Kodirova nigora shaydullayevna yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning usullari



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə13/16
tarix15.06.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#117416
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
MD-Kodirova-7.06.2023 (2)

III bob bo‘yicha xulosalar

  1. Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda “davlat – ota-ona – maktab – huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tizimini joriy qilish lozim. Bunda davlat joylarda shart-sharoit yaratib bersa, o‘quv muassalari tadbirlarni tashkillashtiradi va ota-onalar bolalarni jalb qilishadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari esa tizimli tarzda yoshlarni o‘z huquqlarini himoya qilishda kerak bo‘ladigan huquqiy bilimlar bilan tanishtirib boradilar;

  2. Huquqiy ongni shakllantirishda demokratik qadriyatlarning ta’siri kuchli bo‘lishi uchun jamiyatda demokratik institutlar to‘laqonli ishlashi, davlat hokimiyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi zarur. Ta’kidlash kerakki, davlat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining huquqiy va tashkiliy asoslari shakllangan va ular faoliyat ko‘rsatib turibdi. Shu bilan bir qatorda fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini ko‘tarish maqsadida jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarur.

  3. Yoshlar huquqiy ongini yuksaltirish uchun ommaviy axborot vositalari orqali yoritilayotgan huquqbuzarlik holatlari, jumladan jinoiy hodisalar haqidagi xabarlarni ularni o‘qigan yoshlarda noto‘g‘ri huquqiy tushuncha shakllanishini oldini olish, ularda jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligida “Huquqbuzarliklar, jumladan, jinoiy hodisalar haqidagi axborotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha metodik tavsiyalar”ni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish lozim.


XULOSA
Yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning usullarini o‘rganish natijasida quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:

  1. Huquqiy ong – bu jamiyatning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadigan ijtimoiy ongning muhim bir tarkibiy qismi bo‘lgan, insonlarning huquq, siyosiy-huquqiy hodisalar, yuridik amaliyot, huquqiy tizim va istalayotgan, kutilayotgan huquq haqidagi fikrlari, o‘ylari, his-tuyg‘ulari, qarashlari, iztirob- kechinmalari hamda baholari va tasavvurlari majmuasidir;

  2. Aholining, ayniqsa yoshlarning o‘z haq-huquqlarini, ayniqsa mehnat sohasida huquqlarini yaxshi bilib, tushunib olishlari, aqidaparastlik va diniy ekstremizmning halokatli yo‘l ekanligini hayotiy misollarda ishonarli va tushunarli tarzda yoritib beradigan ko‘rsatuvlarni tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday ko‘rsatuvlar shaxsning har bir konkret huquqiga bag‘ishlanib, undan foydalanish shakl va usullarini aniq bir hayotiy misol orqali ko‘rsatadigan kichik videolavhalardan iborat bo‘lsa, yoshlarga ham qiziqarli, ham tushunarli bo‘ladi, ularning huquqiy ongi shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

  3. Yoshlardagi yuqori huquqiy ong, huquqiy savodxonlik, demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini tushunishda va ularni amalga oshirishda yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish asosiy maqsadimiz hisoblanadi;

  4. Bugungi kunda jamiyatimiz, ayniqsa, qishloq joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, jumladan, ish bilan ta’minlash, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, ayolga hurmat, huquqiy nigilizm, farzandlar tug‘ilishini optimal rejalashtirish masalalaridagi tibbiy va huquqiy bilimlarning yetishmasligi, ushbu jabhalarda olib borilayotgan ishlarning zamon talablariga doimo ham mos emasligi hamon juda kam bo‘lsa-da saqlanib qolayotganligini tavsiflaydi. Bu holat, huquqiy ongga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, joylardan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar, xuquqiy, tibbiy tarbiya zamon talablariga mos holda, masalan, yangi shakl va uslublarni taqozo etmoqda;

  5. Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda “davlat – ota-ona – maktab – huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tizimini joriy qilish lozim. Bunda davlat joylarda shart-sharoit yaratib bersa, o‘quv muassalari tadbirlarni tashkillashtiradi va ota-onalar bolalarni jalb qilishadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari esa tizimli tarzda yoshlarni o‘z huquqlarini himoya qilishda kerak bo‘ladigan huquqiy bilimlar bilan tanishtirib boradilar;

  6. Huquqiy ongni shakllantirishda demokratik qadriyatlarning ta’siri kuchli bo‘lishi uchun jamiyatda demokratik institutlar to‘laqonli ishlashi, davlat hokimiyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi zarur. Ta’kidlash kerakki, davlat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining huquqiy va tashkiliy asoslari shakllangan va ular faoliyat ko‘rsatib turibdi. Shu bilan bir qatorda fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini ko‘tarish maqsadida jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarur.

  7. Yoshlar huquqiy ongini yuksaltirish uchun ommaviy axborot vositalari orqali yoritilayotgan huquqbuzarlik holatlari, jumladan jinoiy hodisalar haqidagi xabarlarni ularni o‘qigan yoshlarda noto‘g‘ri huquqiy tushuncha shakllanishini oldini olish, ularda jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligida “Huquqbuzarliklar, jumladan, jinoiy hodisalar haqidagi axborotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha metodik tavsiyalar”ni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish lozim.




Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə