Kirish Asosiy tushunchalar



Yüklə 57,98 Kb.
səhifə4/9
tarix26.05.2023
ölçüsü57,98 Kb.
#113348
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Referati mavzu Flora va taksonomiya fanining rivojlanishida oli

Beruniyning tarih, astronomiya, filosofiya, adabiyot, tilshunoslik, etiografiya, matematika, geografiya, geodeziya, kartografiya, meteorologiya, fizika ximiya, dorishunoslik, tibbiyot, tabiatshunoslik sohalariga bag’ishlangan 150 asari bor.
Beruniyning asarlarida tabiatga oid juda ko’p ma’lumotlar kiritilgan. Uning asarlarida O’rta Osiyo, Eron, Hindiston, Afg’onistanda keng tarqlgan qazilma boyliklar, dorivor o’simlik-lar, haqida mukummal materiallar keltiriladi. Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari “Saydana”, ”Mineralogiya”, ”Hindiston”, ”O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, ”Geodeziya” va ”Ma’sudiy qonuni” kabi asarlarida mujassamlashgan.
”O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy Erion shimolida tarqalgan tropik o’simlik va hayvonot dunyosini ta’riflaydi. Shu kitobda muallif yil fasllarining hamda o’simlik va hayvonlarning mavsumiy o’zgarishlari (fenologiya) haqida yozgan.
Beruniyning: ”Kitob as-Saydana-fit-tibbi” (“Tabiatda dorishunoslik”) asari 1927 yili Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonadan topilgan. U O’rta Osiyo dorishunosligiga bag’ishlangan bo’lib, 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, tarixchi, faylasuf, sayeh, shoir va boshqa mualliflarni keltiradi. Unda dorilarni nomlarni arab, yunon, so’ryoniy, hind, fors, xorazmiy, sug’diy, turkiy va boshqa tillarda kelitirilgan.
Muallifni fikricha, yer yuzining o’zgarishi o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishiga sabab bo’ladi.
“Saydana”da Beruniy 1116 tur dorivorni ta’riflaydi. Shundan 750 turi o’simliklardan, 101 turi hayvonlardan va qolganlari minerallardandir.
“Tabiatda dorishunoslik” asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, unda A.R. Beruniy dorishunoslik o’zi alohida fan bo’lishi lozimligini ta’kidlab, shu bilan farmakologiya fanini asoslaydi.
Boburnoma” O’rta Osiyo, Afg’aniston, Hindiston, kabi mamlakatlar tarixi, sotsial-iqtisodiy ahvoli, tabiati, etnografiyasi, geografiyasi, tibbiyoti kabi sohalarni qamrab olgan genial asardir.
“Boburnoma”ning asosiy xislatlaridan biri shundaki, unda muallif yorqin bo’yoqlar yordamida, sodda til bilan tabiat, geografik xususiyatlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, xo’jalik imkoniyatlari yaxlit tasvirlanadi.
Bobur keng tarqalgan, hujalik ahamiyatiga va davolash xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar, o’sha vaqtlarda insoniyatga qiron keltirgan bezgaq kassaligi va uning yuzaga kelish sabablari haqida ma’lumotlar keltiradi. Muallifning fikricha bezgak kasalini yuzaga keltiruvchi vositalar ob-havo, bezgak chivinlarning ko’pligi va ularning keng tarqalganligidadir.
Muallif O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston qishloq xo’jaligi tarixi to’g’risida to’laqonli, qiziqarli faktik materiallarni izohlaydi.
“Boburnoma” o’z mohiyati bilan o’lkamiz tarixi, geografiyasi, tabiati, etnografiyasi va madaniyati borasidagi beqiyos manbadir.
Bobur Hindiston, O’rta Osiyoda gul, manzarali va mevali daraxtlarni ko’paytirish va o’stirishga katta ahamiyat beradi. U ilgari o’simlikninng ba’zi navlari o’smaydigan joylarda ularni o’stirishga harakat qiladi.
U, Hindiston va Afg’onistonning boshqa yerlarida o’smaydigan mevali daraxtlar haqida ham ancha ma’lumotlar beradi.

Yüklə 57,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə