Kichik biznes kompaniyasi qiymatini baholash



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#146133
1   2   3
4.Kichik biznes kompaniyasi qiymatini baholash

Sof aktivlar
Aktivlar qiymati nuqtayi nazaridan kompaniyani baholash bilan bog’liq yondashuvni ko’rib chiqamiz.
Misol 3
Quyidagi E Ltd kompaniyasining balans hisoboti keltirilgan. Kompaniyaning bitta aksiyasi qiymati qanday bo’ladi?
31-dekabr holatiga ko’ra E Ltd kompaniyasining balans hisoboti

Bajarish:
agar pE –E Ltd bitta aksiyasining qiymati bo’lsa‚ bunda:
pE =(11 + 10 – 6)/8 = 1,875 f. st.
3-misolda keltirilgan hisob-kitoblar aktiv va majburiyatlarning buxgalteriya qiymatiga asoslangan. Joriy bozor qiymati agar unga kompaniyada mavjud bo’lgan nomoddiy aktivlar qiymatini ham kiritilsa ancha asosli bo’ladi. Modomiki mazkur bo’limda ko’rib chiqilayotgan aktivlar sof iqtisodiy bo’lib, ularning qiymati kompaniya uchun kelgusi foydani yaratishdagi ularning salohiyatiga muvofiq aniqlanadi.
Shuning uchun biznesni baholashda yondashuv sifatida sof aktivlar qiymatidan foydalanganga R/E koeffitsiyent asosidagi yondashuvga nisbatan boshqa natijaga ega bo’lamiz.
Iqtisodiy qiymat (erkin pul oqimlari asosida)
Iqtisodiy qiymatni baholash bilan bog’liq yondashuv eng mantiqan to’g’ri sanaladi. U bo’sh pul mablag’larining kelgusi diskontlangan qiymatini baholashga asoslangan (free cash flows). Mantiqiyligiga qaramasdan mazkur yondashuv ayrim muammolarni ham yuzaga keltiradi. Bir yoki ikki yildan so’ng paydo bo’ladigan pul oqimlarini baholash murakkab. Boshqa muammo diskont stavkasini aniqlashdir. Uni CAPM modeli yoki biz yettinchi bobda tanishgan uning uch omilli versiyasidan foydalanib hal qilish mumkin.

Amaliyotda qoidaga ko’ra turli yondashuvlar asosida hisoblangan kompaniyalarning qiymati farqlanadi. Dividend daromadini baholashga asoslangan yondashuv ko’pincha aksiyalarning minoritar paketini baholash uchun foydalaniladi. Aksiyalarning nazorat paketlari qoidaga ko’ra sof aktivlar orqali aksiyalar narxi va foyda nisbati bilan baholanadi.




Ko’rinib turibdiki biz bo’limni quyidagi qayd bilan tugatishimiz mumkin, fond birjasida ro’yxatga olinmagan kompaniyalarni baholash narx subyektiv belgilanishi sababli aniq bo’lmaydi. Amaliyotda mulkdor o’zgarishi bilans sodir bo’ladigan aksiyalar narxi qoidaga ko’ra qatnashchilar o’rtasida muhokama yo’li bilan belgilanadi.
Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə