Kent davlat transport universiteti



Yüklə 417,62 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü417,62 Kb.
#159578
1   2   3   4   5   6   7   8
QMITM Kurs ishi (lotin)

2.3.2. Ustunlarni montaj qilish
Montaj ishlarini bajarishdan avval poydevorlarni loyiha belgisiga o‘rnatish, ularni grunt bilan atrofini to‘ldirish va ustunlar qirrasiga o‘rnatish, o‘qlariga mos ravishda belgilash, poydevorlarni ifloslanmaslik choralarini ko‘rish, mashina va kranlar uchun texnologik yo‘llarni, montaj zonasiga barcha kerak bo‘lgan montaj moslamalari va asboblarini keltirish ishlari bajariladi.
Poydevorlarni tayyorlashda montajchilar stakan tubini tozlaydilar, belgilarni tiklaydilar, uni tubi qiymatini loyihaga mosligi tekshiradilar va inventar fiksatorlarni o‘rnatadilar.
Ustunlarni loyiha belgisiga o‘rnatishda armobeton tagliklar ishlatiladi. Tagliklar o‘lchamlari 100x100x20(30)mm bo‘lib, ularni 1mm po‘lat simli 10x10mm to‘rni markasi M200 bo‘lgan qorishma bilan joyda tayyorlanadi. Armobeton tagliklarni stakanli poydevor tubiga o‘rnatilgandan so‘ng, inventar fiksator o‘rnatiladi, ular ustun ostini loyiha belgisida saqlash va vertikal holatni ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
Ustunlarni vertikal holatda o‘rnatilgandan keyin, ularni ponalar yordamida mustahkamlanadi va stropovkalardan bo‘shatiladi. Ustun va stakanli poydevor chokiga ishlov berishda ular oraliq bo‘shligi beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi, zichlanadi.
Beton marka mustahkamligini 50% dan oshgandan so‘ng ponalar chiqarilib olinadi, uning o‘rnini beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi.
Ustunlarni montaj qilish sxemasi 4- rasmda ko‘rsatilgan.

4- rasm. Ustunlarni montaj qilish sxemasi.
2.3.3. Qoplama konstruksiyalarni montaj qilish
Qoplama konstruksiyalarga stropil fermalar va tom yopma plitalar kiradi. Qoplama konstruksiyalarini montajidan avval ustun va stakan poydevori choklari orasidagi beton loyihada ko‘rsatilgan mustahkamlikka 70% erishgan bo‘lishi kerak.
Qoplama konstruksiyalari to‘g‘ridan- to‘g‘ri transport vositalaridan yoki taxlangan joyidan montaj kranlari bilan olib montaj qilinadi.
Qoplama konstruksiyalari bo‘ylama va ko‘ndalang usulda montaj qilinadi. Bo‘ylama usulida kran montaj yacheykasidan tashqarida joylashgan. Ko‘ndalang usulida montaj krani yacheykasi ichida joylashadi.
Eng birinchi stropil fermalar montaj qilinadi, ularni turg‘unligi inventar yakor yoki ustunlarga raschalkalar bilan bikir bog‘lanishi orqali erishiladi. Bunda maxsus konduktor yoki raschalkani fermaga birlashtirilgan nuqtasi tayanch joyidan 3m dan kam bo‘lmasligi kerak. Vaktinchalik mustahkamlash uchun ishlatilgan raschalka yoki konduktor konstruksiya to‘liq payvadlangandan keyin olinadi. Qoplama konstruksiyalarni montaj qilish sxemasi 5-rasmda ko‘rsatilgan.

5- rasm. Qoplama konstruksiyalarni montaj qilish sxemasi.


  1. Yüklə 417,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə