Kirish Mil avv VI-V asrlarda Italiyadagi axvol



Yüklə 55,45 Kb.
səhifə6/8
tarix26.05.2023
ölçüsü55,45 Kb.
#113197
1   2   3   4   5   6   7   8
Plebey edillari. Boshda plebey edillari xalq tribunlarining yordamchilari bo‘lganlar. Ularning turar joylari plebeylar sig‘inadigan ma’buda Serera ibodatxonasi bo‘lgan. Ibodatxonada plebsning arxivi ham bo‘lgan. Mil.avv. 366-yildan ikkita plebey edillidan tashqari ikki qurul edilli boshda patritsiylardan saylana boshlagan. Lekin tez orada bu lavozimga plebeylar ham saylanadigan bo‘ldi. Qurul edillari plebey edillari bilan bitta kollegiyani tashkil qildilar. Ularning vazifasi shaharda tartibni saqlash; shaharning oziq-ovqati ta’minoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va bozorlarni kuzatish; jamoa bayram va o‘yinlarini tashkil etish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish bo‘lgan. Edillar trubut komisiyalarida saylanganlar.
Diktator. Ekstraordinar magistraturaga diktator lavozimi kiradi. Mil.avv. 507-yilda Rim tarixida ilk bor favqulodda vakolatlar berilgan mansabdor shaxs – diktator saylandi. Diktator hokimiyati podsho hokimiyatiga o‘xshash edi. Diktatorni rimliklar davlat uchun favqulodda xavf tug‘ilib qolgan paytda (urush xavfi yoki ichki noroziliklar) yagona boshliqqa ehtiyoj bo‘lgandagina saylar edilar. Diktatorni rasman konsullar tayinlaganlar, amalda esa uni senat saylar edi. Diktator to‘la hokimiyatga ega bo‘lib, uning farmoyishlariga xalq tribunlari veto (taqiq) qo‘ya olmaganlar. Diktator hokimiyati faqat muddat (olti oygacha) bilan cheklangan. Barcha magistratlar uning qo‘l ostida o‘z vazifalarini bajarganlar. U butun hokimiyatga egalik qilgan. Diktator hokimiyati cheklanmagan edi. Boshda diktator patrisiylardan tayinlangan, plebeylardan birinchi diktator mil.avv. 356-yilda tayinlangan. Diktator o‘ziga yordamchi qilib otliq qism boshlig‘ini tayinlagan. Unga konsullar kabi 12 liktor emas, balki 24 liktor hamrohlik qilar edi. 24 liktor uning hokimiyatini ramzi bo‘lgan.
Magistratura. Rim konstitutsiyasi bo‘yicha magistraturalar kollegial bo‘lib (2 konsul, 2 ta pretor, 4 edil, 10 xalq tribuni, 2 senzor va 4 kvestor), bir yil ijro etilgan. Lavozimlar har yili qayta saylangan (faqat senzorlar bir yarim yil, diktatorlar yarim yil). Konsullar, pretorlar, kvestor va edillar lavozimga 1-martdan (mil.avv. 153-yilgacha, keyin 1-yanvardan), plebey tribunlari esa 10-dekabrdan lavozimga kirishar edilar. Dastlab sud hokimiyati ikki pretorga tegishli edi. Harbiy qo‘shin ta’minoti (intendant) qismi va harbiy o‘lja to‘rt kvestor (mil.avv. 267-yildan sakkiz kvestor), shahar obodonchiligi, ta’minoti, tartibni saqlash, jamoat bayramlarini tashkil etish to‘rt edilga tegishli edi. Plebeylarning manfaatini 10 plebey tribunlari himoya qilar edi. Xalq tribunlari triblar bo‘yicha plebey yig‘inlarida saylangan. Xalq tribuni lavozimi faqat plebeylarga tegishli edi. Dastlab ikki tribun saylangan. Keyin esa ularning soni 10 taga yetdi. Tribunlarning asosiy vazifasi plebeylarning manfaatlarini himoya qilish edi. Xalq tribunlari diktator va senzordan tashqari barcha magistratlarning faoliyatiga aralashish huquqiga ega edilar. Xalq tribunining veto (taqiqlayman) si magistratning farmoyishi, xalq yig‘ini va senatning qarorini bekor qilgan. Xalq tribunlariga magistratni qamash huquqi ham tegishli edi. Tribunning turar joyi har qanday plebey uchun yashirinish joyi edi. Tribun uyi tun-u kun ochiq bo‘lishi lozim edi. Lekin shahar chegarasidan tashqarida tribunlar o‘z hokimiyatini yo‘qotar edi. Tribunlar senat qaroriga norozilik bildirishlari mumkin edi, lekin dastlab ular senatda so‘zlash huquqiga ega emas edilar. Ularga senat majlisi bo‘layotgan bino eshiklari oldida turishgagina ruxsat berilgan. Keyinchalik tribunlar senatga kirish, munozaralarda ishtirok etish, hatto senat majlislarini chaqirish huquqiga ega bo‘ldilar. Tribunlar bilan boshda xalq tribunlari yordamchilari – plebey edillari lavozimi kiritildi. Plebey edillari komisiyalarida saylangan. Rim respublikasi komisiyalari tuzilmasida demokratik an’analar kuchaygan bo‘lishiga qaramasdan, boshqaruvdagi hal qiluvchi rolni senat va magistratlar o‘ynadilar. Bu Rim respublikasi aristrokratik mazmunining ifodasi edi.

Yüklə 55,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə