Kimyoviy reaksiya tezligi



Yüklə 50,75 Kb.
səhifə2/2
tarix14.05.2023
ölçüsü50,75 Kb.
#110247
1   2
Kimyoviy reaksiya tezligi

Temperatura. Reaksiya tezligining tempraturaga bog`liqligi Vant-Goff qoidasi bilan aniqlanadi. Vant-Goff qonuni: Tempratura xar har 10oS ga kitarilganda kipchilik reaksiyalarning tezligi 2-4 marta ortadi.
Vt2=Vt1· γ
Bunda: Vt2·Vt1 (1) boshlang`ich (2) oxirgi xarakatlardagi reaksiya tezligining xarorat koeffisienti u reaksiyaga kirishuvchi moddalarning xarorati 10o ga kitarilganda reaksiyaning tezligini necha marta oshishini kirsatadi.


Kimyoviy reaksiya tezligiga oid tajribalar
2-TAJRIBA. Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentrasiyaning ta'siri. a) toza probirkaga 1N 1ml natriy tiosulfat eritmasidan oltingugurt hosil bo`ladi:

Bu reaksiya boshlanishidan to eritmaning sezilarli darajada loyiqalanishigacha bo`lgan vaqt reaksiyaning nimasiga bog`liqligini tushuntirib bering.
b) uchta toza probirka olib, birinchi probirkaga 4 ml natriy tiosulfat eritmasidan ikkinchi probirkaga 2 ml natriy tiosulfat va 2 ml suv, uchinchi probirkaga 1 ml natriy tiosulfat va 3 ml suv quying. So`ngra boshqa toza uchta probirkaning har biriga 2 ml sulfat kislota eritmasidan quying. So`ngra sekundometrni oldingizga qo`yib birinchi probirkaga (4 ml eritmasi bor probirkaga) sulfat kislota eritmasidan 2 ml solib, loyqalanish vaqti qayd etiladi. So`ngra ikkinchi probirkaga (2 ml va 2 ml eritmasi bor probirkaga) 2 ml sulfat kislota quyamiz va uchinchi probirkaga (1 ml va 3 ml bor probirkaga) 2 ml sulfat kislota eritmasi quyib, loyqalanish vaqti (t) ni belgilab yozamiz. Tajriba natijalarini quyidagicha yozish mumkin.


Probirka nomeri

ning miqdori, ml

Suvning miqdori

ning miqdori, ml

ning nisbat kons

Loyqalanish, t sek

Reaksiya tezligi

1

4

0

2

1







2

2

2

2

0.5







3

1

3

2

0.25







Tajriba tugagach, natijasini grafik holda ifodalang. Buning uchun koordinata sistemasining o`qiga reaksiyaning tezligi qo`yiladi va grafik asosida reaksiyaning konsentrasiyasiga bog`liqligini tushuntirib bering.


3-TAJRIBA. Temir (III) xloridning kaliy yodid bilan reaksiyasi.
a) Toza probirkaga temir (III) - xloridning 0,5 n eritmasidan 2 ml quying va unga shuncha miqdorda kaliy yodid eritmasidan qo`shing, reaksiya natijasida yod ajralib chiqadi.

Ajralib chiqqan yodni bilish uchun uning yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan 2 ml quying, natijada yod kraxmal ta'sirida ko`karadi. Bu esa reaksiyani kuzatishga yordam beradi .
b) Uchta toza probirka olib, biriga 4 ml KJ eritmasidan, ikkinchisiga 2 ml KJ va 2 ml suv, uchinchisiga esa 1 ml KJ va 3 ml suv quying. Uchchala probirkaning har biriga 2 ml dan yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan quyib, yaxshilab aralashtiring.
Shundan so`ng sekundometrni yurgizib birinchi probirkaga (1-probirkada 4 ml KJ va 2 ml kraxmal bor) 2 ml temir (III) xlorid eritmasidan quyib, ko`k rang kirish vaqtini belgilab qo`ying. Ikkinchi probirkaga (2 probkada 2 ml KJ, 2 ml suv, 2 ml kraxmal eritmasi bor) temir (III) xlorid eritmasidan 2 ml quying va ko`k rang kirish vaqtini belgilab yozing va uchinchi probirkaga (3-probirkada 1 ml KJ 3 ml suv, 2 ml kraxmal eritmasi bor) temir (III) xlorid eritmasidan 2 ml quying va rang kirish vaqtini belgilab yozing. Uchinchi probirkaga (3 probirkada 1 ml KJ, 3 ml kraxmal eritmasi bor) temir xloridning 2 ml eritmasidan quyib, ko`k rangga kirish vaqtini yozing. Tajriba natijalarini quyidagicha yozish mumkin.



Probir
ka nomeri

KI miqdori ml

Suvning miqdori? ml

Karxmal, ml


мl

KI ning nisbiy kons

Ko’karish vaqti t-sek.

Reaksiaya tezligi

1

4

0

2

2

1







2

1

2

2

2

0.5







3

1

3

2

2

0.25







Tajriba nihoyasiga yetgach, koordinat sistemasining absissa o`qiga KI ning nisbiy konsentrasiyasi, ordinata o`qiga reaksiya tezligini qo`yib, konsentrasiya reaksiya tezligiga qanday ta'sir qilishi haqida xulosa chiqaring.


4-TAJRIBA. Kimyoviy reaksiya tezligiga temperaturaning ta'siri.
3 ta toza probirka olib, biriga 2 ml natriy tiosulfat eritmasidan quying. Ikkala probirkani suvli kimyoviy stakanga tushirib, termometr bilan suvning tajriba vaqtidagi temperaturasini o`lchang. Masalan, agar kimyoviy stakandagi suvning temperaturasi 180 da bulganda probirkalarni bir biriga quyib necha sekundda loyqalanish xosil bulish vaqtini belgilab qo`ying. So`ngra toza probirkalarni biriga 2 ml natriy tiosulfat, ikkinchisiga 2 ml sulfat kislota eritmasidan quyib, suvli stakanga tushiriladi va spirt lampa bilan 280 S gacha qizdiriladi. 280 da ikkala probirkani bir - biriga quyib loyiqalanish vaqti (t) belgiladi. Uchinchi probirkada ham bir xil miqdor birga 2 ml tiosulfat, ikkinchisiga 2 ml quyib 380 S da bir - biriga quyib loyqalanish vaqti (t) qayd etiladi. Tajriba natijasi quyidagicha yoziladi:

Probirka nomeri

miqdori, ml

miqdori ml

Turli temperaturalarda loyqalanish vaqri

Reaksiya tezligi


1

2

2







2

2

2







3

2

2







Tajriba tamom bo`lgandan so`ng, koordinata sistemasini absissa o`qiga tajriba vaqtidagi (180, 280, 380) temperaturani, ordinata o`qiga esa reaksiya tezligini qo`yib, kimyoviy reaksiya tezligiga temperaturaning ta'sirini izohlang.




5-TAJRIBA. Kimyoviy reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar massasining katta kichikligiga bog`liqligi.
Geterogen sistemalarda moddalar ikki faza orasida reaksiyaga kirishadi. Modda qancha mayda bo`lsa, kimyoviy reaksiya shuncha tez ketadi. Buni tajribadan ko`rish uchun yupqa alyuminiy bo`lakchasidan temir qisqich yordamida olib, spirt lampa alangasida tutilganda alyuminiyning kislorodda yonishi sezilmaydi. Lekin alyuminiy kukunidan shpatel uchida ozroq olib, alangaga tutilsa alanganing rangi o`zgaradi.
Tajriba nihoyasiga yetgach, sodir bo`lgan reaksiya tenglamasini yozib reaksiya tezligi haqida xulosa chiqaring.
6-TAJRIBA. Kukun holidagi marmar SaSO3 ning kislota bilan reaksiyasi.
Ikkita toza probirkaga olib, biriga texnik kimyoviy tarozida tortilgan 0,2 g marmar bo`lakchasini soling, ikkinchi probirkaga esa shuncha miqdorda marmar kukunidan soling. Sekundometrni yurgizib ikkala probirkaga ham xlorid kislotaning 2 n eritmasidan 3 ml dan quying qaysi probirkada reaksiya tez borishini kuzating va reaksiya tenglamasini yozing hamda reaksiya natijalari haqida xulosa chiqaring.


7-TAJRIBA. Reaksiya tezligiga katalizatorlarning ta'siri.
a) suvning katalizatorlik roli (tajriba, albatta mo`rili shkafda o`tkaziladi).
Texnik - kimyoviy torozida 1,5 g alyuminiy kukuni va 0,1 g yod kristalidan tortib olib, asbet to`r ustida shpatel bilan aralashtiriladi (mo`rili shkaf ichida). Kimyoviy reaksiya bormaydi. Shundan so`ng uning ustiga 1,2 tomchi suv quying. qanday hodisa kuzatiladi? Reaksiyada suv qanday rol o`ynaydi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Vodorod peroksid ( ) ning katalizatorlar ta'sirida parchalanishi. Toza probirka olib, unga 2-3 ml vodorod peroksidining 10 prosentli eritmasidan quying. Oddiy sharoitda vodorod peroksidining parchalanishi kuzatilmaydi. Lekin uning ustiga ozroq MpO2 qo`shilganda reaksiyaning borishi darxol o`zgaradi va gaz ajralib chiqadi. Ajralib chiqayotgan gazga yallig`lanib turgan cho`p tutilganda kuyib ketadi. Bu qanday gaz? Sodir bo`lgan reaksiya tenglamasini yozing.


8-TAJRIBA. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentrasiyasining kimyoviy muvozanatga ta'siri.
Toza probirka olib, unga temir(III)xlorid eritmasidan 3 ml va kaliy rodanit eritmasidan 3 ml quying. Bunda quyidagicha reaksiya sodir biladi

Bu reaksiya qaytar reaksiyasiga tipik misol bo`ladi. Reaksiya natijasida qizil rangli temir(III)rodanid eritmasi hosil bo`ladi. Kimyoviy muvozanatning siljishini eritmaning rangi o`zgarishidan bilish mumkin.
Buning uchun to`rtta toza probirka olib, yuqorida tayyorlangan eritmani teng xajmda shu probirkalarga bo`lib, soling. Shundan so`ng birinchi probirkaga bir necha tomchi temir(III) xloridning to`yingan eritmasidan quying, ikkinchi probirkaga kaliy rodanitning to`yingan eritmasidan bir necha tomchi va uchinchi probirkaga kaliy xlorid kristallaridan bir ikki dona soling. To`rtinchi probirkani esa solishtirish uchun qoldiring. Le-Shatele prinsipi asosida kimyoviy muvozanatning konsentrasiya ta'sirida (eritmalarning rangi 4 probirka bilan taqqoslang) qaysi tomonga siljishi haqida xulosa chiqaring.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  1. 7 – sinf kimyo darsligi I. R. Asqarov, N. X. To’taboyev, K. G’oipov 3 – nashri.

  2. 8 – sinf kimyo darsligi I. R. Asqarov, N. X. To’taboyev, K. G’oipov 2 – nashri.



Yüklə 50,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə