Kodifikatori


Telegram: @Abituriyent | Axborot portali



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix14.09.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#121879
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
 
Telegram: @Abituriyent | Axborot portali


Matematika fani bo‘yicha qabul test sinovlarida abituriyentlarning 
tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar. 
Bo‘lim 
kodi 
Talab 
kodi 
Qabul test sinovlarida tekshiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar 

Hisoblash va almashtirishlar bajarishni bilish va tushunish. 
1.1 
Natural sonlar ustida arifmetik amallarni bajara oladi, qoldiqli bo‘lishga doir
 
misollarni yecha oladi, tub va murakkab sonlarni biladi va unga doir misollarni 
yecha oladi. 
Natural ko‘rsatkichli darajaning xossalarini biladi. Sonlarning bo‘linish belgilarini 
biladi. Sonning bo‘luvchilari va karralilarini topadi. Natural sonlarni tub 
ko‘paytuvchilarga ajrata oladi. Eng katta umumiy bo‘luvchini, o‘zaro tub sonlarni, 
eng kichik umumiy karrali (bo‘linuvchi)ni topa oladi
 
va ularga
 
doir misollarni yecha 
oladi. O‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushungan holda tegishli 
misollarni yecha oladi. 
1.2 
Ulushlarni
 
biladi va unga
 
doir misollarni yecha oladi. Kasrlarni taqqoslashni 
biladi va unga
 
doir misollarni yecha oladi. To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlarni biladi va 
unga
 
doir misollarni yecha oladi. Kasrlarni umumiy maxrajga keltira oladi. Kasrlarni 
qo‘shish va ayirishga doir misollarni yecha oladi. Aralash sonlarni qo‘shish va 
ayirishga doir misollarni yecha oladi. Kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lishga doir misol-
larni yecha oladi. Kasrning asosiy xossalarini biladi va unga
 
doir misollarni yecha 
oladi. Kasrlarni qisqartirishga doir misollarni yecha oladi. Sonning qismini topa 
oladi. O‘zaro teskari sonlarni topa oladi. Qismiga ko‘ra sonning o‘zini topa oladi.
O‘nli kasrlarni biladi va unga
 
doir misollarni yecha oladi. O‘nli kasrlarni 
taqqoslay oladi. O‘nli kasrlar ustida amallarga doir misollarni yecha oladi. Sonning 
taqribiy qiymatini berilgan aniqlikda hisoblay oladi. Sonlarni yaxlitlay oladi. O‘nli 
kasrni 
10
k
a

(bu yerda 
1
10
a
 

k
– butun son) standart shaklda yoza oladi, 
standart shakldagi sonlar ustida amallarni bajara oladi. Sonlarning o‘rta arifmetigini 
topa oladi. 
Musbat va manfiy sonlarga doir misollarni yecha oladi. Musbat va manfiy sonlarni 
son o‘qida tasvirlashni biladi. Qarama-qarshi sonlarni topa oladi. Sonning modulini 
topa oladi va unga doir misollarni yecha oladi. Sonlarni taqqoslay oladi. Butun sonlar 
ustida amallarni bajara oladi. Miqdorlarning o‘zgarishini tushuna oladi. 
Ratsional sonlar ustida amallarni bajara oladi. Davriy kasr, irratsional sonlar, 
haqiqiy sonlar va ular ustida amallarni bajara oladi. O‘rganilgan matematik 
tushunchalarni va qoidalarni bilgan holda tegishli misollarni yecha oladi. 
1.3 
Foizni tushunadi. Sodda foizlar, murakkab foizlarga oid masalalarni yecha oladi. 
Amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini 
qura oladi va tahlil qila oladi. 
Harakatga doir masalalarni yecha oladi. Matnli masalalarni yechishda turli 
usullardan foydalana oladi. Proporsiyaning asosiy xossasilarini tatbiq qiladi. O‘zaro 
teng nisbatlarni aniqlay oladi, sonni berilgan nisbatda bo‘la oladi, proporsiyalarni va 
kasrlarni bir-biriga o‘tkaza oladi, proporsiyalarga oid amaliy va o‘quv masalalarni 
yecha oladi. Nisbat va proporsiyani turli ko‘rinishlarda va modellarda tasvirlay oladi. 
To‘g‘ri va teskari proporsional miqdorlar va uning xossasiga oid masalalarni yecha 
oladi. 
Masshtabga doir masalalarni yecha oladi. Jadvallar, diagrammalar bilan ishlay 
oladi. O‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushungan holda tegishli 
misollarni yecha oladi. 
1.4 
Darajalar, ildiz(radikal)lar, ifodalarning yig‘indisi, ko‘paytmasi, butun 
ko‘rsatkichli darajalar, ildizlarni o‘z ichiga olgan ifodalarni formulalar bo‘yicha aniq 
va taqribiy arifmetik hisob-kitoblar hamda ayniy almashtirishlarni bajarib, amalda 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə