Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat kо’rsatish



Yüklə 282,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix17.06.2023
ölçüsü282,3 Kb.
#117637
1   2   3   4   5
kichik-biznes-va-tadbirkorlik-subyektlariga-xizmat-ko-rsatish

va nodavlat 
boshqaruv 
organlari va boshqalar kiradi. 
Kichik va o’rta tadbirkorlik subyektlarini tartibga solib va qo’llab-quvvatlovchi 
bozor infratuzilmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buni yuqori 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
1012


darajada rivojlangan mamlakatlar tajbribasi ham tasdiqlaydi. Masalan, AQSHda 
1953-yili Kichik va o’rta biznes ishlari bo’yicha ma’muriyat (KBM) tashkil etilgan 
bo’lib, uning zimmasiga kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha barcha 
vazifalar (moliyaviy yordam, texnik va maslahat xizmati, davlat buyurtmalarini 
olishga ko’maklashish va boshqalar) yuklatilgan. 
KBM tarkibi uch bosqichdan AQSH poytaxtidagi shtab-kvartira, 10 ta hududiy 
boshqarma va 100 dan ortiq mahalliy bo’linmadan iborat. 
Ular butun mamlakat bo’ylab keng tarqalgan tarmoqqa ega bo’lib, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari, kollejlar, universitetlar, korxona va jamoat tashkilotlari 
bilan yaqin aloqada faoliyat yuritadi. AQSHda kichik 
va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash bilan boshqa idoralar, xususan, Ichki ishlar 
vazirligi, Uy-joy qurilishi va shaharlar rivojlanishi vazirligi, milliy ilm fondi, Fermerlik 
bo’yicha ma’muriyat, kichik biznesni rivojlantirish markaz va institutlari, savdo-sanoat 
palatasi kabi 2700 dan ortiq federal idorashugullanadi. 
Keyingi yillarda respublikamizda bozor infratuzilmalarini faol shakllantirish 
jarayoni boshlandi. Bu jarayonning natijalari sifatida kichik tadbirkorlik subyektlariga 
xizmat ko’rsatuvchi brokerlik idoralari, kichik ulgurji va chakana savdo tuzilmalari, 
lizing, konsalting kompaniyalari, axborot-maslahat markazlari, injiniring, auditorlik 
firmalari, sug urta kompaniyalari, transport-ekspeditsiya korxonalari, axborot-reklama 
byurolari va boshqa turli xil infratuzilmalar tizimi faoliyat yuritadi. 
Biznes-maktab 
tadbirkorlar, kichik korxonalarning rahbarlari, kichik korxonalar 
uchun mutaxassislar, ishsizlar, o’z ishini ochmoqchi bo’lgan boshqa fuqarolar, kichik 
tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mas’ul xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash 
va malakasini oshirishni amalgaoshiruvchituzilma. 
Oquv-amaliy markazlari 
kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va bozor 
iqtisodiyoti 
uchun 
kadrlar 
tayyorlashning 
keng 
miqyosli 
dasturini 
amalgaoshiruvchituzilma. 
Biznes-inkubatorlar 
maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o’z maydonlariga 
joylashtiruvchi va ularga maslahat, o’qitish va ofis xizmatlariniko’rsatuvchituzilmalar. 
Ijtimoiy-amaliy markaz 
ish bilan band bo’lmagan aholi va ishsizlar o’rtasida 
kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish bilan shug 
ullanuvchi, odatda bandlik markazlari qoshida tashkil etiluvchituzilma. 
Texnopark 
o’z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va rivojlantirish 
orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan texnologiyalarni 
tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi tuzilma. 
Biznes-markaz 
tadbirkor va ishbilarmonlarga servis xizmatlari ko’rsatuvchi 
tuzilma. 
Konsalting 
ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko’rsatish sohasida 
ixtisoslashgan firmalarning o’z mijozlariga maslahat xizmati ko’rsatish va texnikaviy 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
1013


loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog liq iqtisodiy faoliyat. 
Auditorlik kompaniyasi 
turli yo’nalishdagi firmalarning bozor va biznes 
sohasidagi imkoniyatlarini aniqlab beruvchi moliya-xo’jalik faoliyatini yalpi taftishi 
bilan shug ullanuvchi muassasa. 

Yüklə 282,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə