Kent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə52/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Adabiyotlar:


    1. Xodjayev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va seminaroti. – T.: Sano-Standart, 2017.

    2. Халиков А.А. Педагогик маҳорат. Дарслик. – Тошкент, Иқтисод молия, 2012.

    3. Джураев Р.Х., Турғунов С.Т. Таълим менежменти. – Тошкент., “Voris-Nashriyot”., 2006.

    4. Omonov N.T., Madyarova S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Т.: Iqtisod–moliya, 2009.

    5. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Т.: “Fan va texnologiyalar” нашриёти, 2006.

Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 2012 Routledge.

Mavzu: Kreativlikni rivojlantirish texnologiyasi.


Mashg‘ulot rejasi:

  1. “Ijodkorlik”, “kreativlik”, “iqtidorlilik” tushunchalarining mohiyati va ularning o‘zaro aloqadorligi.

  2. Kreativlik o‘z-o‘zini rivojlantirishga tayyorlikning asosi sifatida va shaxsning uzluksiz mustaqil ta’limi.

  3. Kreativ harakat tuzilmasi.

  4. Kreativlikni rivojlantirishni rag‘batlovchi vaziyatlar.

Kreativlik – shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Kreativlik o‘z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi. Ko‘rinib turibdiki, kreativlik bevosita shaxsning individualpsixologik xususiyatlari bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi.
Uning rivojlanishi esa intellekt-intuitsiya-mantiqiy fikrlash jarayoni ta’sirida kechadi. Talabalarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi: talabalarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta’minlash; talabalarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, talabalar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g‘oyalarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi 10 ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag‘batlantirish;
o‘quv jarayonini talaba shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intelektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish; talabalarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash; kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish.
Yangi, hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish o’qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o’z ishiga ijodiy yondashishni talab qiladi. O’qituvchining kreativligi o’z tajribasini qayta ko’rib chiqishi va yaxshilash hammaga ma‟lum narsalarni o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana bilish, sifat jihatdan yangiliklarni yaratish juda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma‟nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (Oziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma‟naviy bog’liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, O’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib O’qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta‟riflash mumkin. ’qituvchining kreativligi, bu uning qat‟iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab toppish laoyiqatidir.
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi O’zaro bir-biriga bog’liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratsh imkoni beradi:

  1. Intellektual (aqliy);

  2. Ahloqiy (o’z-o’zini boshqarish);

  3. Motevatsion (maqsadiy);

  4. Emotsianal (his hayajonli).

Kretiv layoqat quyudagi o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan qismlardan iborat bo’ladi:

  1. Kreativlik maqsad;

  2. Ijodiy intilish;

  3. Kreativ (ustanovka) qurish,

  4. Kreativ yo’nalish;

  5. Kreativ ifodali akt;

  6. Kreativ o’z-o’zini boshqarish;

  7. Kreativ faollik;

  8. Kreativ intilishlar darajasi.

O’qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo’ladi va rivojlanadi. K.Rodgers “Ijod-o’z o’zini kuchaytirish demakdir” degan asarida ijodiy shaxs uchun eng asosiy savollardan birini beradi: “Meni meni hayot tarzim qoniqtiradimi yoki to’g’ri talqin etadimi. O’qituvchining ushbu savolga javobi uning kasbiy va ijodiy cho’qqilarga intilishi yuqori ijodoy malakali va o’zini ijodiy tomondan to’la namoish etishga intilishi kreativ shaxs bo’lishi”. Shunday qilib kreativlik o’qituvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo’nalishi va o’zini boshqara olishida ko’rinadi va uni o’zini faolligi, o’zini-o’zi boshqara olishi bilan yetuk rivojlanayotgan, o’sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi.Pedagogning kreativlik potentsiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o’z-o’zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potentsial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo’ladi.Kreativ potentsial bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog’liq. Pedagogning kreativ potentsiali an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo’ladi:

    • tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;

    • yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati;

    • bir qolipda fikrlamaslik;

    • o’ziga xoslik;

    • tashabbuskorlik;

    • noaniqlikka toqat qilish;

Pedagog kreativlik potentsialiga ega bo’lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e‟tiborini qaratishi zarur:

    • kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;

    • yangi-yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish;

    • ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish;

    • hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.Har bir pedagogning o’zini- o’zi rivojlantirishi va o’zini- o’zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog’liq. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogic muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi. Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini- o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.

Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari.Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi.Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e‟tibor qaratish zarur:

  1. ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab- quvvatlash;

  2. bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;

  3. bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

  4. bolalarning qiziqishlariga e‟tibor qaratishTadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo’lish uchun bo’lajak pedagoglar pedagogika oid bilimlarni puxta o’rganish asosida quyidagi ko’nikma, malakalarni o’zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy g’oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va

pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariy

g’oyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogic faktlarni bilish; ta‟lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash.


Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan. E.P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi Ozida quyidagi belgilarni namoyon qiladi:





  1. savollar, kamchiliklar va bir-biriga zid ma‟lumotlarga e‟tiborsiz bo’lmaslik;




  1. muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning echimini topishga intilish.



Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki jihatga ko’ra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi testlardan foydalaniladi. Ular quyidagilardir : E.P.Torrensning shaxsa kreativ sifatlarini namoyon bOlishini aniqlovchi testlarning turlariBo’lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta‟lim olayotgan bo’lajak pedagoglarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi shuningdek, kreativ tafakkurga ega o’qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo’ladi (Sternberg & Williams, 1996). Kreativlik xarakteridagi o’quv-bilish muhiti bo’lajak pedagoglarda ta‟lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo’lgan tanqidiy va kretiv fikrlash ko’nikmasining rivojlanishiga olib keladi (Boykin & Noguera, 2011, 2012; Marks, 2000, as cited in Jensen, 2013).Bo’lajak pedagoglarning kreativ tafakkurga ega bo’lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog’liq. “To’laqonli kreativlikxarakteriga ega ta‟lim muhitini yaratish puxta o’ylangan rejaga tayanadi. O’qituvchilar agarda o’zlarining kreativ o’qitish metod va strategiyalarini qo’llash turlari Shaxsning hayotiy tajribasi va shaxsiy sifatlarini aniqlovchi testlar. Ijodiy tafakkur va uning natijalari (tezkorlk, samaradorlik, mahsuldorlik va aniqlovchi testlar (ya‟ni keng ko’lamda o’ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo’lajak pedagoglar ongiga singdirishlari va o’z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfield, & Moseley, 2005)”. Qolaversa, “kreativ xarakterga ega muhitdagina bo’lajak pedagoglar o’rganayotgan mavzuning mazmuni, o’quv axborotlar o’rtasidagi o’zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo’ladi va bu haqida fikrlash
boshlashadi (Anderson et al., 2000)”.Ta‟lim amaliyotining kreativ xarakter kasb eta olmayotganligi bir qator tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan. M: xorijiy mamlakatlarda Begetto, Kaufman, Kirshner (2010), Sveller, Klark (2006) kabi tadqiqotchi-pedagoglar buning sabablari hamda ularni bartaraf etish shartlarini quyidagilar bilan izohlaydilar: “Ko’p hollarda, o’qituvchilar fanning faqat mazmuni bilan tanishadilar, biroq fikrlash jarayoniga katta ahamiyat va e‟tibor va talablar qanday rivojlanishlari mumkinligi haqida hech qanday ma‟lumot bermaydilar.O’qituvchining palapartish yo’riqlar berish yondashuvining samaradorligi bo’lajak pedagoglar o’quv faoliyatini oshirishga yo’naltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past (Beghetto, Kaufman, 2010; Kirschner, Sweller, Clark, 2006). Vaholanki, talablarda fikrlash ko’nikmasi bo’yicha yo’riqlarni aniq va tushunarli etkazib berish uchun o’qituvchi (tanqidiy, kreativ) fikrlash usullari, ko’nikmalarni samarali shakllantitrish yo’llari bilan bo’lajak pedagoglarni tanishtirish, orqali bo’lajak pedagoglar o’quv faoliyatini nazorat qilish va uni yo’naltirishi lozim”. Mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlarning misollar yordamida yoritilganligi o’qituvchi va bo’lajak pedagoglarning kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish to’g’risidagi fikrlarini oyinlashtirishga yordam beradi. “M: bo’lajak pedagoglar “Immigratsiya hodisasining mohiyatini “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o’rganish jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o’zi nimaligini, uni qanday qo’llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo’lishlari lozim”.Shaxs kreativligini rivojlantirish jarayonida “tabaqalashtirish”,“davrlashtirish” tushunchalarining muhim ahamiyat kasb etishi e‟tiborni tortadi.Xo’sh, bu ikki tushuncha qanday mazmunni ifodalaydi?
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə