Kichik biznes kompaniyasi qiymatini baholash



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#146133
1   2   3
4.Kichik biznes kompaniyasi qiymatini baholash

Misol 1
A plc va B Ltd kompaniyalari o’lchami, faoliyat shakli, moliyaviy leverej va dividend qoplamasiga ko’ra o’xshash. A plc kompaniyasi fond birjasida ro’yxatga olingan, B Ltd kompaniya esa— yo’q. A plc kompaniya uchun dividend daromadliligi 10% ni tashkil qiladi; B Ltd kompaniya yaqinda har bir aksiyaga 0.15 funt qiymatida har yillik dividendlarni to’ladi. B Ltd kompaniyaning har bir aksiyalari qiymati qanday?
Yechim:
Quyidagini yodga olamiz:
dividend daromadi = to’langan dividendlar (jami to’lovlar)/ har bir aksiyaning joriy bozor qiymati va daromad solig’i stavkasi 10% ni tashkil qilishini hisobga olib quyidagiga ega bo’lamiz:
10% =0,15 *100/90/pB
bunda pB – bir aksiyaning qiymati B Ltd.
Natijada quyidagiga ega bo’lamiz: pB = 1,67 f. st. har bir aksiya uchun.
Dividend daromadi bo’yicha biznesni baholash usulidan foydalanganda ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi omillarni qayd qilish zarur:
- birja listingiga ega bo’lgan kompaniyalarni topish murakkabligi va yuqorida sanab o’tilgan parametrlarga ko’ra taqqoslash ob‘yektivligini ta‘minlash uchun bozorda aksiyalari kotirovka qilinmaydigan kompaniyalarni ko’rib chiqamiz;
- dividendlarning joriy darajasi aksiyalar qiymatini belgilashda ahamiyatga ega bo’lishi to’g’risidagi faraz haqqoniyligiga shubha;
- aksiyalarning qiymati ko’proq kelgusida kutilayotgan dividendlarga bog’liq bo’ladi. Oldingi davrda to’langan dividendlar faqat kelgusida prognoz uchun mo’ljal sifatida foydalanilishi mumkin;
- ro’yxatga olingan aksiyalar bilan taqqoslaganda ularning qiymatini kamaytiruvchi listingdan o’tmagan aksiyalarning yetarlicha likvid emasligi.
Amaliyotda mazkur yondashuv qoidaga ko’ra aksiyalarning minoritar paketini baholashda foydalaniladi. Bu shu bilan tushuntiriladiki aksiyalarning nazorat paketiga ega bo’lmagan aksiyador kompaniya faoliyatida kichik ta‘sirga ega bo’ladi va faqat dividend oladi.
Aksiyalarning bozor qiymati va aksiyaga to’g’ri keladigan foyda nisbati (R/E)
Aksiyalarning bozor qiymati va foyda miqdori nisbatini baholashga asoslangan yondashuv dividend daromadi bo’yicha baholash uslubiyotiga o’xshash. Farq shundan iboratki‚ mazkur yondashuv doirasida asosiy e‘tibor dividendlarga emas balki foydani baholashga qaratiladi, ikkita o’xshash kompaniya uchun R/E koeffitsiyenti miqdori bir xil bo’ladi.
Misol 2
C plc va D Ltd kompaniyalar o’lchami, faoliyat shakli, moliyaviy leverej va dividend qoplamasiga ko’ra o’xshash. C plc kompaniya aksiyalari birjada kotirovka qilinadi, D Ltd aksiyalari esa — yo’q. R/E koeffitsiyenti C plc uchun 12 ga teng; so’nggi yillarda soliqlar 346 to’langandan keyin D Ltd har bir aksiyasiga to’g’ri keladigan yillik foyda 0,30 f. st. ni tashkil qilgan. D Ltd aksiyalarining qiymati qanday?
Bajarilishi:
Quyidagini yodga olamiz:
R/E = aksiyalarning joriy bozor qiymati / soliqlar to’langandan keyin har bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda.
D Ltd (pD) aksiyalar qiymatini olamiz:
12 =pD/0,30
pD = 3,60 f. har bir aksiya uchun.
Ko’rinib turibdiki dividend daromadi bo’yicha baholashga deyarli barcha yondashuvlar mazkur yondashuv doirasida amal qiladi. R/E, koeffitsiyentini hisobga olish bilan bog’liq yondashuv dividend siyosati muammosini aylanib o’tadi.
Amaliyotda mazkur yondashuv qoidaga ko’ra aksiyador kompaniya faoliyatini nazorat qilganda aksiyalarning nazorat paketini baholash uchun foydalaniladi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə