Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə25/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

III. Metodik boʻlim 
Bu boʻlim orqali umumiy oʻrta ta’lim maktablarida Yer va Oyning Quyosh
atrofidagi harakati mavzusini oʻqitishning metodik jihatlari, umumiy oʻrta ta’lim 
maktablari 9-sinflari uchun Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati mavzusidagi
bir soatlik dars ishlanmasi, akademik litseylar uchun Yer va Oyning Quyosh 
atrofidagi harakati mavzusidagi ikki soatlik dars ishlanmasi keltirib oʻtilgan.
Mavzuni yoritib berishda PhET Interactive Simulations dasturi simulyatsiyalaridan 
foydalanish, uni darsning qaysi jarayonida qoʻllash kerakligi yozilgan.
III.1 Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida Yer va Oyning Quyosh atrofidagi 

harakati mavzusini oʻqitishning metodik jihatlari 
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida osmon jismlari haqidagi mavzular fizika 
darsligida ajratilgan bob orqali oʻtiladi. Mavzular koʻlamiga nisbatan ajratilgan
soatlar hajmi biroz kamlik qiladi. Bobni oʻqitish uchun 10 soatlik dars hajimi 
ajratilgan. 45 daqiqalik dars davomida mavzuning mohiyatini toʻla ochib berish
pedagogik jihatdan biroz mushkul vazifa hisoblanadi. 
Ta’lim standartiga koʻra, fizika darslarini oʻtish jarayonida mavzuga mos
nazariy ma’lumotlar, formulalar, mavzuning hayotimizga aloqador jihatlari, tarixiy 
ma’lumotlar oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarga yetkazib berish lozim. Qisqa vaqt
davomida bunday ma’lumotlarni oʻquvchilarga yetkazish uchun mavzuga mos 
metodikani shakillantirish zarur boʻladi.
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bu imkoniyatni bizga beradi, 
qachonki buday texnologiyalardan mavzuni oʻqitishning samaradorligini
oshirishga yordam beradiganlari tanlansa. Mavzuga mos oʻqitish texnologiyalarini 
tanlash ayniqsa astronomiyaga bogʻliq mavzularni oʻqitishda qoʻl keladi. Chunki
umumiy oʻrta ta’lim maktablari 9- sinflarida bunday mavzular boshlangʻich 
tushunchalar berish uchun xizmat qiladi.
Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati mavzusini oqitishda, uyga vazifani 
soʻrash uchun vaqtni tejaydigan, oʻquvchilarning olgan bilimlarini yaqqol
nomoyon qiladigan texnologiyalardan foydalangan maqul. Sababi mavzu 


56
yuzasidan beriladigan ma’lumotlar juda koʻp, bularning hammasini aytishga vaqt 


juda kam qoladi. Bunday holda uyga vazifa soʻrash uchun oʻquvchilarni


guruhlarga boʻlib “fizik diktant” va “Venn diagrammasi” texnologiylaridan 
foydalanishni taklif qilaman.
Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati mavzusida ma’lumotlar berishda 
dastavval olamning geosentrik va geliosentrik nazaryalar haqida gapirish oʻrinlidir.
Chunki bugungi kunda geliosentrik nazarya, ya’ni Yerning Quyosh atrofida 
aylanishini hamma biladi. Lekin Kopernik bu nazarya yaralmasdan oldin
insoniyatning fikri, oʻy hayollari qanday boʻlganini oʻquvchilarga yetkazish lozim. 
Undan tashqari Kopernikgacha boʻlgan geliosentrik nazaryaga oid fikrlar yurutgan
olimlar haqida tarixiy ma’lumotlar ham aytilishi lozim. Xususan, ajdodlarimiz 
mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning “Utorud va Zuhro sayyoralari Quyosh
yaqinidan ketolmay qolgan. Ular Quyosh atrofida aylanishlari kerak ” degan fikri 
va bu aylanish ellips orbita boʻylab boʻlishini takidlab oʻtgani, Xorazmlik ikkinchi
bir vatandoshimiz Chagʻminiyning (XII asrning ikkinchi yarmida tavallud topgan 
va 1220- yilda vafot etgan) quyidagi soʻzlarini aytib oʻtish joiz deb bilaman:
“Yerning Quyosh atrofida aylanishidan fasllar hosil boʻladi”.
Mavzuni oʻqitish jarayonida Kepler qonunlari, u yaratgan formulalar haqida
albatda gapirish lozim. Chunki Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati aynan 
shu qonunlarga boʻysunadi. Lekin dastavval Keplerning ustozi boʻlmish Tixo
Brage haqida, uning mehnatlari haqida ma’lumotlar berish lozimdir. Chunki 
Keplerning bu qonunlarni yaratishda uning ustozining xizmatlari katta.
Mavzuni oʻqitishda axborot texnologiyalaridan albatda foydalanish kerak. 
PhET simulyatsiyalari orqali Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati namoyish
qilinsa, darsning samaradorligi oshadi. Chunki oʻquvchilar ham koʻrish orqali, ham 
eshitish orqali ma’lumotlar olishadi. Bunda oʻquvchilarning ma’lumotlarni eslab
qolishlari va tahlil qilishlari yuqori darajada boʻladi. Axborot texnologiyalarning 
qoʻllanilishi oʻquvchilarning darsaga qiziqishlarini ham orttiradi.



57
Darsning mustahkamlash etapida savol javoblar va masala ishlash namunalari 


koʻrsatilishi kerak. Shunda oʻquvchilarda Kepler qonunlarini amalda qoʻllash


borasida amaliy koʻnikma va malakalar hosil boʻladi. 
Uyga vazifaga oʻquvchilar mustaqil ravishda ishlashlari uchun masalalar va
mavzuni takrorlash berish maqsadga muvofiqdir. Shunda oʻquvchilar oʻzlari ustida 
koʻproq ishlab mavzuning mohiyatini yanada chuqurroq egallashga intiladilar. Oʻz
xohishlariga koʻra qilingan bunday izlanishlar orqali olingan bilimlari xotiralarida 
oʻchmas boʻlib qoladi.

Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə