Kirish Asosiy tushunchalar



Yüklə 57,98 Kb.
səhifə5/9
tarix26.05.2023
ölçüsü57,98 Kb.
#113348
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Referati mavzu Flora va taksonomiya fanining rivojlanishida oli

Morfologiya (yunoncha— morf o — shakl; logos — fan deganidir) — o’simlikning tashqi tuzilishi, shakli, individual rivojlanishi (ontogenezi) va tarixiy taraqqiyoti (filogenezi)ni o’rganadi.
Morfologiya fani o’z navbatida o’simliklar anatomiyasi — ularning ichki tuzilishini o’rganadi. Sitologiya (yunoncha s i t o s — hujayra) o’simlik hujayralari, ularning tuzilishi, organlari va vazifalarini; embriologiya (yunoncha embrion — murtak) murtak hosil bo’lishi va uning rivojlanishi; gistologiya (yunoncha g i s t o s — to’qima) o’simlik organlaridagi to’qimalarning joylashishi hamda tuzilishini; gistoximiya — o’simlik to’kima va hujayralaridagi moddalarning joylashishini mikroskop yoki ximiyaviy usullar yordamida o’rganadi.
Bundan tashqari morfologiya o’simliklarning organ hamda qismlarini tasvirlab beradigan organografiya (yunoncha organon — qurol)ga bo’linadi.

Polinologiya (yunoncha p o l i n — chang) o’simliklarning chang va sporalarini tekshiradikarpologiya (yunon. karp — meva) — mevalar tavsifi va klassifikatsiyasi bilan shug’ullanadi; teratologiya esa o’simlik organlari tuzilishida uchraydigan anomal (yunoncha anomaliya — g’ayritabiiy o’zgachaumumiy tartibdan chetga chiqish) holatlarini o’rganadi.
Fitotsenologiya (yunoncha fiton — o’simlik, kaynos — umumiy), fitotsenologiyaning sinonimi geobotanika (yunoncha g ye o — yer, botanike — o’simlik), ya’ni yer yuzidagi o’simliklar uyushmasi (jamoasi) tug’risidagi ta’limot. Bu ta’limot 1918 yilda Goms tomonidan taklif qilingan. U botanika va geografiya fanining ajralmas qismi bo’lib, o’simliklarning yer yuzida tarqalishi va rivojlanish konuniyatlarini o’rganadi.
Fitotsenoz va uni tashkil etgan tur hamda individlarning tuzilishi, tarkibi va rivojlanishini tuproq, iqlim sharoitlari va boshqa omillarga bog’lab tekshiradi. Fitotsenoz o’zining ma’lum bir tuzilishiga ega. Ular o’rmon, o’tloqzorlar, botqoq va boshqalarni tashkil etadi. Uchinchi Xalqaro botanika kongressidan keyin fitotsenozning elementar taksonomik birligi sifatida assotsiatsiya (lotincha assotsiato—qavm) kabul qilindi. Yashash sharoiti, taraqqiyot davri bir xil bo’lgan o’simlik turlari bir assotsiatsiyaga kiritiladi. O’zbekiston cho’llarida shuvoqlar, isiriqlar va sapsarlar kabi assotsiatsiyalar uchraydi. Mavjud o’simliklar guruhini biror assotsiatsiyaga birlashtirish, shu o’simliklardan tug’ri foydalanish, ularni tug’ri kartalashtirish va ular uchun mos bo’lgan maydonlarni to’g’ri rejalashtirish kabi masalalarni hal etishda katta amaliy ahamiyatga ega. Assotsiatsiyalarni ilmiy jihatdan o’rganish o’simliklardan tug’ri va ratsional foydalanishga yordam beradi.

Yüklə 57,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə