Kelishildi docx


-mavzu. Sifatiy analiz usullarining sinflanishi



Yüklə 286,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/38
tarix22.03.2024
ölçüsü286,43 Kb.
#180702
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Kelishildi

2-mavzu. Sifatiy analiz usullarining sinflanishi.
Ochish va identifikatsiyalash usullarini tanlash va ularning vazifalari. Atomlar,
ionlar, molekula va moddalarni identifikatsiyalash. Bo‘laklab va sistematik analiz
qilish. Anorganik va organik moddalarni ochish va identifikatsiyalashning fizik
usullari. Mikrokristalloskopik analiz, pirokimyoviy analiz. Sifat analizining
xromatografik usullari. Analizning ho‘l va quruq usullari.
3-mavzu. Kimyoviy analizning metrologik asoslari.
Asosiy metrologik tushunchalar va tavsiflar: o‘lchash, o‘lchash usullari va
asboblari. O‘lchash natijalariniing haqiqiyligini ta’minlaydigan asosiy prinsiplar
va uslublar. Kimyoda matematik ifodalar, metrologik tushunchalar va tavsiflar.
Analizdagi xatoliklarining sinflanishi. Sistematik, tasodifiy, qo‘pol, absolyut va
nisbiy xatoliklar. Analizning asosiy bosqichlari. Analiz uchun usul tanlash va
analiz sxemasini tuzish. Analiz usulining asosiy tavsiflari: natijalarning to‘g‘riligi
va takrorlanuvchanligi, sezgirlik koeffitsienti, miqdoriy aniqlashning quyi va
yuqori chegaralari.
4-mavzu. O‘lchash natijalarini matematik statistika
yo‘li bilan qayta ishlash.
O‘rtacha qiymat, dispersiya, standart chetlanish, nisbiy standart chetlanish, qayta
takrorlanuvchanlik, aniqlik darajasi, ehtimollik chegarasi va intervali. Kimyoviy
analiz usulining asosiy tavsiflari. Sezgirlik, qayta takrorlanuvchanlik, Styudent
koeffitsienti, ishonchlik ehtimolligining funksiyasi, ishonchlilik chegarasi,
aniqlik, tanlanuvchanlik. Dispersiya, taqsimlanish mezoni, normal taqsimlanish
qonuni. Regression analiz metodi, graduirovkali grafik chizish uchun matematik
statistika usulidan
foydalanish. To‘g‘rilikni aniqlash usullari: standart
namunalardan foydalanish, qo‘shimchalar qo‘shish metodi, namuna tortimini
o‘zgartirish usuli, boshqa usullar bilan solishtirish va hokazo.Darajali grafik
tenglamasini tuzishda kichik kvadratlar usulidan foydalanish, qo‘shish usulari
torimni o‘zgartirish usuli, boshqa metodlar bilan solishtirish usullari.


11

Yüklə 286,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə