Kent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə54/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Loyihalash malakalari:


  • dars yoki tarbiyaviy tadbirlarning loyihalarini yaratish;

  • dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik xaritasini yaratish;

  • dars yoki tarbiyaviy tadbir mohiyatini bosqichma-bosqich yoritish;

  • ta‟limiy yoki tarbiyaviy faoliyat maqsadini aniq belgilash;

  • maqsadga mos keladigan vazifalarni aniqlash;

  • o’quv materialining didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini bayon etish;

  • o’quv yoki tarbiyaviy xarakterdagi material mazmunini shakllantirish;

  • o’quv yoki tarbiyaviy material mazmunini ochib beradigan bir qancha ma‟lumotlar o’rtasidagi o’zaro izchillikni ta‟minlash;

  • bo’lajak pedagoglarni mustaqil fikrlashga rag’batlantiruvchi savollar tizimini ishlab chiqish;

  • dars yoki tarbiyaviy tadbirning metodik tuzilishini asoslash;

  • dars yoki tarbiyaviy tadbir jarayonida bajariladigan pedagogik topshiriqlar tizimini aniqlash;

  • yangi materialni bayon etishda turli zamonaviy yondashuvlarni qo’llash;

  • muayyan izchillikka ega test topshiriqlarini ishlab chiqish;

  • bo’lajak pedagoglarning bilim darajasini tashxislash jarayonini asoslash;

  • bo’lajak pedagoglar jamoasi hamda alohida talabaning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholash mexanizmin yaratish

Ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar:


  • alohida-alohida ma‟lumotlardan foydalangan holda yaxlit o’quv va tarbiyaviy xarakterdagi materialni shakllantirish;

  • o’quv materialini turli rasm, surat, jadval, diagramma, model va boshqalar bilan boyitish;

  • o’ziga xos, orginal o’quv materialini tayyorlash;

  • mustaqil ravishda yangi metodni asoslash;

  • O’quv mashg’uloti (dars) va tarbiya tadbir uchun ko’rsatmali qurollar to’plamini yaratish;

  • dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik pasporti, xaritasini yaratish;

  • dars yoki tarbiyaviy tadbirda foydalanish uchun multimediya materiallarini yaratish;

  • O’quv materialining taqdimot variantini tayyorlash;

  • turli mavzulardagi tarbiyaviy tadbirlar uchun bo’lajak pedagoglarning faol ishtirokida video roliklar yaratish;

  • dars konspektini tayyorlash;

  • turli shakl va metodlarga asoslangan sinov topshiriqlari (savol, topshiriq, masala, misol, mashq, test), baholash mezonlarini ishlab chiqish;

  • nazorat ishlarini tashkil etishga ijodiy yondashish;

Yüklə 406,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə