Kirish 1 O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari


O’zbekiston Respublikasi jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitida tashqi savdoning rivojlanishi



Yüklə 59,24 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü59,24 Kb.
#181444
1   2   3   4   5
Globallashuv sharoitida O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvining asosiy yo’nalishlari

O’zbekiston Respublikasi jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitida tashqi savdoning rivojlanishi
O’zbekiston Respublikasi uchun tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitida o’ta muhimdir. Respublikamiz
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, O'zbekiston tashqi savdo geografiyasini, export va importni diversifikatsiyalashga alohida e'tibor qaratmoqda. Yaqin kunlargacha O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatda MDH mamlakatlariga nisbatan uzoq xorij mamlakatlariga ustuvorlik berishi shakllangan, eksportning asosiy qismini jahon bozorida barqaror talabga ega bo'lgan xom ashyo resurslari tashkil etar edi. Importni diversifikatsiyalash siyosatini amalga oshirish va import siyosatiga bozor tamoyillarining joriy etilishi sharoitida asosan rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyani import qilish zaruriyati ham mamlakatimiz importi tarkibida uzoq xorij mamlakatlari ulushining o'sishiga olib keldi.
Agar 2006 yilda tashqi savdo aylanmasining 42,5 foizi MDH mamlakatlari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2007 yilga kelib bu ko'rsatkich 49,2 foizga teng bo'ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog'i esa muvofiq ravishda 57,5 foizdan 50,8 foizgacha pasaydii.
O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasi geografik tarkibda MDH mamlakatlaridan eng yuqori ko’rsatkichlar Rossiya (28,4%), Qozog’iston (8,4%), Ukraina (7,5%) kabilarga tegishli. Boshqa xorijiy mamlakatlar Turkiya (5,3%), Xitoy (5,3%), Koreya Respublikasi va Eron (4,1%), Shveytsariya (3,0%) kabilar O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasida yuqori ulushga ega bo’lmoqdalar.(29-jadval)


O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasi geografik tarkibi
Tashqi savdoni diversifikatsiyalashning ikkinchi yo'nalishi uning tovar tarkibini diversifikatsiyalash bilan bog'liq. Bunday diversifikatsiyalash eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushini oshirib borish va xom ashyo ulushini pasaytirishga, shuningdek, import tarkibini optimallashtirishga qaratilmog'i lozim.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining ham tovar tarkibi sezilarli darajada o'zgardi (30-jadval).
Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, so'nggi yillarda mamlakatimiz eksport tarkibida bir qator o'zgarishlar yuz berib, ushbu o'zgarishlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
- garchi paxta tolasi mamlakat eksportining asosiy moddasi sifatida saqlanib qolayotgan bo'lsa-da, uning ulushi mustaqillik yillarida 3.5 martadan ziyodroqqa pasaydi (1992 yilda 47,9 foizdan 2007 yilda 12,5 foizgacha);
- mamlakat eksport hajmida asosiy o'rinni egallagan boshqa tovarlar: energiya manbalari, mashina va asbob-uskunalar, rangli va qora metallar hisoblanib, ularning ulushi 1992 yilga nisbatan birmuncha ozgardi (tahlil qilinayotgan davr mobaynida energiya manbalarining ulushi 14,8 foizdan yilda 20,2 foizga, mashina va asbob-uskunalarning ulushi 9,4 foizdan 10,4 foizga, rangli va qora metallarning ulushi 9,4 foizdan 11,5 foizga);
- mustaqillik yillarida eksport tarkibida yangi modda - xizmatlar moddasi paydo bo'ldi va uning jami eksportdagi ulushi 2007 yilda 10,7 foizni tashkil etdi.

Xulosa
Xulosa qilib aytsak o'zbekiston import tarkibida yuz bergan muhim o'zgarishlardan yana biri xizmatlar ulushining sezilarli darajada o'sganligi bilan bog'liq. Bu, eng avvalo, MDH mamlakatlari hududida mahsulotlarni transportlarda tashish tariflarining sezilarli darajada qimmatlashuvi natijasida yuz berdi. Mamlakatimizning dengiz yo'llari va asosiy savdo hamkorlardan uzoqda joylashganligi respublikamizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi asosiy omil bo'lib qolmoqda. Shu sababli mamlakatimizning tashqi bozorlarga chiqishi uchun yangi transport koridorlarini rivojlantirish masalasi bugungi kundagi eng asosiy masalalardan hisoblanadi.

Import tarkibini optimallashtirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlardan yana biri mashina va asbob-uskunalarning jami importdagi ulushining 1992 yilda 9,2 foizdan 2007 yilda 46,6 foizgacha o'sganligi hisoblanadi. Bu holat respublikamiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan milliy iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish strategiyasiga muvofiq keladi.





Yüklə 59,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə