Kirish I bob. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 108,86 Kb.
səhifə15/19
tarix09.05.2023
ölçüsü108,86 Kb.
#109368
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2A-sinf

91%

94%

2B sinf

90%

91%

Ko`rinib turibdiki, tajriba o`tkazayotgan sinfimizda tajriba o`tkazishdan oldin o`quvchilar davomoti 91% ni tashkil qigan bo`lsa, tajribadan so`ng davomot 94% ga ko`tarilgan. Nazorat sinfida esa o`quvchilar davomoti 1%ga o`zgargan.



    1. O`quvchilarning o`zlashtirish ko`rsatkichlari quyidagicha ko`rinishga ega bo`ldi:



Tajribadan oldin:



O’zlashtirish ko`rsatkichlari



Jami o`quvchi

a`lo


yaxshi


o`rta


qoniqarsiz



2A –sinf



32

6

14

10

2

2B –sinf



30

5

13

10

2



TAJRIBADAN OLDINGI NATIJA
2A-sinf tajriba sinf
2B-sinf nazorat sinf






TAJRIBA SINF

NAZORAT SINF

5 baho – 6 ta - 17 %

5 baho – 5 ta - 17 %

4 baho – 14 ta – 39 %

4 baho – 13 ta - 43 %

3 baho – 10 ta - 28 %

3 baho – 10 ta - 33 %

2 baho – 2 ta - 6 %

2 baho – 2 ta - 7 %

Tajribadan so`ng:



O’zlashtirish ko`rsatkichlari



Jami
o`quvchi

a`lo


yaxshi


o`rta


qoniqarsiz



2A –sinf

32

10

13

8

1

2B –sinf

30

8

12

8

2



TAJRIBADAN KEYINGI NATIJA


2A-sinf tajriba sinf
2B-sinf nazorat sinf


TAJRIBA SINF

NAZORAT SINF

5 baho – 10 ta - 30 %

5 baho – 8 ta - 24 %

4 baho – 13 ta - 43 %

4 baho – 12 ta - 36 %

3 baho – 8 ta - 24 %

3 baho – 8 ta - 24 %

2 baho – 1 ta - 3 %

2 baho – 2 ta - 6 %

Ona tili darslarini yangi pedagogik texnologiyalar, ayniqsa, o`yin tarzida tashkil etish orqali o`quvchilarning o`zlashtirish ko`rsatkichlari yuqoridagi shkalda ko`rsatilgan natijalarni qayd etdi.


Tajriba sinfida yomon bahoga o`qiydigan o`quvchilar tajribadan oldin 2 nafarni tashkil etgan bo`lsa, tajribadan so`ng ushbu sinfda yomon bahoga o`qiydigan o`quvchilarning 1 nafari o`rta bahoga 1 nafari yomon bahoga o`zlashtira boshladilar. Nazorat sinfida esa yomon bahoga o`qiydigan o`quvchilar 2 nafarligicha qoldi. Avval ular 2 nafarni tashkil qilgan bo`lsa, tajribadan so`ng yana 2 nafarni tashkil qildi.
O`rta bahoga o`qiydigan o`quvchilar soni 2A-sinfda 10 nafar edi. Tajribadan so`ng 2 nafarga kamayib, 8 nafarni tashkil qildi. Ushbu sinfda o`rta va qoniqarsiz bahoga o`qiydigan o`quvchilar 12 nafarni tashkil qilgan bo`lsa, tajribadan so`ng ular 9 nafarni tashkil qildi. Bu 25% o`quvchilar yaxshi bahoga o`zlashtirganliklarini bildiradi.2B -sinfda esa tajribadan oldin 10 nafar o`quvchi o`rta bahoga o`qishgan bo`lsa, tajribadan so`ng ular 8 nafarni tashkil qildi.
Yaxshi bahoga o`qiydigan o`quvchilar avval 2A -sinfda 14 nafarni tashkil qilgan edi. Tajribadan so`ng ular 14 nafarni tashkil qildilar. Ushbu sinfda 6 nafar o`quvchi o`rta bahodan yaxshi bahoga o`zlashtirganliklarini etiborga olsak, jami 7 nafar o`quvchi a`lo bahoga o`qiy boshlagan bo`ladilar. O`z-o`zidan ushbu sinfda a`lo bahoga o`qiydigan o`quvchilar soni 10 nafardan 15 nafarga oshadi. Nazorat sinfida esa tajribadan oldin yaxshi bahoga o`qiydigan o`quvchilar soni 8tani tashkil qilgan bo`lsa, tajribadan so`ng yaxshi bahoga 10 nafar, a`lo bahoga o`qiydigan o`quvchilar soni 7 nafarga oshadi.

ХULOSA
Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddatli davrda chinakam ma'naviyatli va ma'rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.


Ona tili darslarida o’quvchilarninf nazariy bilimlaridan amalda foydalanish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarning ona tili grammatikasi bo’yicha bilim va ko’nikalarini o’stirish boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan o’qitish jarayoniga katta mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Chunki endigina o’z ona tilisining grammatik qonun-qoidalarini o’rganayotgan, harflarni bir-biriga qo’shib, so’zlarni esa bir-biriga qo’shib gap yasashga o’rganayotgan, matnni ifodali o’qish qoidalari bilan tanishayotgan boshlang’ich sinf o’quvchisiga bir vaqtning o’zida ta'lim va tarbiya bеrish, ularga sharqona odob-axloq, iymon-e’tiqod, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik kabi insoniy fazilatlar haqidagi tushunchalarni singdirish bilan birga ularning ona tilining murakkab grammatikasi yuzasidan tushunchalarini o’stirish bir muncha murakkablikni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshi, saviyasi va bilimni qabul qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg’ulotlarini tashkil qilish, o’qitish prinsiplari va mеtodlariga qat'iy amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Biz tajriba-sinov mashg’ulotlarini olib borish jarayonida shunga amin bo’ldikki, darslarda noan'anaviy mеtodlarni qo’llash, yangi pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish, dars qismlarida sport o’yinlaridan, turli xil musobaqalardan yoki qiziqarli o’yinlardan foydalanish o’quvchilarda, nafaqat, chuqur bilim va ko’nikmalarini hosil qilishda, balki insoniy fazilatlarini o’stirib borishda samarali natijalar bеradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining qiziqarli o’yinlarni o’ynashga bo’lgan qiziqishlaridan unumli foydlanib, dars jarayonlarida, ayniqsa, ona tili
darslarida til;ning grammatik qurulishi bilan tanishtirib borish, mavzuga oid mashqlar bajarishda, qolavеrsa, uy vazifalarini tеkshirishda ko’proq qiziqarli o’yinlardan foydalandik.
Qo’llagan usullarimiz orqali o’quvchilarning ona tili grammatikasiga oid tushunchalarini o’stirishga harakat qildik. Natija esa yomon bo’lmadi.
Ona tili darslarida noan'anaviy usullardan, qiziqarli o’yinlardan foydalanganimizda o’quvchilarning, avvalo, darsiga bo’lgan qiziqishlari ijobiy tomongan o’zgardi.Ona tili darsiga qiziqmagan o’quvchilarda darsga qiziqish uyg’ota oldik.
Eng asosiysi, turli xil qobiliyatlari, talant qirralarini rivojlantirishga, bilim va ko’nikmalarni tеz o’zlashtirib olishlariga, ona tili darsi oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an'analarimiz, sharqona odob-axloq normalarini rivojlantirishga erishdik.
Bundan tashqari, ona tili darslarida qiziqarli o’yinlar o’tkazish, sinf o’quvchilarini kichik guruhlarga bo’lib ishlash kabi usullardan foydalanganimizda o’quvchilarning mashg’ulot davomida erkin harakat qila olishga, o’zlarida his etayotgan tortinchoqlik, uyatchanlik, biladigan narsasini aytib bеrishga jur'at eta olmaslik kabi salbiy xaraktеrlaridan qutulishga, erkin fikrlash, mustaqil ravishda xulosa chiqarish, fikr-mulohazalarini va xulosalarini erkin bayon eta olish, kamtarlik, rostgo’ylik, hushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi qobiliyatlarini shakllantirishga va uni rivojlantirishga erishdik.
Ona tili darslarida olib brogan tajriba-sinov ishlarimiz orqali biz quyidagi natijalarga erishdik:

  1. Og’zaki nutqlari rivojlantirildi;

  2. Lug’at boyliklari oshirildi;

  3. So’zlarni to’g’ri talaffuz qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;

  4. Ona tili fanidan qo’shimcha mashqlar ko’nikmalari

  5. Fikrlash qobiliyatlari rivojlantirildi;

  6. Tafakkur qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;

  7. Dunyoqarashlari kеngaytirildi;

  8. O’z ona tilisiga bo’lgan mеhr-muhabbatlari oshirildi;

  9. Bilim va ko’nikmalarni egallashga bo’lgan qiziqishlari oshirildi;

  10. Mashg’ulotlar davomida faol ishtirok etish xususiyatlari rivojlantirildi;

  11. O’zlashtirish ko’rsatkichlarining oshirilishiga erishildi;

Boshlang’ich sinf ona tili darslarini noan'anaviy usullardan, didaktik o’yinlardan foydalangan holda tashkil etish o’quvchilarning jajji qalblarida milliy iftixor va milliy g’ururni shakllantirish bilan birga kamtarlik, rostgo’ylik, hushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini rivojlantirish hamda komil inson bo’lib yеtishishlarida katta yordam bеradi.
Boshlang’ich sinflarning, nafaqat ona tili darslarida balki boshqa har qanday dars turlari davomida yangi pеdagogik tеxnologiyalarni qo’llash, noan'naviy dars usullaridan foydalanish, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashish juda ham katta samarali natijalar bеrishiga ishonch hosil qildik.


Yüklə 108,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə