Kirish Mil avv VI-V asrlarda Italiyadagi axvol



Yüklə 55,45 Kb.
səhifə7/8
tarix26.05.2023
ölçüsü55,45 Kb.
#113197
1   2   3   4   5   6   7   8
Kohinlar. Rimda diniy e’tiqod siyosiy hayotdan ajralmadi. Qadimgi Rimda barcha oliy magistratlar qandaydir bir kohinlik funksiyalarini bajarganlar. Kohinlar alohida ijtimoiy qatlam emas edi. Kohinlar kollegiyaga uyushgan bo‘lib, faqat diniy vazifani bajardilar. Pontifiklar kollegiyasi boshda uch, keyin olti kishini tashkil qildi. Kollegiya boshlig‘i buyuk pontifik deb atalgan. U diniy marosim, rasm-rusumlarni bajarishda qatnashib, kalendar, ob-havo yozuvlarini olib borgan. Pontifiklar patritsiylar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Magistratlarga diniy masalalar bo‘yicha maslahatlar bergan. Buyuk pontifik mil.avv. III asr oxiridan alohida komisiyalarga saylangan, pontifiklar kooptatsiya yo‘li bilan tayinlanganlar. Pontifiklar Mil.avv. 300-yildagi Ogulniy qonuni bo‘yicha plebeylar ham pontifik lavozimlarini egallashi lozim bo‘ldi. Turli ibodatxona kohinlari flaminlar deb atalgan. Ma’buda Vesta ibodatxonasi kohinlari Rimda katta obro‘ga ega bo‘lganlar. Bashoratchi kohin – avgurlar alohida kohinlar kollegiyasiga kirganlar. Boshda avgurlar faqat patritsiylardan saylangan.
Mil.avv. VI–IV asrlarda Rimning ijtimoiy tuzilmasi murakkab va tushunarsiz edi. Rim jamiyatida patritsiylar, klientlar, plebeylar va qullar sinfiy-toifaviy guruh sifatida chiqdilar. Bu guruhlarning har biri jamiyat va ishlab chiqarishda o‘z huquq-majburiyatlari bilan alohida o‘rinni egalladilar. Rimning eng qadimgi tub aholisi patritsiylar deb atalgan.Patritsiylar (lotincha “pater” o'zbekchada ota degan ma'noni bildiradi) ota-bobolari shaharga asos solganliklari bilan faxrlanib yuradilar. Ular Rimning erkin aholisi bo'lib, ekiladigan yer yaylovlarga ega bo'lgan jamoani tashkil etganlar. Patritsiylarning har bir oilasi jamoa ekin maydonidan yer olib ekin ekar, jamoa yaylovlarida chorva mollarini boqar edilar. Rim patritsiylari dalada ham, uyda ham o'zlari ishlaganlar. Ular uy va dala ishlarida qullar menatidan ham foydalanganlar. Kuriya komisiyalarida ovoz berib, senat a’zoligiga saylanganlar. Og‘ir qurollangan piyoda qo‘shinda, imtiyozli otliq qo‘shinlarda ham xizmat qilar edilar. Har bir patritsiy katta oila jamoasi – ko‘p sonli familiya (familias)ning boshlig‘i bo‘lgan. Mil.avv. IV asr o‘rtalarigacha asosiy magistrat lavozimlari patritsiylar bilan to‘ldirilar edi. Patritsiylar uzoq ibtidoiy jamoa davri, urug‘chilik jamoalariga borib taqaladigan urug‘ guruhlari (gentes)ga bo‘lingan edilar. Yer egalarining imtiyozli hukmron sinf qatlami bo‘lgan holda urug‘chilik aloqalari muhim o‘rin egallagan bu tuzilmada Rim patritsiylari jamiyatning konservativ unsurlari edilar. Ular yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xususiy mulkchilik, qulchilik taraqqiyotiga to‘siq edilar. Mil.avv. VI–III asrlarda jamoa yer egaligining yemirilishi bilan birga, yerga xususiy mulkchilik kuchaydi. Urug‘ning yerlari kichik ulushlarga bo‘linib, yer ishlov berish uchun qarindoshlar, kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk sifatida o‘zlariga tegishli yer maydoniga ishlov berar edilar (ular davlatdan 2 yugerdan 0,5 gektargacha yer olganlar). Xususiy va jamoa yerlaridan tashqari, davlat yer jamg‘armasi (ager publikis) mavjud edi. Rim fuqarosi davlat yerini katta bo‘lmagan ijara to‘lovi bilan okkupatsiya (lotincha egallash) qilish huquqiga ega edi. Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Plebeylar ham yuz yillik kurashlar natijasida «ager publikis»dan foydalanish huquqiga ega bo‘ldilar. Ilk respublika davrida Rim iqtisodiyotining asosi qishloq xo‘jaligi edi. Mayda va o‘rta yer egaligi yetakchi rol o‘ynagan. Mil.avv. IV asrdan patritsiylar jamoa yerlarini («ager publikus») bosib ola boshladilar. Natijada yirik xo‘jalik (imeniye)lar paydo bo‘lib, qullar mehnatidan ko‘proq foydalanila boshlandi.
Italiyaning boshqa joylardan Rimga ko'chib kelgan odamlar va ularning avlodlarini plebeylar deb atashganlar. Plebeylar orasida boy-badavlat kishilar ham bo'lgan, lekin ularning orasida kambag'allar ko'pchilikni tashkil etgan. Patristiylar Rim davlatini idora etishda faol qatnashib, unga plebeylarni yo'latmas edi. Lekin ular o'z idora usullarini umumxalq ishi deb bilganlar. Rimda respublika o'rnatilgan bo'lishiga qaramay plebeylar davlat ishlariga aralashtirilmagan, ular siyosiy jihatdan huqusiz bo'lib qolaverganlar, ya’ni huquqiy jihatdan erkin bo‘lsalar-da, fuqarolik huquqlaridan mahrum edilar. Plebeylar kichik yer maydonlarida dehqonchilik qilib, savdo-hunarmandchilik bilan shug‘ullanar edilar. Ularning ko‘pchiligi asosan Rim atrofidagi qishloqlarda yashab, o‘z jamoa tashkilotlari, o‘zaro yordam tizimiga ega edilar. Plebeylar Rim jamiyatining shakllanayotgan jamoa – dehqon tarkibining asosiy qismini tashkil qilar edilar. Plebeylar orasida tez orada ijtimoiy tabaqalanish yuz berib, boy qatlam ajralib chiqdi. Plebeylarning asosiy ommasi yer olish va qarzi uchun qullikni bekor qilinishini talab qilgan bo‘lsalar, o‘ziga to‘q va boy plebeylar birinchi navbatda, patritsiylar bilan siyosiy teng huquqlik uchun kurashdilar.
Plebeylar patritsiylar bilan teng bo'lish va o'z ahvollarini yaxshilash uchun tinimsiz kurash olib borganlar. Rimdagi patritsiylar bilan plebeylar o'rtasidagi kurash podsholik davridayoq boshlangan edi. Miloddan avvalgi V–IV asrlarda plebeylar katta g'alabaga erishganlar. To‘xtovsiz urushlar natijasida xonavayron bo‘lgan, qarzlarga botib qolgan Rim plebey bosib olingan yerlarni taqsimlashda o‘z hissasini talab qildi. Shuningdek, patritsiylarning zo‘ravonligidan qonuniy himoya va o‘z siyosiy huquqlarini kengaytirishni talab qilib chiqdilar. Bu kurash mil. avv. 494-yilda o‘ta keskinlashdi. Og‘ir qarz majburiyatlari, qarz beruvchining zulmi plebeylarni ekvlar bilan urushda ishtirok etishdan bosh tortishlariga olib keldi. Ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida mil.avv. 494-yilda Rimdan 4,5 km shimoldagi «Muqaddas tog‘»ga chiqib ketishga (sesessiya) majbur bo‘ldilar.
Sesessiya va harbiy xavf patritsiylarni yon berishga majbur qildi. Natijada plebey yig‘inlarida har yili ikki yoki to‘rt xalq tribuni saylash huquqi olindi. Keyinchalik xalq tribunlari soni o‘ntaga yetdi. Tribunlar mansabdor shaxslar bo‘lmay, plebs vakillari sifatida chiqib, uning manfaatlari himoyachisi bo‘ldilar. Plebeylar har yili o'zlarining himoyachilari xalq tribunllarini saylash xuquqini qo'lga kiritganlar. Tribunlar veto huquqiga ega bo'lib, u konsullar va senatning plebeylarga zid farmoyishlarini taqiqlab qo'yish huquqiga ega edilar. Tribunning eshigi plebeylar uchun har doim ochiq bo'lib, ular barcha masalalarda tribunga murojaat qilardilar va ulardan himoya topardilar. Tribunlar tez orada plebeylarning yo'lboshchilariga aylanib, ularning manfaatini ko'zlab hormay–tolmay kurash olib borganlar. Tribunlar faqat plebeylar orasidan saylanib, daxlsizlik huquqidan foydalanar edilar. Xalq tribuniga qo‘l ko‘targan kishi qonundan tashqari deb e’lon qilinar edi. Bunday jinoyat qilgan kishini har kim jazosiz o‘ldirishi mumkin edi. Plebeylar o'z yo'lboshilari tribunlar rahbarligida amaldagi huquqlarqni yozib qo'yilishiga muvaffaq bo'lganlar. Miloddan avvalgi 451 yilda 10 patritsiydan iborat hay'at tuzilib, ular qonunlar majmuasini tuzishlari kerak bo'lgan. Ammo, hay'at bir yilda bu ishni oxiriga yetkaza olmagan. Miloddan avvalgi 445 yilda esa 5 ta plebey va 5 ta patritsiydan iborat yangi hay'at saylangan. Ular Rimdagi huquqlar majmuasini to'plab tartibga solganlar. Miloddan avvalgi 449 yili 12 ta mis lavhaga o'yib yozilgan qonunlar forumga qo'yilgan va qabul qilingan. 12 mis lavhadagi qonunlarining qabul qilinishi plebeylarning katta g'alabasi edi. Qonunga ko'ra, yer va mol-mulk xususiy hisoblanib, uni merosxo'rga vasiyat qilib qoldirish mumkin bo'lgan. . 12 jadval qonunlari birinchi va yagona Rim huquqi kodeksi edi. 12 jadval qonunlari Rimda ijtimoiy munosabatlarni klassik quldorlik jamiyatiga o‘tish davrini aks ettirdi.
Plebeylarning siyosiy tenglik uchun kurashi davom etdi. Mil. avv. 447-yildan 2 konsul bilan birgalikda senat qaroriga ko‘ra 3 tadan 8 tagacha konsul hokimiyati vakolati bilan tribunlar saylana boshlandi. Plebeylarga mil.avv. 445-yildagina tribun Kanuley qonuni asosida patritsiylar bilan nikohdan o‘tishga ruxsat berildi. Yangi senzor mansabi joriy qilinib, ularning vazifasi fuqarolarning mulk senzi majburiyatini bajarishini nazorat qilish, keyinchalik senatorlar ro‘yxatini tuzish edi. Senzor hukmi bekor qilinmas edi. U qat’iy edi. Bundan tashqari, ular daromad-xarajatlar to‘lovini nazorat qilar, katta jamoa ishlarini tashkil qilar edilar.
Mil.avv. 367-yilda konsul Sekst Lateran 3 ta muhim qonunning qabul qilinishiga erishdi. Birinchi qonun: qarz foizlarini tartibga soldi. Ikkinchi qonun barcha Rim fuqarolari – patritsiylar va plebeylarga jamoa yerlaridan foydalanishning teng huquqini berdi. Uchinchi qonunga ko‘ra, konsullik lavozimini plebeylar ham egallashi mumkin edi. Keyinchalik ikki konsuldan biri plebeylardan saylanishi odat tusiga kirdi. Bir vaqtning o‘zida konsullardan sud ishlari yangi mansabdor shaxs – pretorlarga olib berildi. Pretorlar konsullar kabi senturiy komisiyalarida saylanar edi. Mil.avv. 356-yil ilk bor plebeylardan diktator saylandi. Besh yildan so‘ng birinchi plebey senzor, mil.avv. 332-yildan senzorlardan biri muntazam plebey vakillaridan saylanadigan bo‘ldi. Shundan yana o‘ttiz yil o‘tgach, plebeylardan Rimning oliy kohini – pontifik saylanadigan bo‘ldi. Miloddan avvalgi 326 yilda plebeylar yana bir yangi qonun qabul ilganlar. Qonunga ko'ra “qarz uchun qarzdorning tan-joni emas, mol-mulki javobgar bo'lishi kerak”,- deyilgan. Qarz uchun Rim fuqarosini qul qilib sotish qonunda man qilingan.
Plebeylarning patritsiylarga qarshi to‘laqonli teng huquq uchun so‘nggi kurashi mil.avv. 287-yilgi Gortenziy qonunining qabul qilinishi bilan yakunlandi. Shu davrdan plebey yig‘inlarining qarorlari Rimning barcha fuqarolari uchun senatning tasdig‘isiz majburiy qonunga aylandi. Ayni paytda plebeylar konsullik lavozimlarni va bosha mansablarni egallash hamda jamoa ekin maydonida yer olish huquqiga ham erishganlar. Miloddan avvalgi III asr boshlarida plebeylar Rimning to'la huquqli fuqarolari bo'lib olganlar.
Mil. avv. IV asr oxirida eng boy yangi patritsiy va plebey zodagonlaridan iborat yangi nobillar qatlami vujudga keldi. Rim patritsiy va plebeylar ichidan o‘z boyligi siyosiy-iqtisodiy jihatdan katta mavqega ega bo‘lgan davlat boshqaruvini monopoliya qilib olgan uncha katta bo‘lmagan guruh nobillar edi. Nobillarning iqtisodiy tayanchi katta yer egaligi, ko‘p sonli kliyentlar, jumladan, o‘nlab provinsiya shaharlari edi. Nobillar yirik yer-mulkka egalik qiladigan va davlatni boshqaruvchi oliy toifaga aylandi. Nobillar hokimiyatining amaldagi tayanchi senat bo‘lib, u yerda patritsiy urug‘lari bilan bir qatorda Litsiniy va Liviy kabi boy plebey urug‘lari ham muhim rol o‘ynadi. Nobillar senatorlar toifasining oliy guruhi bo‘lib, yirik va o‘rta quldor yer egalari, savdogar va moliyachilardan tashkil topgan suvoriylar toifasi bilan birga, hukmron qatlam tarkibini tashkil qildi. Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam bo‘lishlariga qaramasdan, yuz yillar davomida davlat hokimiyatining oliy mansablarini faqat o‘zlari egallab turdilar. Ular mamlakat miqyosida o‘z obro‘-e’tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya munitsipiy boy zodagonlari bilan yaqin aloqada bo‘ldilar. O‘zlariga xizmat qiladigan ko‘p sonli klientlarni saqlab turdilar. Rim magistraturasiga faqat o‘z toifalariga yaqin bo‘lgan kishilarni qo‘ydilar. Bir necha patritsiy oilalari yuz yillar davomida Rimga senatorlar, konsullar, senzorlar va boshqa oliy mansabdorlarni yetkazib bergan. Qolgan fuqarolar – kichik mulkdorlar, erkin dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlardan tashkil topgan plebeyni tashkil etdi. Imtiyozli toifalar va plebeyga qarama-qarshi, hech qanday huquqqa ega bo‘lmagan ko‘p sonli qullar qatlami turar edi. Kliyent fuqarolik huquqiy qobilyatga ega bo‘lmay, uning uchun barcha bitimlarni patron tuzgan.
Ilk Rim jamiyatida kambag‘al va siyosiy huquqsiz kishilarning ko‘p sonli qatlami – kliyentlarni tashkil qildi. Ozod qo‘yilgan qullar yoki Rimga ko‘chib kelgan boshqa urug‘ vakillari patritsiylardan himoya va homiylik qidirishga majbur bo‘lib, ularga kliyent bo‘lishlari mumkin edi. Kliyentlar patritsiylarning urug‘iga qaram a’zo sifatida kirib, o‘z homiylari urug‘i nomini oldilar. Ularga patron yerlarida ishlash vazifasi, patronni yurishda, shaharga chiqishida hamrohlik qilish majburiyatlari yuklandi. Agar patron urushda asir tushib qolsa, kliyent tovon to‘lab uni qutqarib olishi shart edi. Kliyent vasiyat qoldirmagan bo‘lsa, o‘limidan so‘ng uning mulki patronga meros qolar edi. Agarda kliyent patronga bo‘ysunmasa, sud orqali u qulga aylantirilishi mumkin edi. O‘z navbatida, patron kliyentni boshqalarni tazyiqidan himoya qilishga majbur bo‘lib, sudda uning manfaatlarini himoya qilar edi. Mil.avv. III asrga borib yangi ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan kliyentlarning katta qismi o‘z patronlaridan ozod bo‘lib, davlatdan yer oldilar va erkin dehqonlarga aylandilar. So‘nggi Rim imperiyasi davrida kuchli senator – patrisiylarni patronatiga kichik yer egalari, hatto qishloqlar, jamoalar va shaharlar o‘ta boshladi. Kichik yer egalari patronga o‘z yerlarini berib, uni prekariy sifatida qaytarib olib, amaldorlar, sudxo‘rlar va sudyalar zo‘ravonligidan o‘zlarini himoya qildilar.
Qulchilik Rimda eng qadimgi davrlardan mavjud edi. Klassik qulchilik nima u? Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda dehqonchilik-hunarmandchilikda asosiy ishchi kuchi qullar bo‘lgan iqtisodiyot klassik qulchilikning ko‘rinishi, mazmun-mohiyati bo‘ladi. Lekin qulchilik o‘z klassik shakliga Puni urushlari davrida ega bo‘ldi. Har qanday Rim istilochilik urushlari minglab kishilarni asirlikka olish va qullikka sotish bilan birga olib borildi. Ko‘pgina urushlar Rimga 100 minglab asirlarni olib kelishga sabab bo‘ldi. Karfagen yurishlaridan sarkarda, konsul Regen Rimga 20 ming asirni qul qilib jo‘natdi. Mil.avv. 209-yilda Tarent ishg‘oli vaqtida 30 ming aholi qul qilindi. Agrigent qamali vaqtida 25 ming kishi asir olindi. Mil. 507 avv. 167-yilda Epir shahri qamal qilinganda, uning asir olingan 150 ming aholisi qul qilib sotib yuborildi. Rimliklar Sardiniyani bosib olib, uning tirik qolgan barcha aholisini qul qilib sotdilar. Qullarning narxi tushib ketdi. «sard kabi arzon» iborasi shundan kelib chiqdi. Mil.avv. V asrgacha qulchilik xonaki (patriarxal) shaklda edi. Mil.avv. V asrdan qul mehnati xo‘jalikning turli sohalariga kirib bordi. Rimda qarzi uchun qul qilish mil.avv. 326-yildagi qonun bilan bekor qilindi. Natijada, qullar qatlami asosan urushlarda olingan asirlar hisobidan to‘ldirila boshlandi. Qulga buyum sifatida qaralmadi. Inson shaxsi huquqlari kam darajada bo‘lsada, saqlanib qoldi. Bu davrda erkin kishi va qullar o‘rtasidagi farq unchalik keskin emas edi. Qonunlarda mulk huquqi kuchli himoya qilingan edi. Mulkka daxl qilish og‘ir jinoyat hisoblanib, qiynoq bilan o‘lim jazosi berilar edi. Qullar uchun jazo erkin tug‘ilganlarga nisbatan og‘ir edi. O‘g‘rilik qilgan erkin fuqaro kaltaklanar edi, qullar esa savalanganidan so‘ng qoyadan tashlanar edi. Sudxo‘r qarzdorni qul qilish bilan cheklanmay, balki uning hayotiga egalik qilishi ham mumkin edi. Rim o'z davrining eng yirik dengiz davlati edi. Karfagen bilan boshlangan urush Rimga kemasozlik bilan jiddiy shug'ullanish kerakligini ko'rsatadi. Yirik kemalarni 150-200 tadan iborat eshkakchi qullar harakatga keltirganlar. Quldor va aslzodalar ko'plab qul saqlaganlar va ishlatganlar. Qadimgi dunyoning hech bir mamlakatida Rimdagidek, ko'p qul bo'lmagan va ular Rimdagidek, azob-uqubatga tashlanmagan edi. Ko‘pgina urushlar Rimga 100 minglab asirlarni olib kelishga sabab bo‘ldi. Karfagen yurishlaridan sarkarda, konsul Regen Rimga 20 ming asirni qul qilib jo‘natdi. Mil.avv. 209-yilda Tarent ishg‘oli vaqtida 30 ming aholi qul qilindi. Agrigent qamali vaqtida 25 ming kishi asir olindi. Mil. 507 avv. 167-yilda Epir shahri qamal qilinganda, uning asir olingan 150 ming aholisi qul qilib sotib yuborildi. Rimliklar Sardiniyani bosib olib, uning tirik qolgan barcha aholisini qul qilib sotdilar. Qullarning narxi tushib ketdi. «sard kabi arzon» iborasi shundan kelib chiqdi.
Mil.avv. III asrda Rim iqtisodiyotida qullar asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanib, moddiy ne’matlarni yaratuvchi asosiy ishchi kuchi bo‘ldi. Bu ilmiy adabiyotda klassik qulchilik deb nomlandi. Qul mehnatiga asoslangan Rim zodagonlarining yirik pomeste – latifundiyalari paydo bo‘lishi bilan Italiyada qulchilik klassik shaklga kira boshladi. Yirik latufindiyalarning g‘alla va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalikka aylanishi bilan minglab kichik yer egalari ular bilan raqobat qila olmay, xonavayron bo‘ldilar. Qullarning mehnati juda arzon, o‘zlari esa qadrsiz edilar. Quldorlik xo‘jaligi bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashib, tobora ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish uchun qul mehnatidan keng foydalandi. Qullarning ijtimoiy va huquqiy ahvoli yomonlashdi. Qul buyum va hayvonga tenglashtirildi. Xo‘jayin qulning ustidan mutlaq hukmron bo‘lib, u qulni o‘ldirishi, yirtqich baliqlar va yovvoyi hayvonlarga yem qilishi mumkin edi. Rimning har bir katta shahrida qul bozori mavjud bo‘lib, bu yerda har qanday fuqaro qulni sotishi yoki sotib olishi mumkin edi. O‘rtayer dengizidagi eng katta qul bozorlari Delos (Egey dengizi) orolida, Akvileya shaharlarida (Shimoliy-sharqiy Italiya), Tanais (Don daryosi yuqori oqimi)da muntazam mavjud edi. Delos qul bozorida bir kunda 10 minggacha qul sotilar edi. Bozorga kiritilgan qullar miqdoriga qarab uning narxi o‘zgarib turar edi. Jang natijasida olingan asirlar qo‘shindagi kvestor ixtiyoriga berilgan. Kvestor ularni kim oshdi savdosida sotar edi. Kim oshdi savdosida qul savdogarlari ularni sotib olib, keyin bozorga chiqarar edilar. Rim fuqarolarini qarzi uchun qul qilish mil.avv. 326-yilda qabul qilingan senat qonuni bilan bekor qilingan edi. Biroq Italiya va provinsiyalarning Rim fuqaroligi bo‘lmagan aholisi uchun qarzi evaziga qul qilish o‘z kuchini saqlab qoldi. Provinsiyalarda rimlik soliqchilar aholiga katta foizda qarz berib, ularni qul qildilar. Qullar safini to‘ldirishning yana bir manbasi ularni tabiiy ko‘payishi edi. Cho‘ri qullarning bolalarini ko‘paytirish va tarbiyalash ba’zi quldorlar tomonidan rag‘batlantirilar edi. Go‘dakligidan qullikda tarbiyalangan qullarning bolalari kasb-hunarga o‘rgatilgan. Qullar safini to‘ldirishning yana bir 508 manbasi dengiz qaroqchilarining dengizlarda qirg‘oqqa yaqin shahar-qishloqlarni talab, o‘z qurbonlarini qullikka sotishi edi. Ba’zi yillarda qaroqchi piratlar bir necha yuz ming qullarni bozorga yetkazib berar edilar. Ma’lumotli qullar yoki malakali qullar (o‘qituvchi, aktyor, oshpaz, raqqosalar)ning bahosi juda baland turar edi. Italiya qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lib qolaverdi. Qullar asosan qishloq xo‘jaligida ishlatildi. Ulardan qishloq xo‘jaligidan tashqari tog‘-kon, metallurgiya va qurilishda foydalanila boshlandi. Faqat qullarga va qaroqchilarga xochga tortib o‘lim jazosi berilgan. Boshqa obro‘li jinoyatchilarning boshi kesilgan. Ozod kishilarni qiynoqqa solib, so‘roq qilish taqiqlangan. Qullarni qiynoq ostida so‘roq qilishga ruxsat etilgan. Qul uchun eng og‘ir jazo tosh konlariga, gladiatorlar maktabiga sotib yuborish edi. Rimning deyarli barcha fuqarolari qullarga ega edilar. O‘rta darajadagi fuqaroning shahardagi uylarida 5-10 ta qul, shahar tashqarisidagi qo‘rg‘onida 15-20 ta qul ishlab turgan. Qullarni erkinlikka chiqarish faqat imperiya davrida keng tus oldi.Qul qarib qolgach, uni boqmaslik uchun ko‘chaga haydab yuborilgan.
Xulosa
Rim sivilizatsiyasi tarixida miloddan avvalgi V-III asrlar muhim o’rin tutadi. Chunki bu davrlarda nafaqat Rimda, balki butun dunyo davlatlari bo’yicha ilk bor respublika boshqaruv tizimi o’rnatildi. Albatta bu tizim hozirgi kundagi respunlika boshqaruvidan farq qilsa ham o’sha davr siyosiy hayoti uchun katta voqea edi. Bu davlatda o’rnatilgan davlat boshqaruv organlarini keyinchalik boshqa davlatlar ham o’z boshqaruvlarida qo’llashgan. Rimda respublika boshqaruvining o’rnatilishi oddiy aholi turmush darajasiga ham ta’sir etgan. Xususan patritsiylar va plebeylar huquqlarining tenglashtirilishi, har ikkala toifaning ham davlat lavozimlariga saylana olishi mumkinligi bunga misol bo’la oladi. Respublika boshqaruvining o’rnatilishi jamiyatning ijtimoiy, siyosiy hayotidan tashqari iqtisodiy va madaniy sohalariga ham ta’sir etgan. .Jumladan, mil.avv. VI–V asrlarda etrusk shaharlarida savdo-hunarmandchilik gullab-yashnadi. Ayniqsa, metallurgiya va metallga ishlov berish, kulolchilikda etrusklar katta yutuqlarga erishganlar. Etrusk va kampan jez idishlariga Bolqon Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Mil. avv. VI–III asrlarda asosiy savdo-hunarmandchilik markazlari Sirakuza, Tarent, Dikearxiya (Puteola), Populoniya, Adriya va Spina edi. Rimning savdo ahamiyati o‘sdi. Har yili katta diniy bayramlar vaqtida Etruriyaning markazi Volsiniya va Latsiyaning 4 viloyat bilan tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari uyushtirilgan.
Aynan bu davrda tashqi savdo yuksalgan. Savdo asosan suv yo‘li bilan amalga oshirildi. Mil.avv. VI asrda dengiz savdosiga Rim ham tortildi. Tibr daryosi boshlanishida Rimning Ostiya portiga asos solingan. Madaniy hayotda esa mil.avv. IV–III asrlarda Rim shahrida obodonchilik, qurilish ishlari avj olgan. Katta xarajat talab qilgan qimmat, lekin foydali inshootlar qurildi: Italiyaning turli hududlarida a’lo yo‘llar, jumladan, mashhur Appiy yo‘li, Rimdagi suv quvuri qurildi. Botqoq yerlar quritilib, ekinzorlarga aylantirildi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, miloddan avvalgi V-III asrlarda insoniyat sivilizatsiyalar tarixida yana bir pog’ona oldinga ko’tarildi. Buni Rim tarixi misolida ushbu mavzuda o’rgandik desak xato bo’lmaydi.
Jahon sivilizatsiyalari tarixi, ularning vujudga kelishi, rivojlanishi va inqirozi masalalarini bizning fikrimizcha, muhim ijtimoiy – siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan muammo deb qarash va uni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida o'rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir. Biror-bir davlat tarixiga oid voqealarni o’rganish faqat o’sha davlat yoki unga qo’shni bo’lgan davlatlar fuqarolariga emas balki butun insoniyatga taalluqli deb hisoblaymiz. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham quyidagi so’zlarni aytib o’tgan edi:
“Jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribalaridan bugungi kunda foydalanish. yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik mamlakatimizda buyuk jamiyat qurilishini va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimizni tezlashtiradi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlar tarixini chuqur o‘rganib, uning ijobiy tomonlaridan respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish har birimizning muqaddas burchimizdir.”


Yüklə 55,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə