Kent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə50/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Adabiyotlar:


  1. Xodjayev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va seminaroti. – T.: Sano- Standart, 2017.

  2. Халиков А.А. Педагогик маҳорат. Дарслик. – Тошкент, Иқтисод молия, 2012.

  3. Джураев Р.Х., Турғунов С.Т. Таълим менежменти. – Тошкент., “Voris- Nashriyot”., 2006.

  4. Omonov N.T., Madyarova S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Т.: Iqtisod–moliya, 2009.

  5. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Т.: “Fan va texnologiyalar” нашриёти, 2006.

Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture.
USA, 2012 Routledge.

Mavzu: Ta’lim oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish. Mashg‘ulot rejasi:


  1. Ta’lim oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish.

  2. Prezident maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish.

  3. Ijod maktablarida o‘quvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish.

  4. TRIZ metodlari.

Ta’limning asosiy roli o‘quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarurbo‘lgan kompetensiyalar bilan ta’minlashdan iborat. Kreativ fikrlash bugungi yoshlarning rivojlanishlari uchun kerakli kompetensiya hisoblanadi [2]. Bu ularga globallashuv sharoitida jadallik bilan o‘zgarib borayotgan, savodxonlik va raqamlash ilgari surilgan hamda “21-asr” ko‘nikmalariga ega moslashuvchan kishilarni talab qiladigan dunyoga moslashishga yordam beradi. Kreativ fikrlashni o‘rgatish bugungi kun o‘quvchilari va yoshlariga dolzarb muammolarni yechish uchun yangi texnologiyalardan foydalangan holda hali yaratib ulgurilmagan sektorlarda yoki vazifalarda ishlash, shu bilan birga mashinalar bajara olmaydigan ishlarni osonlikcha amalga oshira olish hamda murakkab mahalliy va global muammolarning yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi. PISA xalqaro tadqiqot dasturida o’quvchilarning aynan ijodiy(kreativ) fikrlashi baholanadi. Tadqiqotda kreativ fikrlash termini yosh avlodning yaratuvchanlik kompetensiyasi bilan ishlash, bilim olishni rag‘batlantiruvchi hamda haqiqiy va samarali yechim topishga yo‘naltiruvchi g‘oyalarni shakllantirish bilimda yoki ta'sirli tasavvur ifodalarida yuksalish sifatida izohlangan. Kreativ fikrlashga berilgan bunday izoh kreativ fikrlash yo‘nalishidagi strategik maslahatchi ekspertlar guruhi tomonidan berilgan ta’rifga mostushadi.Bu ta’limning barcha turlarida va barcha fan sohalarida tahsil oluvchi o‘quvchilarning g‘oyalar yaratish jarayonida qay darajada ishtirok etishi, g‘oyalarning ahamiyati va yangiligini inobatga olib, ularga nisbatan o‘z munosabatlarini qay tartibda bildirishini va o‘zlari kutgan natijaga erishmagunga qadar g‘oyalarni yaratishda davom etishini nazarda tutadi. Shuningdek, bu fanlararo mutaxassislar rahbarligi va ijodga oid adabiyotlarni hartomonlama ko‘rib chiqish orqali ma’lum qilingan. O’quvchilarda kreativ fikrlashni tarkib toptirishdan avval bu qobiliyatni ularda 2 shakllantiruvchi pedagog-xodimlarda bu sifat bo’lmog’i lozimligi kunday ravshan bo’lib qoladi. So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Balki o‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy,
kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. Olimlarning fikricha o‘quv mashg‘lotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi. Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor)
– individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatdir. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq. Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasisifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilabberadi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshiriq, masala va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash) O‘qituvchining ijodkorligi u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda. “Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:

  1. o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;

  2. o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Jumladan, ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash, ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish va hok Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatidaquyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur: har bir pedagogning o‘zini o‘zi rivojlantirishi va o‘zini o‘zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq. Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlikqobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib- o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun o’quvchilik yillarida poydevor qo‘yiladi va izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishgaalohida e’tibor qaratishi zarur.

“Yosh avlodning har tomonlama kamol topishi istiqlol yillarining eng dolzarb vazifalaridan biri bo’lib kelmoqda. Vatanimizda ham bu borada ancha samarali ishlar bajarilmoqda. Kadrlar tayyorlash tizimida shaxs bosh subyekti sifatiga ko’riladi. Shaxsning o’qimishliligi va uning yaratuvchanlik malakasi milliy dasturni amalga oshirishning asosiy natijasi bo’lmog’i darkor. Birinchi Prezident I.A.Karimov milliy dastur to’g’risidagi o’z nutqida: “Faqatgina chinakam ma’rifatli odam
inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon jamiyatidagi o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashish mumkin” deb ta’kidlangandi.”‘’Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishi ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi
bilimlar o’zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va inovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.“Jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni zamonning o’zi talab qilmoqda”- dedi Prezidentimiz. ‘’Prezident maktablari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi Nizom bilan Prezident maktablarining maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab berildi. Xususan, ushbu maktablarning asosiy maqsadi ma’nan yetuk va intellektual barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Prezident maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Prezident maktablariga 4-sinf (birinchi o‘quv yilida 4—9-sinflar) bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari – matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo — bo‘yicha a’lo bahoga tugatgan) o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. Ushbu Nizom Prezident maktablarining maqomi, maqsadi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Prezident maktablari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘linmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, logotipga, shtampga va blankalarga ega bo‘ladi. Prezident maktablari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o‘z ustaviga amal qiladi. Prezident maktablari bevosita O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) bo‘ysunadi. Vazirlik Prezident maktablari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) Prezident maktablari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi, jumladan, ularning faoliyatini metodik va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Prezident maktablarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi. Prezident maktablarida asosiy o‘quv dasturi bilan birgalikda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish nazarda tutiladi. Prezident maktablari davlat akkreditatsiyasidan qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organi tomonidan o‘tkaziladi. Prezident maktablarini tashkil etishning maqsadi iqtidorli bolalarni aniqlash, ta’lim jarayonida ilg‘or
texnologiyalarni qo‘llagan holda ularni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, iste’dodli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’nan yetuk va intellektual jihatdan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Quyidagilar Prezident maktablarining asosiy vazifalari hisoblanadi: iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o‘qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘quvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish; tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishni tashkil qilish, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilarni o‘qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o‘qitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va keyinchalik ijobiy tajribani xalq ta’limi tizimiga tatbiq etish; o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik san’atini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini oshirish; o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash; o‘quvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuyg‘usini, bag‘rikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish munosabatini, hayotga qat’iy ishonch va qarashlarni shakllantirish; o‘quv dasturlarining uzluksizligini ta’minlash masalalarida shu yo‘nalishdagi milliy va xorijiy umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarning ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalarida va ularning respublikamizdagi filiallarida o‘qishini davom ettirish.
Prezident maktablari quyidagi huquqlarga ega: belgilangan (ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan o‘quvchi taqsimlangan, 24 nafar o‘quvchidan iborat) yillik qabul kvotasi doirasida o‘quvchilarni qabul qilish; tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;o‘z ustavida belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalarni jalb qilish;ishchi organ bilan birgalikda yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va boshqa xodimlarni jalb etish;vazirlik hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat siyosati, ijtimoiy-madaniy va xalq ta’limi sohasidagi muhim masalalarni muhokama qilish va dolzarb muammolarni hal etishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, majlislarda va boshqa tadbirlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;vazirlikning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘ziga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida, samarali va sifatli bajarish uchun belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (guvohnoma, shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi
xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) berish; sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlov jarayonini amalga oshirish orqali eng yaxshi takliflar asosida tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma tuzish. Prezident maktablari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.Prezident maktablari:mazkur Nizomda, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari, o‘z ustavida belgilangan vazifa va funksiyalarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali bajarishga;ta’lim jarayonini sifatli va samarali tashkil etishga; vazirlik tomonidan o‘z vakolati doirasida berilgan topshiriqlar va ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;Prezident maktablarining o‘quvchilari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashga;ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari, usullari va vositalarining umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlashga majbur.Prezident maktablari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. Ushbu Nizom Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilari va xodimlarini (o‘rindosh xodimlar) qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.Prezident maktablarining xodimlari uchun belgilanadigan rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlar va ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy rag‘batlantirish turlariga qo‘shimcha tarzda belgilanadi.Quyidagilar Prezident maktablarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; Prezident maktablarining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan ruxsat etilgan pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan va boshqa faoliyat turlaridan tushgan mablag‘lar. Prezident maktablari belgilangan tartibda tasdiqlangan va vazirlikda ro‘yxatdan o‘tgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.Prezident maktablari vazirlikka taqdim etish uchun belgilangan tartibda buxgalteriya hisobotini yuritadi. Prezident maktablarida ta’lim jarayoni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hisobga olingan holda, umumiy o‘rta ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan hamda vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘quv jarayonining jadvali, o‘quv mashg‘ulotlarining turlari va davomiyligi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasi, tashkil etish shakllari va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqiladigan hamda vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim dasturlari va vazirlikning boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish xalqaro ta’lim standartlarini inobatga olgan holda, umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ta’lim sifatini nazorat qilishni ta’minlash uchun maxsus xorijiy tashkilotlar ham jalb qilinishi mumkin.Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (guvohnoma, shahodatnoma) beriladi. Prezident maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) topshirish huquqiga ega bo‘ladilar va ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatini taqdim etuvchi xalqaro diplom oladilar. Prezident maktablariga xalqaro namunadagi diplom berish huquqi belgilangan tartibda tegishli vakolatli xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tganidan so‘ng beriladi.O‘quvchilarni sinfdan sinfga tegishli imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish natijalari bo‘yicha Prezident maktabi Ijrochi direktorining buyrug‘i bilan o‘tkaziladi.Imtihon natijalarini baholash mezonlari ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot tomonidan vazirlik bilan birgalikda belgilanadi.O‘quvchining bir yoki bir nechta fanlardan reyting natijasi pasaygan taqdirda, u bilan individual ish olib boriladi.O‘quvchining reyting natijalari pasayishini belgilaydigan mezonlar ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot tomonidan vazirlik bilan birgalikda belgilanadi. Prezident maktablarining o‘quvchilari safidan quyidagi hollarda chiqariladi: o‘quvchining o‘z tashabbusi bilan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish (ota- onasining yoki qonuniy vakillarining arizasi asosida); individual ish olib borilishiga qaramasdan, reytingi va akademik o‘zlashtirishning tizimli pasayishi;
Prezident maktabining o‘quv intizomi va ichki tartib qoidalarini bir necha marta buzish.
Rivojlanishning eng yuksak cho`qqisi esa hamisha taffakkur va tasavvurning voqelanishi orqali zabt etiladi. Ilm-ma’rifatga tayanilgan har bir faoliyat - bu najot, bu farovon hayot demakdir. Bejiz Ilmga ishongan qo`llar qanotga aylanadi deb aytmaydilar. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatida ham , aslida, buyuk moziydan sas berib turgan, hali hamon o`z tafakkur yolqinlari bilan bashariyatni hayratga solayotgan ajdodlarimiz izidan shahdam odimlayotgan, kelajakda katta marralarni ko`zlagan yoshlarning ilmiy va ijodiy hayoti aks etadi. Bugun ularga havas-la boqmagan ko`z, ularga yaratilayotgan imkoniytlarni e’tirof etmagan yurak qolmadi. Bu havaslar, bu ishonchlarga munosib bo`lish esa maktab o`quvchilarini tinimsiz ilmiy-ijodiy faoliyatga undamoqda. Karantin sharoiti bo`lishiga qaramay PIIMA tasarrufidagi maktablarda ta’lim tizimi jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi
tomonidan o`quvchilarning darsdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli va samarali o`tkazishlarini tashkillashtirish maqsadida “Cerebrum” nomli intellektual mantiqiy tanlovi o`tkazildi. PIIMA qoshidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida eng kuchli jamoalarni aniqlash, oʻquvchilarni karantin vaqtida intellektual ijodkorlikka jalb etish, iqtidorli oʻquvchilar orasida raqobatbardosh muhitni yaratish, Masofadan turib jamoa bilan ishlashni rivojlantirish, oʻquvchilar oʻz ustida ishlashi uchun qulay muhit yaratish, ilmiy – ommabop tadbirlarni tashkil qilish metodikasini rivojlantirish kabi qator tizimli maqsadlarni o`zida jam etgan mazkur tanlov jo`shqin va bahs-munozarali onlarga boy o`tdi. Ilk marotaba tashkil etilayotgan tanlovning har bir turniri agentlik tasarrufidagi maktab o`quvchilarida katta qiziqish uyg`otdi. Dastlabki saralash bosqichi 2020 yil, 20 may kuni soat 15:00 da oʻtkazildi va unga 16 jamoa (4 Prezident maktabi (Toshkent, Xiva, Namangan, Nukus, ), 9 ijod maktablari va 3 ixtisoslashtirilgan maktablar) jalb etildi. Jarayonalarni kuzata turib shunga amin bo`ldikki, o`quvchi yoshlar tafakkuri yuksak, tasavvuri keng. Ular tom ma’noda buyuklar vorisi. Dastlabki bosqich natijalarga ko`ra 4 ta maktab : Toshkent shahridagi Prezident maktabi , Xiva shahridagi Prezident maktabi, Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi jamolari final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdilar . Prezident maktab o'quvchilarining darsdan tashqari faoliyati maktab o'quvchilarining (maktabdan tashqari) barcha faoliyat turlarini birlashtirgan tushuncha bo'lib, unda ularni o'qitish va ijtimoiylashtirish muammolarini hal qilish mumkin va maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy maktabda bola quyidagi sinfdan tashqari mashg'ulot turlari bilan

tanishishi







kerak:

O'yin







faoliyati;

Kognitiv faoliyat;










Muammoli

qiymatli




aloqa;

Dam olish

va

ko'ngilochar

tadbirlar;

Badiiy







ijod;

Ijtimoiy







ijodkorlik;

Mehnat







faoliyati;

Sport va

jismoniy




mashqlar;

Turistik va o'lkashunoslik faoliyati. Prezident maktab o'quvchilarining darsdan tashqari faoliyatini tashkil etishda muvaffaqiyatga erishish uchun o'quv natijalari va ushbu mashg'ulotning ta'sirini ajratib ko'rsatish kerak.
Ta'lim natijasi talabaning ushbu faoliyatda bevosita ishtirok etishining natijasi.Effekt natijaning natijasidir, natijaga erishish nimaga olib keldi.
O'quvchilarning darsdan tashqari mashg'ulotlaridagi ta'lim natijalari uch darajaga teng bo'lishi mumkin.Natijalarning birinchi darajasi maktab o'quvchisi tomonidan ijtimoiy bilimlarni egallash, ijtimoiy voqelik va kundalik hayotni birlamchi tushunishdir. Ushbu natijalarga erishish uchun talaba uchun muhim bo'lgan ijtimoiy bilimlar va kundalik tajribaning tashuvchisi sifatida o'qituvchilari bilan o'zaro aloqasi alohida ahamiyatga ega. Natijalarning ikkinchi darajasi talabalarga tajriba orttirish va jamiyatning asosiy qadriyatlariga ijobiy munosabat, umuman ijtimoiy voqelikka bo'lgan munosabatdir.Ushbu natijalarga erishish uchun o'quvchining sinf, maktab darajasida boshqa o'quvchilar bilan o'zaro aloqasi alohida ahamiyatga ega. Natijalarning uchinchi darajasi talabalarning mustaqil ijtimoiy harakatlar tajribasiga ega bo'lishidir. Ushbu natijalarga erishish uchun o'quvchining maktab tashqarisidagi ijtimoiy aktyorlar bilan ochiq jamoat sharoitida o'zaro munosabati alohida ahamiyatga ega.Boshqa so'z bilan:Prezident maktab o'quvchisi ijtimoiy hayotni biladi va tushunadi.Prezident maktab o'quvchisi ijtimoiy hayotni qadrlaydi. Sinfdan va darsdan tashqari mashg'ulotlar o'rtasidagi munosabatni shakllantirish mumkin emas, chunki Darslarda berilgan o'quv vazifalari bevosita hal qilinadi. To'garaklar va tanlovlar kabi ko'plab darslardan tashqari mashg'ulotlar ta'lim muammolarini hal qilishga qaratilgan. San'at, teatr studiyalari, sport sektsiyalari maktab soatlaridan tashqarida o'tkaziladi, ammo ular ta'lim muammolarini hal qilish bilan bog'liq bo'lmagan yoki bilvosita bog'liq bo'lishi mumkin, bu ularni maktab o'quvchilarining darsdan tashqari yoki maktabdan tashqari faoliyati bilan bog'liq. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar bir sinf yoki o'quv parallel o'quvchilari o'rtasida norasmiy aloqa uchun sharoit yaratishga qaratilgan va aniq ta'lim va ijtimoiy-pedagogik yo'nalishga ega (munozaralar klublari, qiziqarli odamlar bilan kechki uchrashuvlar, ekskursiyalar, keyingi munozara bilan teatr va muzeylarga tashriflar, ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlar, mehnat tadbirlari). ) Maktabdan tashqari mashg'ulotlar bolalarning ijodiy qiziqishlarini rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish va ularni badiiy, texnik, ekologik, biologik, sport va boshqa mashg'ulotlarga jalb qilish haqida gap ketganda, qo'shimcha ta'lim berish bilan chambarchas bog'liq.Maktabdan tashqari mashg'ulotlar va bolalarning qo'shimcha ta'limi o'rtasidagi bog'liqlik turli xil tanlovlar, maktab ilmiy jamiyatlari, kasaba uyushmalari va elektoral kurslardir. Ular tomonidan qo'yilgan maqsad va vazifalar, ishning mazmuni va usullariga qarab, ularni o'quv jarayonining bir va boshqa sohalariga ajratish mumkin. Umumiy o'rta ta'lim tizimida maktabdan tashqari mashg'ulotlarning ta'lim yo'nalishiga - maktab o'quvchilarining o'quv faoliyatiga ustunlik beriladi.Ushbu Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim beriladigan ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarining (keyingi o‘rinlarda — umumiy o‘rta ta’lim
muassasalari) faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingini (keyingi o‘rinlarda — reyting) aniqlash tartibini belgilaydi.Mazkur Nizom Prezident maktablari hamda imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Reyting O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatininazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Ta’lim inspeksiyasi) va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida tuziladi.Reytingni tuzish maqsadida o‘quv yili davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini qo‘llashda asos hisoblanadigan zarur ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkaziladi.
Reytingni aniqlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Quyidagilar reytingni aniqlashning maqsadi hisoblanadi: umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbarlari va pedagoglarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini oshirish, mehnatini munosib qadrlash, faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish; mahalliy boshqaruv organlarining o‘z hududlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan faoliyatini kuchaytirish.Quyidagilar reytingni aniqlashning vazifalari hisoblanadi:
Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritish, ko‘rsatkichlari past bo‘lganlarining faoliyatiga oid tahliliy ma’lumotlarni ta’lim sohasidagi vakolatli organlar va tashkilotlarga taqdim etish; Reyting natijalaridan kelib chiqib, direktorlar va ularning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, tegishli hududlar hokimlari va ularning ta’lim bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga baho berish; Rahbar xodimlar, pedagog va o‘qituvchilarning faoliyati samaradorligini hisobga olib, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. Ta’lim inspeksiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda har yili 20-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ta’lim inspeksiyasi hamda tizimida umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar) xodimlaridan iborat tegishli hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari (yozma ish va test sinovi)ni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — ishchi
guruhlar) tuziladi.Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha jadvallar har yili 1- fevralga qadar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi platformaga (monitoring.tdi.uz) (keyingi o‘rinlarda — maxsus platforma) joylashtiriladi. Jadvallar ularga tegishli ma’lumotlar kiritilib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining direktorlari tomonidan tasdiqlangan holda 25-aprelga qadar hududiy bo‘linmalarga taqdim etiladi.Hududiy bo‘linmalar tomonidan jadvallar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda har yili 1-mayga qadar maxsus platformaga joylashtiriladi.Maxsus platformaga reyting aniqlanayotgan yilning 1- mayidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ma’lumotlarning maxsus platformaga belgilangan muddatdan kechikmay va to‘g‘ri kiritilishi uchun hududiy bo‘linmalar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonida hududiy bo‘linmalar tomonidan taqdim etilgan materiallar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan qo‘shimcha o‘rganilishi mumkin.Asoslantiruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan ma’lumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun ishchi guruhlar tomonidan har o‘quv yili davomida Ta’lim inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi birgalikda qur’a tashlash orqali tanlab oladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari o‘tkaziladi. Ijtimoiy so‘rovnoma umumiy o‘rta ta’lim muassasasi yuqori sinf o‘quvchilari va pedagoglar jamoasi o‘rtasida o‘tkazilib, unda pedagog va rahbar xodimlar faoliyati, umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda pedagog xodimlarning dars berish mahorati haqida o‘quvchilarning fikri, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘qitish muhiti haqida pedagog xodimlar fikri o‘rganiladi. Pedagogik jamoa bilan o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovnomada umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi o‘qituvchilarning kamida uchdan ikki qismi qatnashadi. Ijtimoiy so‘rovnoma savollari xalq ta’limi tizimidan mutaxassislarni jalb qilgan holda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan tuziladi.Nazorat ishlari umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish va test sinovi shaklida o‘tkaziladi.Nazorat ishlarini o‘tkazish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kamida bitta sinfi ishchi guruh tomonidan qur’a tashlash orqali tanlab olinadi.Ijtimoiy so‘rovnoma va nazorat ishlarini o‘tkazish tartibi, ijtimoiy so‘rovnoma savollarining soni, shuningdek, nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar va topshiriqlar soni Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.Ta’lim inspeksiyasida ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari materiallari qutilarga solinib muhrlanadi va maxsus qoplarga joylashtirilib, hududlarga yuborish uchun Davlat feldyegerlik
xizmatiga topshiriladi.Davlat feldyegerlik xizmati nazorat ishlari materiallari solingan maxsus qoplarni Ta’lim inspeksiyasining hududiy bo‘limlariga yetkazib beradi. Joylarda ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari o‘tkazilgandan so‘ng nazorat ishlari materiallari ishchi guruhlar tomonidan qutilarga solinib muhrlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari materiallari solingan qutilar Ta’lim inspeksiyasiga ishchi guruhlar tomonidan yetkazib beriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari materiallari solingan qutilar maxsus qoplarda Davlat feldyegerlik xizmati orqali Ta’lim inspeksiyasiga yetkaziladi.Ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari Ta’lim inspeksiyasiga jalb etiladigan ekspert va mutaxassislar tomonidan baholanadi. Baholash jarayoniga jalb etilgan ekspert va mutaxassislarga Ta’lim inspeksiyasi bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida haq to‘lanadi. Ekspert va mutaxassislarga to‘lanadigan haq miqdori ularning bajargan ishlariga mutanosib ravishda tomonlar kelishuviga muvofiq belgilanadi.Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari natijalari Ta’lim inspeksiyasi tomonidan reytingni aniqlashda asos bo‘ladi.
Reytingni aniqlash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun bitiruvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xususan: davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlarida qatnashgan bitiruvchilar soni va ularning to‘plagan ballari bo‘yicha ma’lumotlar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan; O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallariga qabul imtihonlarida qatnashgan bitiruvchilar soni va ularning to‘plagan ballari, xalqaro e’tirof etilgan nufuzli reyting agentliklarining (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) top 1000 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan bitiruvchilar soni va ularning to‘plagan ballari bo‘yicha ma’lumotlar — mazkur oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan Ta’lim inspeksiyasi so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.Reyting quyidagi hisoblash tamoyillari asosida aniqlanadi: reytingda ishtirok etayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ballari har bir mezon bo‘yicha alohida hisoblanadi; tegishli mezon bo‘yicha eng yuqori natijaga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga mazkur mezon uchun belgilangan eng ko‘p ball beriladi;
qolgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ballari eng yuqori ballga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ballari yig‘indisiga nisbatan hisoblab chiqariladi;har bir mezon bo‘yicha hisoblangan ballar yig‘indisi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining reytingi belgilanadi. Bunda, ballari yig‘indisi teng bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining reytingi tasdiqlangan mezonlar kesimida eng yuqori ball ko‘rsatkichlari nazarda tutilgan mezon bo‘yicha to‘plangan balldan kelib chiqqan holda ustuvorlik berib aniqlanadi. Ustuvorlik berilgan mezon bo‘yicha teng ballik umumiy o‘rta ta’lim muassasalari mavjud bo‘lganda, ularning har biriga tegishli o‘rin beriladi. Reyting natijalari har yili yangi o‘quv yili boshlanishidan kechikmay Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.
Ijod maktablari tashkil etilishining maqsadi va vazifasi:
Badiiy adabiyot va ijod sohalariga qiziqadigan, iqtidorli yoshlarni isteʼdodni yana-da rivojlantirish uchun barcha hududlarda sharoit yaratish. Iqtidorli yoshlarga adabiyot, tilshunoslik va chet tilini mukammal oʻrgatish.
Bugungi kunda:
Atoqli adib va shoirlarimiz nomlari bilan atalgan 9 ta ijod maktabi mavjud (1 623 nafar oʻquvchiga 246 nafar pedagog taʼlim bermoqda).
Jumladan, Muhammadrizo Ogahiy (Xorazm), Isʼhoqxon Ibrat (Namangan), Abdulla Qodiriy (Toshkent), Hamid Olimjon va Zulfiya (Jizzax), Ibroyim Yusupov (Qorqalpogʻiston Respublikasi), Erkin Vohidov (Fargʻona), Abdulla Oripov (Qashqadaryo), Halima Xudoyberdiyeva (Sirdaryo), Muhammad Yusuf (Andijon). 2019-yilda 3 ta ijod maktabi ochildi. Ogahiy Xivada, Halima
Xudoyberdiyeva Gulistonda, Abdulla Qodiriy Toshkentda.
2020-yilda Buxoro(Muxtor Ashrafiy, bastakor) va Surxondaryo (Roʻzi Choriyev, rassom) viloyatlarida ijod maktablari ochilishi rejalashtirilmoqda.
Yangi oʻquv yilidan:
ijod maktablarining oʻquv rejasi takomillashtirilib, yangi ixtisoslik fanlar qoʻshiladi.
Jumladan, Adabiyot qoidalari, Adabiy jarayon, Notiqlik sanʼati, Xalq ogʻzaki ijodi, Matnshunoslik, Publitsistika, Tarjima qoidalari, Dramaturgiya fanlarini oʻqitishga xaftasiga 25 soat ajratiladi (7-11 sinfda jami soat 175);
Ijod maktablari oʻquvchilari dunyo kinematografiyasining 100 ta eng yaxshi namunasini va dunyo adabiyotining eng sara 100 ta asarini toʻliq oʻrganib, tahlil qiladi.
Ijod maktabining umumtaʼlim maktabidan farqi:
Ona tili, adabiyot, chet tillari va ixtisoslik fanlari chuqur oʻrgatiladi.
Sinflarda oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil etadi (boshqa maktablarda 35 nafar). Individual ishlash uchun sharoit yaratilgan.
Mashhur adiblar, yozuvchilar, shoirlar tomonidan muntazam ravishda master klasslar tashkil etiladi.
Oliy taʼlim muassasalariga biriktiriladi, OTM lar metodik yordam beradi, oʻqituvchilar bilan taʼminlaydi.
Oʻquvchilar 7 sinfdan, tanlov asosida qabul qilinadi.
Yangi oʻquv yilidan ijod maktablarining oʻquv rejasi takomillashtiriladi.
Jumladan.
12 ta asosiy fanning (ona tili va adabiyot, tarix, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, tarbiya, rus tili, ingliz tili, geografiya, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik) darslik va oʻquv dasturlarini yangidan ishlab chiqiladi va interaktiv tarzda chuqurlashtirib oʻqitiladi.
10 ta toʻldiruvchi fanning (musiqa, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya, dunyo dinlari tarixi, davlat va huquq asoslari, odobnoma, vatan tuygʻusi, iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari) bir qismi asosiy fanlarga integratsiya qilinishi va qolganlarini fakultativ sifatida oʻqitilishi belgilanadi.
Ijod maktablari oʻquvchilari boʻlajak tarjimon, jurnalist, lingvist olim, shoir, yozuvchi, diplomat boʻlishi bilan bir qatorda, vatanparvarlikni targʻib qiluvchi kadr boʻlib yetishishadi
Evropa, Yaponiya, Isroil va ayrim mamlakatlar. Kitob muhandislar va ixtirochilar, olimlar uchun mo'ljallangan va ijodiy vazifalarni hal qiluvchi odamlar, universitet talabalari va davlat tuzumi Bu o'qituvchilar uchun foydali bo'lishi mumkin universitetlar, maktab o'qituvchilari va o'rta maktab o'quvchilari. Bundan oldin" TRIZ", "qonunlar" kitoblari chop etildi tizimlarning rivojlanishi","muhim tahlil".
TRIZ - "ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasi" ning qisqartmasi. Har qanday boshqa nazariya singari, o'z strukturasi, vazifalari va algoritmi ham mavjud. Ko'pgina ota-onalar TRIZning elementlarini bolalar bilan birga o'qishadi, hatto buni bilishmaydi.
Maktabgacha tarbiyachilar uchun TRIZ - bu asosiyni o'rnini bosa olmaydi.
Mavjud ta'lim usullari samaradorligini oshirish maqsadida yaratildi.
Ko'pgina o'yinlar onalar va o'qituvchilarga yaxshi tanish, ammo ta'lim va rivojlanish muntazam ravishda amalga oshirilganda, bolaning yangi ko'nikmalarga ega bo'lishlari osonroq bo'ladi. Shuning uchun chaqaloqning barkamol ijodiy shaxsini rivojlantirishdan manfaatdor bo'lganlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun TRIZ bilan tanishish kerak. Bu nafaqat foydali, balki juda qiziqarli. Ijodiy
muammolarni hal qilish nazariyasi bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning eng noyob usullaridan biridir . Uning asoschisi 1956 yilda sovet muhandisi GS Altshuller edi. U har kimni ixtiro qilishni o'rganishi mumkin, deb hisoblaydi va buning uchun siz tug'ma iste'dodga muhtoj emassiz Heinrich Saulovich o'zi bolaligidan ixtiro qildi va 17 yoshida mualliflik guvohnomasiga ega edi. Bundan tashqari, u ham mashhur bo'lgan "Ikarus va Daedalus", "Yulduzlar to'pi", "Yulduz Kapitanlari afsonalari" va boshqalar kabi ilmiy-fantastik yozuvchi ham edi. RIZ - bu birinchi ijodiy kashfiyotlarda bolaning quvonchi bo'lgan sinf. Bu erda bolalar hech qachon zerikmasliklari mumkin, chunki trening davomida ular suhbat, jonli muloqot, bahs-munozaralardan foydalanadilar.

Yüklə 406,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə