Kodirova nigora shaydullayevna yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning usullari


Taraqqiyotning yangi bosqichida yoshlar huquqiy ongini rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə12/16
tarix15.06.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#117416
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
MD-Kodirova-7.06.2023 (2)

3.2. Taraqqiyotning yangi bosqichida yoshlar huquqiy ongini rivojlantirish istiqbollari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-conli farmoni bilan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Ushbu strategiyaning Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish deb nomlangan 5-ustuvor yo‘nalishida 70-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida belgilangan vazifalardan biri “Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish”84 bo‘lib, unga ko‘ra tegishli muassasa va tashkilotlarning joriy masala bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishlari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yilnig 28 dekabrida Oliy Majlisga taqdim qilingan va mamlakatimiz hayoti uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan Murojaatnomasida asoslangan konseptual xulosalar va tashabbuslarda harakatlar strategiyasini izchil rivojlantirishning eng zamonaviy asoslari o‘zining chuqur aksini topdi.
Murojaatnomada, hozirgi davrning eng yetakchi talablari, mamlakatmizni taraqqiy ettirish va yangilashning dolzarb ehtiyojlarini o‘zida mujassam etgan innovatsion davlat siyosatini amalga oshirish va bunda demokratiyaning zamonaviy mexanizmlari va prinsiplariga tayanilgan holda, ulkan samaraga erishishi bilan bog‘liq ulug‘vor vazifalar ifodalandi.
Ma’lumki, zamonaviy siyosiy taraqqiyot g‘oyasida, inson kapitalini rivojlantirish, uning tafakkuri, salohiyatini jamiyatning innovatsion rivojiga yo‘naltirish vazifalari markaziy o‘rinni egallamoqda. Zero, inson omili bugungi kunda har qachongidan ham kuchliroq darajada hayotni yangilash va zamonaviylashtirishning qudratli manbasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan prezident murojaatnomasida mamlakatimiz yoshlarining madaniyati, hayotiy qarashlari va eng muhimi layoqatini shaxs sifatida yuksaltirish masalasiga alohida katta ahamiyat qaratilgandi.
Jumladan, mazkur muhim siyosiy hujjatda davlatimiz rahbari tomonidan xalqimiz milliy madaniyatini yuksaltirish va uning asosida jamiyatimiz ijtimoiy salohiyatining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishning prinsipial jihatdan yangi bo‘lan qoidalari asoslandi. uning mohiyatini quyidagilar tashkil etadi.
Avvalambor jamiyatmiz milliy g‘oyasining yetakchi zaminlarini zamon talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqib yangilash va yuksaltirish hamda uning natijalarini yurtimizning keng qamrovli rivojiga yo‘naltirishning ratsional zaminlari asoslandi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. xususan milliy o‘zligimizni anglash, vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim”85.
Shu bois ham bugun jamiyatimizni taraqqiy ettirishning siyosiy falsafasida inson manfaatlarini kafolatli va keng qamrovli ravishda ro‘yobga chiqarish, shaxs erkinligi va kamolotini eng ezgu maqsad sifatida belgilab olish ustuvorlik qilmoqda. Bunday yondashuv esa, jamiyatni yuksaltirishning eng talabchan zamonaviy mezonlariga mos keladi.
Hozirgi davr demokratiya g‘oyalarida inson va uning potensial imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning shart-sharoitlarini rivojlantirish orqali jamiyatni keskin yuksaltirish qoidalari yetakchilik qilmoqda.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “barchamizga ayonki, islohot – bu yangilanish, o‘zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo, rahbarlarimiz va odamlarimiz o‘zgarishi kerak. Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi”86.
Shu munosabat bilan jamiyatimiz yoshlarining zamonaviy fikrlaydigan, mamlakatimiz rivojining ustuvor vazifalari, maqsadlarini yuqori saviyada anglashga qodir, amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik hissi bilan yashab, faoliyat yurgiza oladigan darajada yuksalishlari uchun murojaatnomada fan hamda ta’lim va tarbiya, ilm masalalasiga alohida katta o‘rin ajratildi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so‘z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.
Shu sababli, ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim.
Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”87.
Shu munosabat bilan alohida ta’kidlash joizki, prezident murojaatnomasida oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichining innovatsion, konseptual asoslari belgilab berildi.
Ta’kidlanganidek, “oliy o‘quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlari sonini ko‘paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etishi, raqobatni kuchaytirish lozim...
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash qo‘laminii kengaytirish - eng muhim masalalardan biridir”88.
Endilikda, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini sifatini oshirish hamda uning jamiyatimiz taraqqiyotining eng dolzarb va strategik ehtiyojlariga monand holda rivojlantirish bo‘yicha misli ko‘rilmagan katta hajmdagi chora va tadbirlarni amalga oshirish jarayonlari ro‘y beradi.
Davlatimiz rahbarining g‘oyalariga ko‘ra, fan uchun, zamonaviy ilmiy ishlanmalar uchun ham katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilinadi. natijada yurtimiz rivojining ijtimoiy asoslari mustahkamlanadi va yangilanadi.
Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 16 yanvar kuni murojaatnoma g‘oyalaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan “ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori o‘ta muhim ahamiyat kasb etkanligini alohida ta’kidlash joizdir.
Mazkur qaror, mohiyatan mamlakatimiz milliy oliy ta’lim muassasalarining sifat ko‘rsatkichlarini jahonning eng nufuzli universitetlari darajasiga yetkazishning kompleks choralarini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan qarorda, “dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy ta’lim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish”89 bo‘yicha muhim yangi qoidalar belgilangan bo‘lib, ularni amalga oshirilishi natijasida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining jahon miqyosida raqobatbardosh va nufuzi yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib o‘rin egallashiga erishiladi.
Shu munosabat bilan alohida ta’kidlash joizki, prezident murojaatnomasida dunyo andozalariga monand ravishda oliy ta’lim tizimini chuqur demokratlashtirish, oliy ta’lim olish imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish masalasiga yetakchi e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarur... Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda oshirib borish - muhim vazifamizdir”90.
Bu o‘rinda oliy ta’lim muassasalarining vakolatlarini yanada oshirish, jumladan, ularga qabul kvotalari miqdorini belgilash huquqini berilayotganligi, yurtimiz oliy ta’lim tiziminii liberallashtirilishida xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Zero, bunday qoidalarning joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurtlarining erkinligi bilan bir qatorda jamiyat oldidagi mas’uliyati ham nihoyatda ortadi.
2019 yilning 17 yanvarida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarini, jumladan, fan, ta’lim va tarbiya sohasini taraqqiy ettirish hamda zamonaviylashtirishning prinsipial jihatdan yangi bo‘lgan asoslari va qoidalari belgilab berildi.
Mazkur farmon asosida mamlakatimiz taraqqiyotining beqiyos katta va yangi imkoniyatlarini yaratilishi uchun keng ko‘lamli shart-sharoitlar vujudga keltirilmoqda. Zero, uning zaminida jamiyatimizning innovatsion rivojlanishi uchun qudratli manba bo‘lib xizmat qiluvchi siyosiy qarorlar va qonunlar qabul qilinadi hamda keng ko‘lamli ravishda amalga oshiriladi.
Bugungi kunda prezidentimiz murojaatnomasida asoslangan ulug‘vor g‘oyalar va siyosiy tashabbuslarni mamlakatimiz fuqarolari, birinchi navbatda yoshlarimiz tafakkuriga chuqur singdirish o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvaridagi “2017-2021-yillarda o‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi to‘g‘risidagi PF-5635-sonli Farmoni”da mamlakatimizda yoshlar siyosatini amalga oshirishning tom ma’nodagi yangi strategik asoslari belgilib berildi.
Jumladan, farmonda belgilanganidek, “Fan va uzluksiz ta’limni rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish... Yoshlar tomonidan o‘z malakasini oshirish uchun ta’sirchan rag‘batlantiruvchi omillar yaratish, shu jumladan, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunar kollejlari negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida band bo‘lmagan aholi va ishsiz fuqarolar uchun o‘qitish markazlarini tashkil etish hisobiga zamonaviy o‘quv va ishlab chiqarish texnologiyalariga tayangan kasbga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va kasbiy malakani baholashni nazarda tutuvchi kasbiy malakalar umummilliy tizimini joriy etishga asosiy e’tibor qaratilishi lozim”91.
Ma’lumki, davlatimizning yoshlarga oid davlat siyosatining innovatsion asoslari rivojida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus tarixiy ahamiyatga molik bo‘lmoqda. Zero, mazkur tashabbusning har bir yo‘nalishi hozirgi davr talablaridan kelib chiqib yoshlarimizning manfaatlari, ehtiyojlarini kuchli darajada ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini o‘ziga chuqur qamrab olgandir.
birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga hizmat qiladi.
ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
to‘rtinchi tashabbus - yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
beshinchi tashabbus - xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Ma’lumki, mamlakatimiz aholisining 60 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Endilikda erishilgan natijalarni kuchli takomillashtirish va yoshlar faoliyati uchun camarali yo‘naltirish, ayni bir paytda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini har tomonlama mazmunli o‘tkazilishini tashkil qilishning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirish o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yilning 19 mart kuni yoshlarga etiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur selektrda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni real ravishda hayotga tatbiq qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘ta muhim va dolzarb topshiriqlar, tavsiyalar ko‘rsatib o‘tildi.
Jumladan, “madaniyat vazirligi va xalq ta’limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1.5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Tashabbuskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida barcha shaharlarda va tumanlar markazida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rganiladi, axborot texnologiyalari sohasida biznes bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar shakllantiriladi”92.
Hozirgi vaqtda davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan 5 ta muhim tashabbus asosida yurtimiz yoshlarining intelektual salohiyatini yuksak darajada oshirish, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish bo‘yicha keng qamrovli davlat siyosati nihoyatda izchillik bilan olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan alohida ta’kidlash joizki, yoshlar manfaatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan g‘oyalar mamlakatimizdagi innovatsion davlat siyosatining konseptual asosiga aylandi.
Zero, mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”93.
Shu munosabat bilan alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ulardagi iqtidor, intilishlarni keng qamrovli ravishda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar yuksak darajada amalga oshirib kelinmoqda.
Ushbu jarayonda yurtimiz yoshlarining innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishlari, dolzarb mavzularda ilmiy-tadqiqotlar olib borishlari uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni kompleks ravishda vujudga keltirish va rivojlantirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 3 mayida qabul qilingan “iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yoshlarimiz intelektual salohiyatini yuksaltirish, ularni yashab turgan davrimizning barcha talablariga, ehtiyojlariga munosib javob bera oluvchi har tomonlama layoqatli bo‘lib voyaga yetishlari uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Jumladan, qarorda quyidagi muhim vazifalar belgilab berildi: “yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ilm-fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan rag‘batini oshirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, jahon miqyosida vatanimiz dovrug‘ini keng taratgan ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash maqsadida:
1. O‘bekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimining belgilangan shtatlar soni doirasida ushbu vazirlik tuzilmasida 14 ta shtat birligidan iborat fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etilsin.
2. Quyidagilar departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin: iqtidorli o‘quvchi yoshlarni aniqlash, ular faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan ta’minlab borish, sohada ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ular asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida mahalliy va xalqaro, shu jumladan, nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish, ularning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash”94.
Shu munosabat bilan alohida e’tirof qilib o‘tish lozimki, davlatmiz rahbarining mazkur qarorida belgilangan o‘ta dolzarb vazifalarning amalga oshirilishi natijasida yoshlarning innovatsion faoliyat yurgizishlari uchun zarur bo‘lgan eng zamonaviy mexanizmlar harakatga keltiriladi hamda bu boradagi potensial imkoniyatlar ko‘lami kengayadi.
Prezident qarori asosida maktab davridanoq yoshlarning innovatsion faoliyat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish choralari amalga oshiriladi. buning natijasida kafolatli tarzda mamlakatimiz yoshlarining innovatsion salohiyati yuksalib boradi.
Zero, innovatsion g‘oyalarini ilm-fan va iqtisodiyotning turli tarmoqlariga har tomonlama chuqur joriy etish mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini ta’minlashning bosh mezoni va manbaidir.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2019 yilning 24 may kuni poytaxtimizning olmazor tumaniga tashrifi davomida, jumladan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar sifatini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Milliy universitet kutubxonasida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar ilm-fan namoyondalari, olimlar, yosh ilmiy xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda prezidentimiz shunday ta’kidladi: “Bizga son emas, sifat kerak. Bunga erishish uchun esa xorij tajribasini yaxshilab o‘rgansh zarur. Qaysi davlat kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratsa, o‘sha yutadi. ilmiy asoslangan tajriba asosida kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish eng muhim vazifamizdir”95.
Shuningdek, mazkur uchrashuv chog‘ida yurtimiz yoshlarining innovatsion faoliyatini har tomonlama ta’minlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar va bu boradagi yangi vazifalar xususida ham batafsil fikr almashildi va tegishli tavsiyalar bayon qilindi.
Xususan, “Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish, 2030 yilga qadar global innovatsiya indeksida ilg‘or 50 mamlakat qatoridan joy egallash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi... Natijada innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qiymati 151 milliard so‘mlik 55 ta loyihani amalga oshirishi uchun qulay zamin yaratildi. fanlar akademiyasining umumiy va noorganik kimyo instituti tomonidan zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida ishlab chiqilgan oddiy superfosfat hamda mahalliy homashyodan faollashtirilgan ko‘mir olish texnologiyasi shular jumlasidandir. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etiladigan yoshlar akademiyasi ham ilm-fan vakillarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. ushbu akademiyaga innovatsion fikrlaydigan iqtidorli talabalar va 40 yoshgacha bo‘lgan olimlar, tashabbuskor yoshlar a’zo bo‘ladi. Akademiyada sun’iy intellekt, qayta tiklanadigan energiya manbalari, robot texnikasi va mexatronika, farmatseftika, biotexnologiya, dasturlash, sanoat dizayn, ZD modellashtirish kabi yo‘nalishlarda ilmiy ishlar olib boriladi”96.
Mamlakatimiz o‘z oldiga maqsad qilib olgan inson manfaatlarini har tomonlama ro‘yobga chiqarishga qodir bo‘lgan samarali demokratiya modelini kuchli darajada ro‘yobga chiqarishdek ezgu g‘oyalar hech shak-shubhasiz zamonaviy demokratiya talablaridan kelib chiquvchi yuksak siyosiy madaniyatni qabli va xulq atvoriga mustahkam o‘rnashib olgan, barkamol bo‘lishga tinmay intiladigan yoshlarning bevosita ko‘magi, mustahkam irodasi bilan amalga oshadi.
Zero, dunyoning ko‘pchilik olimlari xulosa qilayotganlaridek, “XX asrninng ikkinchi yarmida va XXI asrning boshlarida insoniyat oldida vujudga kelgan global muammolarni pozitiv hal etilishi uchun bugungi kundagiga nisbatan nihoyatda yuqori bo‘lgan, bilimlar va layoqat talab etilmoqda”97.
Ushbu qoidalar albatta demokratik rivojlanish jarayonlariga ham bevosita daxldordir. jamiyatning demokratiya borasidagi eng zamonaviy bilimlarini chuqurlashib borishi, ayni paytda demokratiyaning modernizatsiyalashuvi uchun zamin yaratib beradi.
Demokratik modernizatsiya esa o‘z navbatida har jamiyat a’zolarining individual salohiyatini yuksalishi bilan uzviy bog‘liqdir.

Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə