Shu
sababdan,
2017-yilda
soddalashtirilgan
«yagona oyna» tizimi orqali ko‘rsatiladigan
davlat
xizmatlari turlari 30 tagacha ko‘paytiriladi. Bunda,
ushbu jarayonlami amalda tatbiq etilishi bo‘yicha
nazoratni kuchaytirib, ulami bajarmaganlik uchun
m a’muriy jazolash normalarini kiritamiz.
Beshinchidan,
Toshkent
shahrining
eski
shahar
qismidagi Zarqaynar mahallasi ko‘chalarida dunyo-
ning boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi kabi,
xususiy
tadbirkorlaming faoliyati va milliy me’morchilik
namunalari asosida «Eski Toshkent» nomli tarixiy-
madaniy va dam olish markazini tashkil etamiz.
Bu, bir tomondan, shu
hududda yashaydigan aholi
uchun o‘z biznesini tashkil qilishga va yangi ish
o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Ikkinchi tomondan,
chet ellik mehmonlar orasida bizning an’ana va urf-
odatlarimizni targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Ushbu markazdagi obyektlaming
qurilishi xususiy
tadbirkorlar tomonidan Milliy bankning imtiyozli
kreditlarini jalb qilgan holda moliyalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: