Kelishildi docx


-mavzu. Namuna olish va namuna tayyorlash nazariyasi, amaliyoti



Yüklə 286,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/38
tarix22.03.2024
ölçüsü286,43 Kb.
#180702
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Kelishildi

5-mavzu. Namuna olish va namuna tayyorlash nazariyasi, amaliyoti.
Standart namunalar tayyorlash, shahodatlash va ulardan foydalanish. Analitik
laboratoriyalarni metrologik shahodatlashdan o‘tkazish. Namuna olish va namuna
tayyorlash nazariyasi va amaliyoti. Analizga birlamchi namuna olish. Namuna va
analiz obyekti. Gomogen va geterogen tarkibli namunalar olish. Qattiq, suyuq va
gaz holatdagi moddalardan o‘rtacha namuna olish usullari. Namunani analiz
qilinadigan shaklga o‘tkazish, bosim va harorat ta’sirida parchalash va hok.
6-mavzu. Kimyoviy muvozanat.
Kimyoviy qaytar reaksiyalar. Massalar ta’siri qonuni. Analitik kimyoda
muvozanatning asosiy turlari: kislota-asosli muvozanat, kompleks hosil qilish,
oksidlanish-qaytarilish, cho‘ktirish, ekstraksiya, sorbsiya. Analitik va muvozanat
konsentratsiya. Elektrostatik kuchlarning elektrolit tabiatiga va reaksion
qobiliyatga ta’siri. Aktivlik, aktivlik koeffitsienti. Eritmaning ion kuchi. Aktivlik
koeffitsientlarini ion kuchi turlicha bo‘lgan eritmalar uchun hisoblash. Chekli va
kengaytirilgan Debay va Gyukkel qonunlari. Moddaning standart holatdagi
aktivligi. Kimyoviy reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar. Muvozanat
konstantalari (termodinamik, konsentratsion va shartli) ular orasidagi bog‘liqlik.
Har bir turdagi muvozanat konstantasiga ta’sir etuvchi omillar. Ko‘p bosqichli
reaksiyaning muvozanat konstantasi va uning bosqichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Kimyoviy muvozanatni siljitish usullari (chapga, to‘g‘riga, o‘ngga).
7-mavzu. Kislota asosli muvozanat.
Suvning ion ko‘paytmasi, ular orasidagi bog‘lanish. Vodorod va gidroksil ion
ko‘paytmalari orqali muhitning kislotaliligi va asosliligini tavsiflash, ularning
ko‘rsatkichlari. Moddalarning ideal va real sistemalardagi holatlari. Reaksiyalar
va jarayonlarni analitik kimyoda boshqarish.
Kislota-asosli reaksiyalar.
Kislota
va asoslar haqida hozirgi zamon tushunchalari. Brensted-Louri nazariyasi. Asosli
va kislotali konstantalari.

Yüklə 286,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə