Kent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə53/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Tabaqalashtirish (lot. “diferentia” – “farqlanish”, “darajalanish”) – butunning turli bosqich yoki darajalarga ajratilishi. Davrlashtirish (yunon. “peridos” – “doira bOylab aylanish”) – muayyan hodisaning qandaydir yakunlangan jarayonni qamrab olgan vaqt birliklariga ajratilishiKreativ jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Kreativlikning rivojlanish davri – ma‟lum kreativlik sifatlarining rivojlanish yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi. Kreativlikning rivojlanish bosqichi muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi

    Shunga ko’ra ma‟lum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi. Kreativ tafakkurga ega b o’lajak pedagoglar: boshqa bo’lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g’oyalarni bildiradi; o’zlarini ifoda etishning o’ziga xos uslubini tanlaydi; ba‟zan mavzu aloqasi yo’q yoki g’ayrioddiy savollar beradi; echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi;
    g’oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko’radi; muammoning echimini topishda noan‟anaviy yondashuvni tanlaydi.

        • Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi:

        • Ijodiy yo’nalganlik;

        • Mantiqiy fikrlash qobiliyati;

        • Eruditsiya (bilag’onlik);

        • Boy tasavvurga egalik;

        • Ijodiy ta‟sirchanlik va tashabbuskorlik;

        • O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish;

        • Refleksiya qobiliyati;

        • Hissiyotga boylik;

        • Tavakkal qila olish qobiliyati;

        • Tafakkur tezligiga egalik;

        • Ichki sezgining rivojlanganligi;

        • O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati;

        • Innovatsion qobiliyatga egalik;

        • Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik;

        • Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi. Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodiy faoliyatni tashkil etishga layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bOlishlari zarur: Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari:

    1. bilishga oid (gnostik) malakalar;

    2. loyihalash malakalari;

    3. ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;tadqiqotchilik malakalari;

    4. muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;

    5. tashkilotchilik malakalari;

    6. izchillikni ta‟minlovchi (protsesssual) malakalar;

    7. texnik-texnologik malakalar

    Quyida ushbu malakalar guruhlarining mohiyati yoritiladi: Bilishga oid (gnostik) malakalar:

    • bo’lajak pedagoglarning yosh va individual xususiyatlari, jamoaning ijtimoiy- psixologik o’ziga xosligini inobatga olgan holda o’quv-tarbiyaviy vazifalarni aniq belgilash;

    • zamonaviy ta‟lim talablaridan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonini didaktik, psixologik va metodik jihatdan rejalashtirish va tahlil qilish;

    • ta‟lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarni asosli ravishda tanlay olish;

    • bo’lajak pedagoglar tomonidan o’quv dasturi talablaridan kelib chiqqan

    holda materiallarni o’zlashtirganlik natijalarini, o’quvchilarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish;

    • bo’lajak pedagoglarning bilishga bo’lgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini rivojlantirish bo’yicha turli ko’rinishdagi ishlarni olib borish;

    • darsda, darsdan tashqari sharoitlarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda, to’garak, klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish;

    • bo’lajak pedagoglar, ularning ota-onalari bilan individual ishlarni amalga oshirish;

    • bo’lajak pedagoglarda sog’lom turmush kechirishga bo’lgan ehtiyojni shaxsiy va umumiy gigienaga amal qilish ko’nikmalarini, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish malakalarini shakllantirish;

    • ta‟lim jarayonida turli ko’rsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar,axborot va ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;

    - didaktik material va ko’rsatmali qurollarni ishlab chiqish;
    - ota-onalarni pedagogik bilimlar asoslari, bolalarning asosiy yosh xususiyatlari, psixologik o’ziga xosliklari, turli yosh bosqichlarida farzandlar bilan ota-onalar o’rtasida kechadigan munosabatlar mohiyatidan xabardor qilish;
    -o’z-o’zini tahlil qilish, o’z-o’zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish

    Yüklə 406,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə