib, bir bur-
da nonini ham ular bilan baham ko‘rgan toshkentliklar
insoniylikning yuksak namunasini butun olamga
namoyon etdilar.
Bugungi kunda poytaxtimizda 130 dan ortiq mil-
lat va elat vakillari tinch-totuv hayot kechirmoqda.
Toshkent millati, tili va dinidan qat’i nazar, ulaming
barchasi uchun haqiqiy Vatanga aylanganini alohida
ta’kidlash o‘rinlidir.
El-yurtimiz o‘zining samarali mehnati bilan hurmat
topgan Respublika Baynalmilal markazi direktorining
o‘rinbosari
Sergey Mironov, Senat a’zosi Agrepina
Shin, Qozoq milliy madaniyat markazi raisi o‘rinbosari
Hamza Xolmuratov, Toshkent davlat jismoniy tarbiya
institutining prorektori Rishod Nabiullin, Ozarbayjon
milliy madaniyat markazi raisi Mobil Yakub o‘g‘li
Mamedov, Arman milliy madaniyat markazi raisi
Martin Setyan, Toshkent davlat sharqshunoslik insti-
tuti kafedra mudiri Jumali Shabanov, Toshkent shahar
polyak madaniy markazining raisi Yelena Kondratenko
kabi ajoyib insonlaming
ijtimoiy faoliyatini yuksak
baholaydi.
2 9 - S h . M irziyoyev
449
Aziz vatandoshlar!
Mana, qirq yildirki, mening hayotim va faoliyatim
jonajon Toshkent shahri bilan bogiiq holda kech-
moqda.
Ayni shu azim shaharda oliy taiim oldim, tuz-nasiba
topib, oilali boidim , farzandlar, nabiralar ko‘rdim,
ming-minglab do‘st-u birodarlar, maslakdoshlar orttir-
dim.
Qancha-qancha ulug‘ insonlar bilan muloqotda
boiish, birgalikda ishlash baxti nasib etdi. Qayerda,
qaysi
vazifada ishlamayin, poytaxt ahlining samimiy
munosabati,
mehr-oqibatini,
qoilab-quvvatlashini
doimo his qilib kelaman va buning uchun yana bir bor
barchangizga minnatdorchilik bildiraman.
Go‘zal poytaxtimizda mustaqillik yillarida amalga
oshirilgan ulkan ishlarda mening ham kamtarin his-
sam borligidan hamisha faxrlanib yuraman.
Qadrli do‘stlar!
Toshkent
shahrining
mamlakatimiz
ijtimoiy-
iqtisodiy hayotidagi beqiyos o‘mi va ahamiyati-
ni hammamiz yaxshi bilamiz. Poytaxtimiz barcha
sohalarda boigani kabi zamonaviy korxonalar tashkil
qilish, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalami,
ilg‘or usullami joriy etish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ham o‘mak va
namuna bo iib kelmoqda.
Yuqorida aytib o‘tganimdek,
bugungi kunda mam-
lakatimiz yalpi ichki mahsulotining 16 foizdan ortig‘i,
investitsiyalaming 18 foizdan, sanoat mahsulotlarining
20 foizdan ziyodi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
Oxirgi besh yilda bu yerda yalpi hududiy mahsulot
1,7 barobar, jumladan, sanoat mahsulotlari 2 mar-
450
ta, qurilish ishlari hajmi 2 karradan ziyod o‘sgani
poytaxtimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanib
borayotganini ko‘rsatadi.
Bugun biz erishilgan ana shunday yutuqlami e’tirof
yetgan holda, eng aw alo, Toshkent shahri iqtisodiyoti
va aholisi oldida turgan muammolar va ulaming
yechimlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tsak, maqsadga
muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayman.
Toshkent shahrini kelgusi besh yilda rivojlantirish
bo‘yicha ishlab
chiqilgan iqtisodiy dasturda, birin-
chi galda, rivojlangan megapolislarga xos bo‘lgan,
yuqori texnologiyaga asoslangan, dunyo bozorida
raqobatdosh sanoat mahsulotlarining yangi turlari-
ni ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni
tashkil etish va axborot infratuzilmasini rivojlantirish
hisobidan iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saq-
lab qolish nazarda tutilgan.
Bu borada
Dostları ilə paylaş: