Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

To‘rtinchidan, 
Shahar va qishloqlarda transport 
ta’minotini yanada rivojlantirish dasturi tayyor- 
lanmoqda.
Viloyatda oxirgi besh yilda aholiga transport xizmati 
ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida 41 ta, jumladan, 
qishloqlar uchun 27 ta yo‘nalish ochildi.
Bu boradagi ishlaming davomi sifatida kelgusi 5 
yilda Navoiy viloyatida lizing asosida 83 ta avtobus
9 - S h . M irziyoyev 
129


xarid qilib, ulami belgilangan yo‘nalishlarga qo‘yish, 
5 ta zamonaviy avtobekat barpo etish, chekka hu- 
dudlarda yashovchi aholi uchun 49 ta yangi yo‘nalish 
tashkil etish kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Beshinchidan, 
Qishloq joylarda ichimlik suvi 
ta’minoti tarmoqlarini kengaytirish va modemizatsiya 
qilish dasturi ishlab chiqilmoqda.
Oxirgi besh yilda Navoiy viloyatida 755 kilometr 
suv tarmoqlari va 186 ta yer osti qudug‘i barpo etilib, 
buning natijasida 283 ming aholini toza ichimlik suvi 
bilan ta’minlash yaxshilandi. Viloyatda aholining suv 
bilan ta’minlanishi 80 foizdan oshdi.
Tayyorlanayotgan 
dasturda 
qishloq 
aholisini 
ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish
zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalami 
bosqichma-bosqich joriy etish yo‘li bilan suv ta’minoti 
sifatini 
yaxshilash, 
tabiiy 
resurslardan 
oqilona 
foydalanish choralari belgilanadi.
Kelgusi besh yilda Navoiy viloyatida 678 kilometr 
ichimlik suvi tarmoqlarini qurish rejalashtirilmoqda. 
Buning natijasida 257 ming aholini ichimlik suvi 
bilan ta’minlash yaxshilanib, viloyatda ichimlik suvi 
bilan ta’minlanish darajasi 2021-yilda 84,5 foizga 
yetkaziladi.
Oltinchidan, 
Ko‘mir tannarxi va aholiga xarid 
qiymatini pasaytirish, qish mavsumida bu borada 
chayqovchilik qilish va narxlaming oshib ketishini 
bartaraf etish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar 
dasturi ishlab chiqilmoqda.
Dasturda kuz-qish 
mavsumida 
mamlakatimiz 
tumanlari va qishloq joylarda ko‘mirga boigan talabni 
qondirish, aholini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash,
130


ko‘miming tannarxi va iste’molchilarga yetkazib berish 
narxini kamaytirish bo‘yicha kompleks qo‘shimcha 
chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Jumladan, aholiga 
qulaylik yaratish maqsadida Navoiy viloyati ko‘mir 
yetkazib bemvchi korxonasi tomonidan ko‘mimi 
bevosita mahallalarga olib borish va o‘sha yerda 
aholiga tarqatish yo‘lga qo‘yiladi.
Yettinchidan, 
Shahar va qishloq aholisining elektr 
energiyasidan foydalanishini yanada yaxshilash dasturi 
ishlab chiqilib, qabul qilinadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizdagi elektr energiyasi 
ishlab chiqaradigan quwatlaming 65 foizi eskirgan. 
Bunday holatni o‘nglash bo‘yicha davlatimiz to- 
monidan zamr chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu 
haqda gapirganda, birgina Navoiy viloyatida o‘tgan 
besh yilda 277 kilometr elektr tarmoqlari, 118 ta 
transformator yangitdan qurilib, 6 ming 370 kilometr 
elektr tarmoqlari, 1 ming 611 ta transformator kapital 
ta’mirlanganini ta’kidlash lozim.
Ishlab chiqilayotgan dasturda bu boradagi ishlami 
izchil davom ettirish nazarda tutilmoqda. Xususan, 
Navoiy viloyatida kelgusi besh yilda 454 kilometr 
elektr tarmoqlari, 188 ta transformator punktini qurish 
va rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə