43
Shulardan biri albattda ta’lim sohasidir. Bugungi kunga kelib ta’lim sohasi iloji
boricha
axborot
texnologiyalari
bilan
taminlanib
kelmoqda.
Bunday
texnologiyalarga albatda kompyuter xonalari,
internet tizimi, elektron doskalar,
taqdimot namoyish qilish uchun moʻljallangan proeksion apparatlar va boshqalarni
misol tariqasida aytishimiz mumkin. Bu axborot texnologiyalari ta’lim sifatini
oshirish va shu bilan bir qatorda oʻquvchilarning zamonaviy texnologiyalar bilan
tanishish, ularni ishlatishni oʻrganishlariga yordam beradi. Zamon bilan hamnafas
boʻlishga intilish esa oʻz navbatida dunyoqarashning shakillanishiga olib keladi.
Fizika fanini oʻqitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash birinchi
navbatda fizikaviy bilimlarni chuqurroq egallashda qoʻl keladi.
Bilamizki fizika
darsidagi koʻplab mavzular aynan tajribalar oʻtkazilishiga borib taqaladi. Bugungi
sharoitlardan kelib chiqib aytadigan boʻlsak bunday tajribalarni har bir darsda
amalga oshirish buyoqda tursin, loboratoriya darslarinini ham yuz foizda otkazish
biroz qiyinroq ma’saladir. Bunday sharoitda bizga aynan axborot
texnologiyalaridan samarali foydalanish qoʻl keladi.
Axborot texnologiyalari rivojlanga bu davrda deyarli barcha fizik
tajribalarning elektron versiyalari ishlab chiqilgan. Bu tajribalarni oʻquvchilarga
namoyish qilishimiz mavzuni chuqurroq anglab yetishlarida yordam boʻladi.
Tajribalarni namoyish qilishimiz uchun kompyuter texnologiyalari,
proeksion
apparatlar va internet termogʻiga ulangan oʻquv xonalarini tashkil qilishiz kerak
boʻladi.
Zamonaviy axborot tenologiyalari bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar va interfaol metodlarning dars jarayonida qoʻllanilishi ta’lim sifatini
oshirishda muhum rol egallaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nafaqat
bilimlarni oson egallashga yordam beradi, balki
yoshlarni komil inson qilib
tarbiyalashda ham katta turtki boʻladi. Bugungi kunda ta’lim sohasida pedagogik
texnologiyalarni qoʻllashdan asosiy maqsad ham shudir.
Hozirgi sharoitda pedagogik texnologiya gʻoyalarini maktab amaliyotiga
olib kirish davlat buyurtmasi hisoblanadi. Istiqbolga yoʻnalgan bu zalvorli
vazifani hal etish an’anaviy ta’lim tizimini yaxshi ma’noda taftish qilishni,
44
ta’lim jarayoni qobigʻida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish va
ishga tushirishni, XXI asr maktabining tabiati va mohiyatiga, xalqimizning
milliy mintalitetiga, oʻquvchilarining real bilish imkoniyatlariga mos ta’lim
tizimini asoslashni taqozo qiladi.
Ilm fan axborotlarining hozirgi davr oʻsish tezligi va hajmi ularni
oʻtgan 15-20-yildagi holatidan keskin farq qiladi.
Shu bois talab
zamonaviy talablarga koʻproq moslashgan shaxsga yoʻnaltirilgan texnologi
yalarini yaratishni taqozo qiladi.
Pedagogik texnologiyada ta’limning davriyligi markaziy muammolardan
biridir. Fizika ta’limi davrlarini oʻrganish, ularni ajratish oʻlchovlarini aniqlash,
oldingi davrdan keyingisini farq qilish, oʻquv ishlari davrlarini qat'iy
chegaralash, shubhasiz, qator yutuqlarga olib keladi: har bir davr uchun yaroqli
ta’lim vositalarini tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi; davrdan davrga oʻtgan
sari oʻrganilgan va endi oʻrganiladigan bilimlar oʻrtasidagi
aloqadorlikni
ta’minlash uchun imkoniyatlar yaratiladi; u yoki bu o ‘quv materialini toʻliq
oʻzlashtirish uchun zaruriy takrorlash chegarasi aniqlanadi; ta’limning oqilona
harakati uchun shart-sharoit tayyorlanadi. Oʻz navbatida fizika ta’limi davriyligi
toʻrtta davirdan iborat boʻladi.
Dostları ilə paylaş: