45
shunday javob qay-tarilgan: «oʻqitish uchun faqat zarur axborotlarni tanlab
olish va
oʻquvchining oʻzlashtirish qobiliyatiga mos holda ularni miqdoriy oʻlchamga
keltirish zarur».
Ta’lim mazmunini oqilona tanlash va axborotlar hajmini oʻquvchining
oʻzlashtirish qobiliyatiga mos holda miqdoriy oʻlchamga keltirish pedagogik
texnologiya munosabati bilan dolzarb masala boʻlib qoldi. Bu masalani
amalda bajarish uchun “
oʻquv elementi” tushunchasi mavjud. Oʻquv elementi
deganda oʻrganish maqsadida tanlangan barcha fan obyektlari tushuniladi.
Tabiiyki, oʻquv elementi(OʻE) soni fan obyekti(FO) sonidan kichik ya’ni,
OʻE < FO boʻladi.
Fizika ta’iimida ijtimoiy talab - komil inson shaxsini rivojlantirish
vazifalarini hal qilishga tomon yoʻnaltirish. Daryo suvi oʻz oʻzanidan
oqqanidek, maktablarda fizika oʻqitish ham
komil inson shaxsini voyaga
yetkazishga yoʻnalmogʻi zarur. Binobarin, maktablarda fizika oʻquv fanini
oʻqitish ishlarini loyihalash ham, loyihalarni bevosita amalga oshirish ham
yagona maqsadga - komil inson shaxsini tarbiyalashga xizmat qilishi shart.
Fizikadan oʻrgatish va oʻrganish uchun sinfga olib kirilgan oʻquv
elementlarini komil inson shaxsiga moʻljallab tashkil etishda quyidagi
yoʻnalishlarga rioya qilinadi.
Oʻquvchilarda fizikaviy hodisalami mustaqil baholay olish layoqatini
rivojlantirish. Fizikadan oʻrganiladigan hodisalarning deyarli barchasi jonli
kuzatishga asoslangan oʻquv elementlaridir. Misol tariqasida «energiya»
tushunchasini olaylik. Energiya yunoncha soʻz boʻlib, harakat,
faoliyat
ma’nolarini anglatadi. Fizikada mexanik, issiqlik, elektromagnit, yadro
energiyalari bir-biridan farqlanadi. Siqilgan prujinaning eshikni yopishi,
qiyalikdan dumalab tushayotgan toshning ikkinchi bir toshni itarib pastga
tushirishi, ogʻir jismni pona ustiga vertikal tashlab, toʻnkani yorish energiya
tushunchasi bilan bogʻliq misollardir. Ish bajara
oladigan jismlar energiyaga
ega boʻladi. Bir qop unni koʻtarib, aravaga yuklagan kishi, yukli aravani
46
tortayotgan ot, mashina gʻildiraklarini yuritayotgan dvigatel, charxpalakni
aylantirayotgan suv, parraklarni aylantirayotgan shamol va shu kabilar
energiyaga ega boʻladi. Energiyaga ega jismlar ish bajaradi. Energiyani u
bajaradigan ishga qarab baholay oladigan oʻquvchi energiya va uning
turlarini (potensial energiya va kinetik energiya)
hamda ularning bir-biriga
oʻtishini toʻgʻri tushunadi.
Oʻquvchilarda tabiatni asrash layoqatini oʻstirish. Fizikaviy bilimlar
mohiyati jihatidan tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish iqtidorini
oʻstirishda yetakchi soha sanaladi. Suv energiya manbayidir. Toʻgʻon
vositasida koʻtarilgan suv katta potensial energiyaga ega. Toʻgʻondan pastga
oqayotgan suvda ham shunday kinetik energiya mavjud. Suvning pastga qarab
oqishida elektr toki generatoriga ulangan turbinani harakatga keltirib, elektr
energiya ishlab chiqaradi. GESlarning xalq xoʻjaligidagi ahamiyatini anglagan
oʻquvchi suvni asrab-avaylash toʻgʻrisida ham oʻylaydi. Dunyo suv
havzalaridagi suvning atigi 5 %i ichimlik suvi ekanligini anglagan oʻquvchi
suvning mohiyatini ham tushunadi.
Unda umuman tabiatni, ayni holatda, jonli
tabiatning bir qismi hisoblangan suvni tejashga oid moyillik tarkib topa boradi.
Fizika fanini oʻqitishda zmonaviy pedagogic va axboro texnologiyalarini
birgalikda qoʻllash, ta’lim sifatini oshirishda ikki hissa koʻproq muvofaqiyat
keltiradi. Fizika darslarida qoʻllash mumkin boʻlgan shunday texnologiyalardan
biriga toʻxtalib oʻtamiz.
IMAK ( “ISHONTIRISH MAKTABI”) TEXNOLOGIYASI
Texnologiya о‘quvchilarda boshqalanii ishontirish (buning uchun dalillarni
topish, ulari asoslash), suhbatdoshni boshqarish,
jamoa orasida, turli hayotiy
vaziyatlarda oʻzini tutish malakasi va tashkilotchilik qobiliyatlarini
shaklllantirish maqsadida qoʻllaniladi.
Izoh: 1. “Tashkilotchi” lavhada ifodalangan voqeylikdan kelib chiqqan holda
oʻzining tashkilotchilik qobiliyati, ishontira olish malakasi, vaziyatni nazorat
qilish, turli vaziyat, sharoitlarda oʻzini tutish, boshqarish koʻnikmalarini
47
namoyon etishi, tarbiyaviy metodlarni qoʻllab, nizoli vaziyatni bartaraf etishga
harakat qilishi lozim.
2. Muhokama chogʻida oʻqituvchi jamoa bilan birgalikda “Tashkilotchi”ning
oʻzini tutishi, boshqalarni oʻz fikriga ishontira olishi, madaniyati,
harakatlaridagi ijobiy va salbiy jihatlami muhokama qiladi (bunda nizoli
vaziyatni bartaraf etish uchun “Tashkilotchi” qanday metodlardan
foydalanganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir).
3. Texnologiyani qoʻllashda oʻquvchi (talaba)lar tomonidan tayyorlangan
pedagogik nizoli vaziyatlardan biri toʻg ‘risidagi videolavhani namoyish etish
mumkin.
4. Videolavha mashgʻulotning 2-yarmida ekranda yoki kompyuter orqali
namoyish etiladi.
U tomosha qilinib, mazmuni jamoa tomonidan muhokama
etiladi.
Bu kabi tahlil har bir oʻquvchi (talaba)ga oʻz xatti-harakatlarining mohiyatini
anglash, zarur xulosalarni chiqarish koʻnikmalariga ega boʻlish uchun yordam
beradi.
Texnologiyani qoʻllash tartibi quyidagicha: